Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Pentium Pro rusumli protsessor



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Pentium Pro rusumli protsessor 
1995 yilning kuzida ishlab chiqarilgan Pentium Pro protsessorlarning 
oltinchi avlodiga asos soldi. Pentium Pro protsessorlari tilchali chiqish joylarining 
matritsasiga ega modifikatsiya qilingan SPGA (Staggered Pin Grid Array) 
korpuslar ichiga solinib tayyorlangan. Zikr etilgan tilchalarning bir qismi shaxmat 
usulida joylashtirilgan. Bitta bunday korpus (mikrosxema) ichida 2 ta kristall, 
jumladan: protsessor yadrosi va Intel firmasida tayyorlangan ikkilamchi kesh 
joylashtirilgan. Ushbu kesh yadro protsessorining chastotasida ishlagan. Bu 
chastota esa Pentium Pro ning jamiki tarixi davomida 150 MGs dan 200 MGs ga 
ko‘tarildi xolos. Turli modifikatsiyalarda kesh hajmi 256 Kbaytdan 2 Mbaytgacha 
bo‘lgan, uning ishonchliligini oshirish uchun YeSS-nazorat qo‘llanilgan. Mazkur 
protsessorlar uchun 387 ta chiqish tilchalariga ega soket 8 tayyorlangan. Interfeys 
qismi simmetrik multiprotsessorli ishlov berish (SMP) uchun 4 tagacha 
protsessorni bevosita birlashtirish imkonini yaratadi. Funksional-ortiqcha nazorat 
(FRC) olib borilishi uchun protsessorlarning juft-juft qilib ulanishi ham joizdir. 
Bunda bir protsessor boshqa protsessorning harakatini tekshirib boradi 
Pentium Pro protsessori mashinasozlik va ilmiy ishlarda foydalaniladigan
serverlar va ish stansiyalari, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va dasturiy 
paketlar uchun 32 razryadli ilovalarning tez ishlash qobiliyatini oshirish maqsadida 
kuchli vosita sifatida ishlab chiqilgan. Barcha Pentium Pro protsessorlar tez ishlash 
qobiliyatini yanada oshirish uchun xizmat qiladigan kesh-xotira qurilmasining 
ikkinchi mikrosxemasi bilan jihozlanadi. Eng kuchli Pentium Pro protsessor 
tarkibida 5,5 milliondan ortiq tranzistor mavjud. 
MMX texnologiyasiga ega protsessorlar 
1997 yil 8 yanvar kuni Intel korporatsiyasi MMX texnologiyasiga ega 
Pentium protsessorini - Intel tomonidan ishlab chiqilgan yangi texnologiya, ya’ni 
axborotning har-xil (video, audio va shu kabi) turlari bilan ishlaydigan ilovalar 
samarasini oshirish imkonini yaratuvchi texnologiya joriy etilgan birinchi 
mikroprotsessorni afisha qildi.


Dasturchilarning fikriga qaraganda, Intel korporatsiyasining afisha qilingan 
MMX texnologiyasi so‘nggi 10 yil davomida yaratilgan Intel arxitekturasining 
sezilarli yaxshilanganligini anglatadi. Ushbu texnologiyani ishlab chiqish tadbirlari 
u afisha qilingan sanadan bir necha yil oldin, axborotning har-xil turlariga ishlov 
beruvchi hisoblash tizimlarining jadal rivojlanishiga javoban boshlandi. 
Jumladan, yuqori sifatli grafika, video tasvir va tovush bilan bog‘liq ishlar 
o‘ta yuqori unumdorlikka ega protsessorlarni yaratish zaruriyatini tug‘dirdi. 
Bunday ehtiyojning oshishiga, shuningdek, Internet (Internet) tarmog‘ining ravnaq 
topishi va shunga muvofiq axborotning har-xil turlarini mavjud aloqa yo‘llari 
orqali uzatish (yetkazish) zaruriyati yuzaga chiqqanligi ham sabab bo‘ldi. Intel 
korporatsiyasi muhandislari 57 ta yangi yo‘riqnoma ishlab chiqdilar. 
Ushbu yo‘riqnomalar jadal hisoblash amallari bajarilishini talab etib, 
protsessorlarning muayyan turi ilovalariga xos bo‘lgan odatiy sikllar bajarilishi 
mobaynida ish unumdorligini oshirish imkonini yaratdi. 
Ushbu yangi protsessorlar Intel firmasida yaratilgan 0,35 mikronli yanada 
yaxshilangan KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqildi. Mazkur texnologiya 
quvvat kam sarf etilib, unumdorlikni oshirish imkoniyatini beradi. MMX 
texnologiyasiga ega Pentium protsessor o‘z ichiga 4,5 million tranzistorni 
mujassam etgan bo‘lib, unga MMX yo‘riqnomalari kiritilganidan tashqari 
arxitekturasi ham sezilarli yaxshilangan. Jumladan, kristallga joylashtirilgan kesh- 
xotira qurilmasining hajmi ikki barobar oshirilgan (ya’ni endi u 32 Kb ga teng) va 
shartli o‘tishlarni oldindan samarali aytish mumkin. Bu esa protsessorning standart 
etalonli sinovlarida unumdorlikning 10-20% ga oshirish imkonini berdi. 
MMX texnologiyasi Intel arxitekturasi bilan to‘liq moslashishni ta’minlaydi. 
Bundan tashqari, ushbu texnologiya keng qo‘llanilib kelayotgan operatsion tizimlar 
va amaliy dasturiy ta’minot bilan to‘liq moslashadi. Ushbu texnologiya bo‘lg‘usi 
protsessorlarda joriy etildi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin