Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Xeon oilasiga mansub protsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Xeon oilasiga mansub protsessorlar 
Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qo‘llaniladi. Ushbu protsessorlar 
uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan 
birgalikda) FRC li ortiqcha tizimlarni ham, 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli 
simmetrik tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100 
MGs, yadrosining chastotasi esa 400 MGs va bundan ham yuqori, ikkilamchi kesh-
xotira qurilmasi xuddi Pentium Pro da singari yadro chastotasida ishlaydi. 
Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha 
keshlashtirilganida 1 yoki 3 Mbayt (36 bitli manzil belgilanishida jamiki manzil 
makoni). Xeon protsessorlari nafaqat katta quvvati, balki katta, xususan: 5,2 x 12,7 
x 1,9 sm o‘lchamlari bilan ham ajralib turadi. 
Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mo‘ljallangan yangi 
vositalarga ega. Protsessordagi faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan protsessorga oid 
axborotni saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Processor Information ROM) 
yadro protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar 
diapazoni va iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), S- tasniflarni va 
protsessorning 64 bitli seriya raqamini saqlaydi. 
CPUID identifikatsiyalash yo‘riqnomasiga ko‘ra bunday axborotga kirib 
bo‘lmaydi. Energiya jihatidan muxtor sanalgan Scratch EEPROM xotira qurilmasi 
protsessorni (yoki ushbu protsessor o‘rnatilgan kompyuterni) yetkazuvchi 
tomonidan tizimga oid axborotni kiritish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bundan 
boshqa navbatdagi axborotni kiritishdan himoya qilingan bo‘lishi mumkin. 
Protsessor, haroratni nazorat qilib borish uchun dasturlanadigan qurilma bilan 
birgalikdagi harorat datchigi (yadro kristali ustiga joylashtirilgan termodiod) bilan 
jihozlangan. Ushbu qurilma kartridj sinovdan o‘tkazilayotgan bosqichda muayyan 
protsessordagi termodiod bo‘yicha tekshirib to‘g‘rilanadigan analog-raqamli 
o‘zgartirgichga ega. Termometr sozlanishining doimiy soni (konstantasi) PIROM 
ga kiritiladi. Haroratni nazorat qilish qurilmasi dasturlanadi, ya’ni unga 
o‘zgartirishlar chastotasi hamda harorat chegaralari kiritiladi. Harorat ushbu 
chegaralarga yetganida tizim ishida uzilish ro‘y bergan signal shakllanadi. PIROM, 
Scratch EEPROM va haroratni nazora
t
qilish qurilmasi bilan hamkorlik qilish 
uchun protsessor I C interfeysiga asoslangan ketma-ket ulangan qo‘shimcha 
SMBus (System Management Bus) shinasiga ega. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin