Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Intel 386 rusumli mikroprotsessor



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Intel 386 rusumli mikroprotsessor 
1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi 
4004 rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning 
o‘zida bir nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan "ko‘p vazifali", 
32 razryadli Intel 386 rusumli mikroprotsessor ishlab chiqildi. Mikroprotsessorlar 
texnologiyasida erishilgan so‘nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386 
o‘zining ajdodlari 8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot 
bilan ob’ektli kod bo‘yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish 
xossasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX 
va MS-DOS singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar 
ijrosiga o‘tish imkonini beradi. O‘zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386 
rusumli mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli 
dasturlarga (yoki dasturlarning ko‘p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi 
bilan tavsiflanadigan "yirik" tizimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘ladigan 
dasturiy resurslarni ta’minlaydi. 
Intel 486 rusumli markaziy protsessor 
1989 yili Intel korporatsiyasi tranzistorlar soni milliondan oshib ketgan 
80x86 deb nomlanadigan mikroprotsessorlar oilasining birinchi vakilini havola 
etdi. 486 protsessorlarining avlodi kompyuterda komandalar satri orqali amalga 
oshiriladigan ishdan "ko‘rsatgin-u bir bor chert!" rejimiga o‘tilganligini nishonladi. 
Intel 486 ichiga o‘rnatilgan matematik soprotsessorga ega birinchi mikroprotsessor 
bo‘ldi.
U markaziy protsessor o‘rniga murakkab matematik amallarni bajarib, 
ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini sezilarli darajada tezlatib yubordi.
486 protsessori komanda va ma’lumotlarning 8 Kbaytini saqlash uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, mikrosxema ichiga o‘rnatilgan ichki keshga ega. 
Yaratiladigan yangi imkoniyatlar tizimlarning ko‘p vazifaligini yanada 
kengaytiradi. Yangi operatsiyalar xotira qurilmasi ichidagi semaforlar bilan olib 
boriladigan ishlar tezligini oshiradi. Mikrosxemalardagi jihozlar kesh-xotiraning
ziddiyatli bo‘lmasligini kafolatlab, ko‘p sathli keshlashtirish jarayonini amalga 
oshirish uchun mo‘ljallangan vositalar ishini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin