Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

belgilangan nuqtali 
mikroprotsessorlar
ga va 
nuqtasi o‘zgaruvchan mikroprotsessorlar
ga farq 
qiladi. Hisoblab chiqarish amallari va razryadlik darajasi muayyan aniqlikka ega 
bo‘lganida, nuqtasi o‘zgaruvchan formatda ifodalangan sonlar diapazoni 
belgilangan nuqtali formatda ifodalangan sonlar diapazonidan sezilarli darajada 
keng bo‘ladi. Shu bois ham nuqtasi o‘zgaruvchan hisoblab chiqarish amallari 
natijaning aniqligini oshirish uchun qo‘llaniladi. O‘xshash algoritmlarning 
belgilangan nuqtali mikroprotsessorlarda joriy etilishi hisoblab chiqarish 
amallariga ko‘p vaqt sarf etilishiga, demakki, tizimning tez ishlash qobiliyati 
sustlashishiga olib keladi. Nuqtasi o‘zgaruvchan mikroprotsessorlar bitta komanda 
yordamida nuqtasi o‘zgaruvchan sonlar ustidan arifmetik operatsiyalar bajarish 
qobiliyatiga ega. Shuning uchun bunday protsessorlar o‘xshash hisoblab chiqarish 
amallarini belgilangan nuqtali mikroprotsessorlarga nisbatan sezilarli darajada tez 
bajaradi. 
Shunday mikroprotsessorlar ham borki, ularning arxitekturasi muayyan 
toifaga mansub hisoblab chiqarish amallarini bajarish uchun moslashtirilgan. 
Bunday protsessorlar jumlasiga DSP (Digital Signal Procesor) "
signallarga 
raqamli ishlov berish protsessorlari
" kiradi. Ularning arxitekturasi audio va 
video kodlashtirish, rostlash, raqamli filtrlash, raqamli aloqa kabi "real vaqt" 
miqyosida bajarilishi talab qilinadigan ko‘plab masalalarda qo‘llaniladigan 
ma’lumotlarga rekurrent ishlov berish algoritmlarini yuqori unumdorlik bilan 
amalga oshirish imkonini beruvchi o‘ziga xos jihatlarga ega. Bunday 
arxitekturalarning barchasi, odatda, Garvard arxitekturasi asosida yaratilgan. 


Zamonaviy DSP "signallarga raqamli ishlov berish protsessorlari" CSEG va DSEG 
uchun alohida manzil-ma’lumot shinalariga ega. Bu esa, o‘z navbatida, ularga bitta 
komanda yordamida har-xil xotira qurilmalariga kirib borish va ma’lumotlar bilan 
bir nechta operatsiyalar bajarish imkonini beradi. DSPlarning o‘ziga xos asosiy 
xususiyati shundan iboratki, barcha protsessorlarda mavjud oddiy AMQdan 
tashqari ular yana bir nechta hisoblash qurilmalariga ega. Bunday qurilmalar 
jumlasiga birinchi navbatda MAU (Multiple- Accumulator Unit) "ko‘paytiruvchi-
akkumulyator" kiradi. Ushbu qurilma bitta komanda yordamida ikkita ko‘p 
razryadli sonni ko‘paytirish hamda razryadi ikki hissa oshgan natijani oldin 
bajarilgan komanda natijasiga qo‘shish qobiliyatiga ega. Shunga o‘xshash 
"ko‘paytirish-qo‘shish" operatsiyasi barcha rekurrent algoritmlarda qo‘llaniladi. 
MAUning protsessor shinalari tuzilishiga oid yuqorida zikr etilgan xususiyatlar 
bilan uyg‘un ravishda mavjudligi DSPga bitta komanda davomida rekurrent 
algoritmining bitta qadamini to‘liq bajarish va navbatdagi qadam ijrosi uchun 
dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash imkonini beradi. Hisoblab chiqaruvchi 
qo‘shimcha qurilmalardan yana biri S (Shifter) "ko‘p razryadli siljish registri"dir. 
Ushbu qurilma razryadlik darajasi AMQning razryadlik darajasidan oshadigan 
sonlar bilan siljish operatsiyalarini amalga oshirish qobiliyatiga ega. Hisoblab 
chiqaruvchi ushbu qurilmalarning birgalikda bajaradigan ishi hisoblab chiqarish 
unumdorligi bo‘yicha har qanday boshqa protsessorlar bilan qiyoslab 
bo‘lmaydigan rekurrent algoritmlar ijrosiga erishish imkonini beradi. Zamonaviy 
DSPga misol tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: 
- Analog Devices firmasining ADSP-21XX oilasiga mansub - belgilangan 
nuqtali 16 razryadli DSP, unumdorligi 30 MIPS ga qadar; 
- Texas Instruments firmasining TMS320C3X oilasiga mansub -nuqtasi 
o‘zgaruvchan 32 razryadli DSP, unumdorligi 30 MIPS, 60 MFLOPS ga qadar; 
- Texas Instruments firmasining TMS320C240 - belgilangan nuqtali 16 
razryadli DSP, uzatmani boshqarish vazifasi uchun moslashtirilgan. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin