Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

ma’lumotlaregistrlari
,
o‘rsatkichlar
va
maxsus vazifalar 
bajaruvchi registrlar
ga farq qilish mumkin. Ma’lumotlar registrlari operandlar 
manbalari va natija qabul qilgichlar sifatida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarda 
ishtirok etadi, manzil registrlari yoki ko‘rsatkichlar esa asosiy xotira qurilmasidagi 
a’lumotlar va komandalarning manzillarini hisoblab chiqarishda qo‘llaniladi. 
Maxsus registrlar MzPning joriy holatiga indeks berish va tarkibiy qismlarining 


ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunday arxitektura ham bo‘lishi joizki, 
ayni bir registrlar ma’lumotlarni ham, manzillarga oid axborotni ham saqlash 
uchun qo‘llaniladi. Bunday registrlar
umummaqsadli registrlar
(UMR) deb 
ataladi. Registrlarning u yoki bu turidan foydalanish usullari MP rxitekturasining 
muayyan xususiyatlarini belgilab beradi. 
Ma’lumotlar registrlari orasida A (ingl. Accumulator) 
akkumulyator
deb 
ataladigan registr ajralib turadi. Ayni shu registr ma’lumotlarga arifmetik va 
mantiqiy ishlov berish jarayoniga qo‘shiladi. Bu esa, o‘z navbatida
akkumulyatorning ichidagi narsalar arifmetik va mantiqiy komandalar tomonidan 
operandlardan biri sifatida qo‘llanilishi va amalga oshirilgan operatsiya natijasi 
ushbu registr ichida saqlanishini anglatadi. Unga ishora operatsiya kodi yordamida 
amalga oshadi. Bunda, komanda kodi ichida operand manzillari va natija uchun 
maxsus soha ajratilishiga zarurat bo‘lmaydi. MP arxitekturasining bunday turi 
akkumulyatorli arxitektura
deb ataladi. Ushbu arxitekturada kuzatiladigan 
kamchiliklar jumlasiga amalga oshadigan ishning nisbatan sust kechishini kiritish 
mumkin. Bunday sustlik akkumulyatorning "tor joy" deb e’tirof etilishi va har 
safar, operatsiyani bajarishdan oldin, akkumulyator ichiga operandlar kiritilishi 
zarurligi bilan izohlanadi. Ushbu arxitekturaga misol tariqasida Intel firmasi 
tomonidan tayyorlangan MCS-51 oilasiga mansub mikrokontollerlarni keltirish 
mumkin. 
Ma’lumotlar registrlarining boshqacha tuzilishi R0, R1 va h. k. rusumli 
"ishchi registrlar" deb nomlanadigan registrlar sanaladi. 
Registrlarning bunday tuzilishida operandlar hamda arifmetik va mantiqiy 
operatsiyalar natijalari bir emas bir nechta registrda saqlanishi mumkin. Bu esa, o‘z 
navbatida, ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qilish imkonini yanada kengaytiradi. 
Yuqorida mulohaza yuritilgan akkumulyatordan farqliroq, ishchi registrlar 
komanda kodida manzil topadi. MP arxitekturasining bunday turi

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin