munosabat bildirishi lozim. Bunday kirish qismlaridan
biriga faol sathli signal
yetib kelganida,
mikroprotsessor, me’yoriy tarzda kechayotgan dastur ishi uzilib,
ishni to‘xtatishga sabab bo‘lgan komanda manzilini xotiraga saqlaydi va muayyan
manzil bo‘ylab CSEGga yozilib qolgan "uzilishga ishlov berish kichik dasturi"ni
(TQIKD) bajarishga kirishadi. Bunday kichik dastur manzili "
uzilish vektori
" deb
nomlanadigan maxsus xotira uyasiga yozilgan. Dastur ishini uzgan har bir alohida
manba o‘z uzilish vektoriga ega. TQIKDni bajarib bo‘lgach,
protsessor, xotirada
saqlangan manzil bo‘yicha TQIKD ijrosi yakunlanadigan
maxsus komandaga
binoan ishi uzilgan dastur ijrosiga qaytadi. Dastur ishi uzilishiga sababchi bo‘lgan
manbalar jumlasiga ichki manbalar ham (ya’ni, mikrosxemaning "uzilish
so‘raladigan kirish qismlari" deb nomlanadigan kirish qismlaridan biriga kelishi),
tashqi manbalar ham (ya’ni, muayyan sharoitlarga ko‘ra protsessor ichida
generatsiyalanishi) kirishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida bir nechta turlicha uzilish
so‘rovlari kelishi mumkinligi bois, bunday so‘rovlarning har biriga alohida xizmat
ko‘rsatish izchilligini belgilaydigan muayyan tartib mavjud.
Uning ishini MzP
ichida yoki maxsus kontoller vositasida joriy etilgan "
Dostları ilə paylaş: