sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan
dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi.
Mikroprotsessorning xotira qurilmasi
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) - kichik hajmga ega xotira bo‘lsa ham-ki, u
haddan tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni
ushbu
xotiradan axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun
sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o‘lchanadi)yu
Mazkur xotira qurilmasi axborotni
qisqa muddat davomidasaqlash, yozib
olish va mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish
uchun mo‘ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash
uchun
qo‘llaniladi, negaki asosiy xotira
qurilmasi tez ishlaydigan
mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish,
qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydiyu
Mikroprotsessor xotirasi razryadlik darajasi bitta mashina so‘zidan kam
bo‘lmagan tez ishlovchi registrlardan tashkil topgan. Registrlarning soni va
razryadlik darajasi turli mikroprotsessorlarda har-xil bo‘ladiyu
Mikroprotsessor registrlari umummaqsadli registrlar
va maxsus registrlarga
farq qiladi.
Maxsus registrlar turli manzillarni (misol uchun, komandalar manzillarini),
bajarilgan operatsiyalarning alomatlarini, ShKning ish rejimlarini (misol uchun,
bayroqchalar registrlarini) va shu kabilarni saqlash uchun qo‘llaniladiyu
Umummaqsadli registrlar universal registrlar bo‘lib, har qanday axborotni
saqlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Biroq, ularning
ayrimlari bir qator amallar
ijrosiga majburiy ravishda jalb etilgan bo‘lishi shartyu
Dostları ilə paylaş: