Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

uzilishlarning ustuvor 
arbitraj
" tizimi ta’minlaydi. Mulohaza yuritilayotgan tizimga muvofiq dastur ishi 
uzilishiga sababchi bo‘lgan har bir manba, unga xizmat ko‘rsatilish navbatini 
belgilab beradigan o‘z ustunligiga (doimiy yoki o‘zgaruvchan ustunlikka) ega. Bir 
vaqtning o‘zida bir nechta uzilish so‘rovlari kelgan paytda dastavval ustunlik 
darajasi yuqori, shundan so‘ng past darajali uzilish so‘rovlariga xizmat ko‘rsatiladi. 
Ustunlik darajasi yuqori so‘rov asosiy dastur ishini qanday to‘xtatib qo‘ysa, ishi 
boshlangan past darajali uzilishga ishlov berish kichik dasturining ishini ham xuddi 
shu tariqa to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Ayni paytda "kiritilgan uzilish" deb 
ataladigan uzilish vujudga keladi. 
CSEG va DSEGdan tashqari deyarli barcha zamonaviy mikroprotsessorlar 
RSEG (ingl. Register Sgment)
 dasturiy-ochiq registrlar to‘plami
deb ataladigan 
atayin ajratib qo‘yilgan kichik hajmli ma’lumotlar makoniga ega. CSEG va 
DSEGdan farqliroq RSEG registrlari MzP ichida, uning arifmetik-mantiqiy 
qurilmasining bevosita yaqinida joylashgan. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu registrlar 
ichidagi axborotga jismonan tez kirib borilishini ta’minlaydi. RSEG registrlari 
ichida, odatda, MzP tomonidan tez- tez ishlatib turiladigan hisoblarning oraliq 
natijalari saqlanadi. RSEG sohasi DSEGning ma’lumotlar makonidan to‘liq 
ajratilgan bo‘lishi yoki u bilan qisman kesishib o‘tishi yoxud uning tarkibiy qismi 
sifatida kiritilgan bo‘lishi mumkin. RSEGning ichki mantiqiy tuzilishi turlicha 
bo‘lib, mikroprotsessorlarning arxitekturasini tasniflashda muhim o‘rin egallaydi. 
Mikroprotsessor registrlari funksional jihatdan bir xil bo‘lmaydi, xususan: 
ularning bir turi ma’lumotlarni yoki manzilga oid axborotni saqlash uchun xizmat 
qilsa, boshqa turi - MzP ishini boshqarish uchun xizmat qiladi. Shunga muvofiq 
barcha registrlarni 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin