MPning faqat dasturlarda ochiq aks etadigan hamda tizim ishining chizmalari va
dasturlarini tayyorlash mobaynida inobatga olinishi lozim bo‘lgan komponentlarini
anglab olib, o‘zi uchun tushuncha hosil qilib olishga ehtiyoj sezadi xolos. Bunday
tavsiflar mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi orqali belgilanadi.
MIKROPROTSESSOR ARXITEKTURASI HAQIDA TUShUNChA
Mikroprotsessor arxitekturasi
- foydalanuvchi nuqtai nazaridan
qaraladigan mantiqiy tuzilish bo‘lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo‘ladigan
funksiyalarning apparatlar va dasturlar vosita amalga oshirilishiga ko‘ra
mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab beradi. Mikroprotsessor
arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi:
mikroprotsessor tuzilishini, ya’ni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy
qismlar komponentlarining majmui va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi
uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan cheklanish kifoyadir);
ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini;
tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo‘lgan barcha
elementlariga murojaat qilish usullarini (registrlarga,
doimiy va tezkor xotiralar
uyalariga, tashqi qurilmalarga ma’lum manzil bo‘yicha murojaat qilish);
mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar to‘plamini;
mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan
kirib keladigan boshqaruvchi so‘zlar va signallar tavsifini;
tashqi signallarga bildiriladigan munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish
tizimi va shu kabilar).
Mikroprotsessor tizimining xotira bo‘shlig‘ini shakllantirish usuliga ko‘ra
MP arxitekturalari ikkita asosiy turga bo‘linadi.
Dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun bitta xotira bo‘shlig‘i qo‘llanilgan
tuzilish
Dostları ilə paylaş: