Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
 
Arifmetik-mantiqiy qurilma 
 
Arifmetik-mantiqiy qurilma axborotni o‘zgartirishga oid arifmetik va 
mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma sanaladi. 
Funksional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv 
sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan. 
2-rasm. 
Summator
- kirish qismiga kelayotgan ikkilik sonli kodlarni qo‘shish 
amalini bajaruvchi hisoblash sxemasi bo‘lib, mashinaning ikkilangan so‘ziga oid 
razryadlik darajasiga ega. 
Uzunligi turlicha bo‘lgan tez ishlovchi xotira registrlari: 1- registr (Pr1) 
ikkilangan so‘z, 2- registr (Pr2) esa bitta so‘zga oid razryadlik darajasiga ega. 
Operatsiya bajarilayotgan paytda Pr1 ichida operatsiyada ishtirok etayotgan 
birinchi son, operatsiya yakuniga yetgach - natija joylashadi; 
Pr2 ichida esa operatsiyada ishtirok etayotgan ikkinchi son joylashib, 
operatsiya yakuniga yetgach, uning ichidagi axborot o‘zgarmay qoladi. 1- registr 
axborotni ma’lumotlarning kodli shinasidan olishi va xuddi shu shinasi orqali 
uzatishi mumkin. 
Boshqaruv sxemasi yo‘riqlarning kodli shinasi orqali boshqaruv 
qurilmasidan boshqaruv signallarini qabul qilib, registrlar va AMQ summatori 
ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan signallarga aylantiradi. 
MQ arifmetik (
+, - , *, :
) operatsiyalarni faqat so‘nggi razryaddan so‘ng 
qayd etilgan vergulli ikkilik axborotga, ya’ni faqat butun ikkilik sonlarga nisbatan 
bajaradi. 
O‘zgaruvchan vergulli ikkilik sonlar hamda ikkilik-kodlashgan o‘nli 


sonlarga nisbatan operatsiyalar ijrosi matematik soprotsessor yoki maxsus tuzilgan 
dasturlar jalb etilgan tarzda bajariladi. 
 
Mikroprotsessorning xotira qurilmasi 
Mikroprotsessor xotirasi (MPX) - kichik hajmga ega xotira bo‘lsa ham-ki, u 
haddan tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu 
xotiradan axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun 
sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o‘lchanadi)yu 
Mazkur xotira qurilmasi axborotni qisqa muddat davomidasaqlash, yozib 
olish va mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish 
uchun mo‘ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash 
uchun 
qo‘llaniladi, negaki asosiy xotira qurilmasi tez ishlaydigan 
mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish, 
qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydiyu 
Mikroprotsessor xotirasi razryadlik darajasi bitta mashina so‘zidan kam 
bo‘lmagan tez ishlovchi registrlardan tashkil topgan. Registrlarning soni va 
razryadlik darajasi turli mikroprotsessorlarda har-xil bo‘ladiyu 
Mikroprotsessor registrlari umummaqsadli registrlar va maxsus registrlarga 
farq qiladi. 
Maxsus registrlar turli manzillarni (misol uchun, komandalar manzillarini), 
bajarilgan operatsiyalarning alomatlarini, ShKning ish rejimlarini (misol uchun, 
bayroqchalar registrlarini) va shu kabilarni saqlash uchun qo‘llaniladiyu 
Umummaqsadli registrlar universal registrlar bo‘lib, har qanday axborotni 
saqlash uchun qo‘llanilishi mumkin. Biroq, ularning ayrimlari bir qator amallar 
ijrosiga majburiy ravishda jalb etilgan bo‘lishi shartyu 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin