Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. 
Shaxsiy kompyuterning tuzilishi 
ShKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini ko‘rib chiqamiz. 
Mikroprotsessor
(MP). Bu, ShKdagi markaziy blok bo‘lib, mashinaning 
barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va 
mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan. 
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi: 
boshqaruv qurilmasi (BQ) - oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va 
ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv 
signallarini(boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga 
zaruriy fursatlarda uzatib boradi;
bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini 
shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv 
qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi; 
arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) - sonli va belgili axborot bilan 
bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish 
uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi); 
mikroprotsessor xotirasi (MPX) - mashina ishining bevosita taktlarida 
bajarilayotgan hisob ishlarida qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib 
olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi 
(AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur 
bo‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay 
olmaydi; 
registrlar - uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari 
(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo‘lgan AXQ uyalaridan 
farq qiladi); 
mikroprotsessorning interfeys tizimi - ShKning boshqaqurilmalari bilan 
ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi va 
xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va 
tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi; 
interfeys (ingl. interface) - kompyuterda mavjud qurilmalarni o‘zaro ulab, 
ular o‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun 
mo‘ljallangan vositalar majmui. 
kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O - Input/Output port) - mikroprotsessorga 


ShKning boshqa qurilmasini bog‘lash imkonini beruvchi ulash apparati. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin