Mikroprotsessor , boshqacha nomi - markaziy protsessor (MzP).
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) - kompyuterning
dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy
ish komponenti bo‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud
barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi.
Aksariyat hollarda MzP o‘z ichiga:
arifmetik-mantiqiy qurilmani;
ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini;
registrlarni;
komandalar hisoblagichini;
kesh - kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512 Kbayt ga qadar)
saqlash qurilmasini;
nuqtasi o‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi.
1-rasm.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy
maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega
kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib,
ustiga
protsessorning
barcha
ishlarini
bajaradigan
sxemalar
(qoliplar)
joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan
tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni
bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi.
Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi
mumkin. Bunday tizimlar - ko‘p protsessorli tizimlar deb ataladi.
Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 1971 yilda Intel firmasi
(AQSh) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mikroprotsessorlarning bir
necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel va AMD firmalari
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng ko‘p tarqalgani
mikroprotsessorlar deb e’tirof etilmoqda.