Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Mikroprotsessorning interfeys qismi



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
Mikroprotsessorning interfeys qismi 
MPning interfeys qismi MPni ShKning tizim shinasi vositasida bog‘lash va 
muvofiqlashtirish, shuningdek, amalga oshayotgan dastur komandalarini qabul 
qilib, dastlabki tahlildan o‘tkazish hamda operandlar va komandalarning to‘liq 
manzillarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan. 
Interfeys qism o‘z tarkibiga MPXning manzilli registrlarini, manzil 
shakllantiruvchi uzelni, MPdagi komandalarning buferi sanaladigan komandalar 
registrlarining blokini, MPning ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish 
portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi. 
Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim interfeysiga qarashli punktlar 
bo‘lib, MP ayni shu punktlar orqali boshqa qurilmalar bilan axborot almashinadi. 
MPda hammasi bo‘lib 65536 ta portlar bo‘lishi mumkin. Har bir port, xotira 
uyasining manziliga mos keluvchi manzilga, ya’ni port raqamiga ega. Ushbu 
manzil (port raqami) asosiy kompyuter xotirasining bir bo‘lagi emas, balki kiritish-
chiqarish qurilmasining ushbu portdan foydalanuvchi qismi sanaladi. 
Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi va boshqaruvchi axborot 
bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari va ikkita xotira registrini 
mujassam etadi. Ayrim tashqi qurilmalar almashinishi darkor bo‘lgan axborotning 
katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham foydalanadi. Aksariyat standart 


qurilmalar (klavishlar majmui, printer, soprotsessor va shu kabi qurilmalar) o‘ziga 
muntazam biriktirilgan kiritish-chiqarish portlariga ega. 
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 
port manzilini va ushbu manzil uchun boshqaruvchi (portni qabul yoki 
uzatish rejimiga ulash va shu kabi) axborotni shakllantirish; 
portdan boshqaruvchi axborotni, portning ishga shayligi va holati 
to‘g‘risidagi axborotni qabul qilish; 
kiritish-chiqarish qurulmasining porti bilan MP o‘rtasidagi ma’lumotlar 
uchun tizim interfeysining boshidan oxirigacha ketgan kanalni tashkillashtirish. 
Kiritish-chiqarish portlari va tizim shinasini boshqarish sxemasi portlar bilan 
aloqa bog‘lash uchun yo‘riqlarning kodli shinasi (YKSh), manzillar va tizim 
shinasidagi ma’lumotlardan foydalanadi, ya’ni: MP portiga kirish mobaynida 
YKSh orqali signal uzatadi. Ushbu signal barcha kiritish-chiqarish qurilmalariga 
manzillarning kodli shinasidagi (MnzlKSh) manzil port manzili ekanligi haqida 
xabar beradi, so‘ngra xususan port manzilini uzatadi. Bunday signalni qabul qilib, 
port manzili mos tushgan qurilma ishga shay ekanligi haqida javob qaytaradi va 
shundan so‘nggina MKSh orqali ma’lumotlar almashinuvi ro‘y beradi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin