Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

 
AMD K-6 protsessori 
P5 (Pentium) ning protsessorlar uchun tizimli platasida o‘rnatiladigan 
yo‘qori unumdorli oltinchi avlod protsessoridir. Unumdorligi jixatidan u, Pentium 
va Pentium II orasidagi o‘ringa joylashgan. Bu protsessor 5-avlod protsessorlari 
va tizimli platalari uchun mo‘ljallangan Socket 7 tipli uya uchun ishlanganligi 
uchun, u xaqiqiy oltinchi avlod protsessoridek ishlay olmaydi, chunki Socket 7 
xotira va keshning imkoniyatini jiddiy chegaralaydi. Biroq AMD-K6 Pentium 
ning jiddiy raqobatchisi hisoblanadi. AMD-K6 protsessorida sanoat standarti 
bo‘yicha, multimediya buyruqlarining yangi tizimi (MMX) amalga oshirilgan, u 
esa AMD K6-2 protsessorlarida yangilandi va 3Dnow atala boshladi. AMD 
firmasi Socket 7 tip uyali protsessorni ishlab chiqdi. Bu esa kompyuter ishlab 
chiqaruvchilar uchun, modernizatsiyalash oson bo‘lgan tizimlarni yaratishga 
imkon beradi. AMD-K6
 protsessori
texnik xarakteristikalari: 

oltinchi avlod ichki arxitekturasi, 5-avlod tashqi interfeysi;x86 buiruqlarni 
RISC buiruqlarga translyatsiya qiluvchi ichki RISC-yadro

buyruqlarning bajarilishida superskalyar modullari (yetti); 

dinamik bajarilishi; 

o‘tishlarni oldindan aytish;Oldindan bajarilishi; 

64 Kbaytli katta kesh (32 Kbayt sig‘imdagi buyruqlar uchun, qo‘shimcha 
ma’lumotlar uchun 32 Kbayt sig‘imdagi teskari yozuvli ikki portli kesh); 

siljuvchi vergulli sonlar ustida amallarni bajarish uchun ichki modul (FPU); 

MMX buiruqlarini qo‘llashga sanoat standarti; 

SMM rejimi; 

Ceramic Pin Grid Array (CPGA) konstruksiyasining Socket 7 tipli uyasi; 

5 qavat 0,35- va 0,25-mikronli texnologiyani tayorlshda foydalanish K6-2 
protsessoriga quyidagilar qo‘shilgan:

Ancha yuqori takt chastotalari;

100 MGts (Super 7 uyali tizimli platalar uchun) tizimli shinani qo‘llash; 

3DNow deb nomlangan, grafika va multimediya bilan ishlash uchun yangi 
21-tuzilma;



K6-3 protsessoriga, uning chastotasida ishlovchi, 256 Kbayt sig‘imdagi ikki 
bosqichli kesh –xotira qo‘shilgan. K6-3 ni bunday mukammallashtirish Celeron va
Pentium II.darajasida turuvchi uning unumdorligini oshirdi.
AMD-K6 protsessori arxitekturasiga ko‘ra x86 bilan ikkilik kod bo‘yicha 
mutanosib, ya’ni MMX buyruqlari bilan birgalikda, u Intelning barcha dasturiy 
ta’minotini bajaradi, Socket 7 tipli uyalar tuzilmasi bilan shartlashilgan, etarli 
darajada quyi bo‘lgan,ikkinchi bosqichli kesh-xotiranining unumdorligini oshirish 
uchun, AMD birinchi bosqichli ichki kesh –xotiraning umumiy si’g‘imini 64 
Kbaytgacha orttirdi (ya’ni uning sig‘imi Pentium II ga qaraganda ikki marta katta 
). Bunga dinamik bajarilish imkoniyatini qo‘shadigan bo‘lsak K6 protsessorini 
tezligi bo‘yicha Pentium bilan, unumdorligi bo‘yicha Pentium II ning berilgan takt 
chastotasi bilan qiyoslasa bo‘ladi. AMD-K5 va K6 protsessorlari Socket 7 tipli 
uyaga o‘rnatiladi.Biroq, zarur kuchlanishni o‘rnatish va BIOS parametrlarini 
o‘zgartirish uchun ba’zi bir tuzatishlar kiritish talab qilinadi. Agar tizimli plata mos 
kuchlanishda tursa AMD-K6 ning ishonchli ishi ta’minlanadi.

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin