133
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
●
kichik biznesni davlat tomonidan moliyaviy, ma’muriy va axborot bilan ta’minlash, korxonalar tashqi alo-
qalarini raqamlashtirish tizmini yaratish.
Bu o‘rinda raqamli texnologiyalarning mehnat bozoriga ta’siri bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni keltirish o‘rinlidir.
Jumladan, texnologiyalar rivojlanishining hozirgi darajasida turli kasblarning 30 % vazifalari avtomatlashtirilishi
mumkin. Ish joylarini raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida avtomatlashtirish natijasida jahon YaIM 2030-yil-
ga kelib 9 trln. dollarga ortishi kutilmoqda va bunday texnologiyalarni qo‘llash natijasida jahon ishchi kuchining
14 % o‘z kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Bu davrga kelib bank auditori, kredit muassasasi kabi kasblar
deyarli to‘liq avtomatlashtirilishi mumkin.
Jahonning eng mashhur kompaniyalari tajribasidan shuni ko‘rish mumkinki, ish o‘rinlarining avtomatlashti-
rilishi yoki robotlashtirilishi ularning qisqarishiga emas, ko‘proq yangilanishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p xollarda tex-
nologiyalarning kirib
kelishida infratuzilma, iqtisodiy, tartibga solish va ma’naviy to‘siqlar ham mavjud bo‘lishi
mumkinligi hisobga olinmaydi. Jumladan, raqamli texnologiyalar tasvirni tanish, ovozni va boshqa biometrik
ma’lumotlarni ajratish, bankrotlik extimolini baholash, texnikaning ishlashi jarayonida nosozliklarni aniqlash
kabi tor doiradagi vazifalarni bajarmoqda. Raqamli tizimlar hozirgi paytda “qaytar aloqa”ni amalga oshirish
qobiliyatiga ega emas, ya’ni foydalanuvchilarga u yoki bu qarorning mantig‘ini tushuntirib bera olmaydi, bu esa
sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va huquq kabi sohalarda insonning o‘rnini bosa olmaydi.
Shu bilan birga texnologiya rivojlanishi bilan tarjimon, koll-markaz operatori, ekskursovodlar, notarius, ish
yurituvchi,
huquqiy maslahatchi, ma’muriy binolar qo‘riqchisi kabi kasblarning qisqarib borishiga olib kelmoqda.
Ularning o‘rniga raqamli texnologiyalar sohasida qator yangi kasblar vujudga kelib, ta’lim tizimini mana shu
kasb vakillarini tayyorlashga yo‘naltirilishi zarur.
Texnologiyalarning rivojlanishi, kompaniyalarning raqamli o‘zgarishi, ish joylari uchun raqobatning o‘sishi
va umr ko‘rish davomiyligining oshishi xodimlarni hayot davomida o‘z kasbiy faoliyatini bir necha bor o‘zgartiri-
shi, yangi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mehnat bozorida raqobatbardosh
bo‘lish uchun inson yangi bilimlarni avvalgiga nisbatan tezroq egallashi kerak. O‘qitish uslublari qayta ko‘rib
chiqilishi, ta’lim modellari o‘zgartirilishi zarur. Bugungi kunda ta’lim oldida turgan asosiy muammolarga dinamik
ravishda o‘zgaruvchan mehnat bozori va inson extiyojlari talablariga javob beradigan ta’lim modelini yaratish,
shuningdek, texnologiyalarni qo‘llash orqali xarajatlarni kamaytirish kiradi.
14
Shunday qilib, xorijiy mamlakatlarning tajribasiga tayangan holda kichik biznesning eksport faoliyatini rivoj-
lantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
■
Biznes yuritishning yangi shakllarini (franchayzing, lizing, elektron tijorat) ilgari surish;
■
Kichik va o‘rta biznesni
davlat tomonidan moliyaviy, ma’muriy va axborot bilan ta’minlash, ayniqsa biznes
va tashqi iqtisodiy aloqalarni raqamlashtirishga urinishlarni faol qo‘llab-quvvatlash.
Dostları ilə paylaş: