Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

birinchidan,
dividend siyosati investorlar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Aksi-
yadorlar dividendlarni muntazam kamaytiradigan aksiyadorlik jamiyatlariga salbiy munosabatda bo‘lishadi, 
chunki, ular bu pasayishni aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy qiyinchiliklari bilan bog‘lashadi, buning nati-
jasida ular o‘z aksiyalarini sotishi va mazkur holat o‘z navbatida aksiyalar bozor narxini tushib ketishiga 
sabab bo‘lishi mumkin; 
ikkinchidan,
dividend siyosati aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy strategiyasiga va kapital qo‘yilmalar 
byudjetiga ta’sir qiladi;
uchinchidan,
dividend siyosati aksiyadorlik jamiyatining pul oqimiga ta’sir ko‘rsatadi. Likvidlilik darajasi 
yuqori bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlari dividend to‘lovlarini cheklashga majbur bo‘lishi mumkin; 
to‘rtinchidan,
dividendlar foydadan to‘langanligi sababli aksiyadorlik kapitalini kamaytirish xususiyatiga 
ega. Natijada, qarz kapitalini aksiyadorlik kapitaliga nisbati koeffitsiyentini oshishiga olib keladi”
3
.
Binobarin, bugungi kunga qadar ilmiy doirada optimal dividend siyosatini shakllantirish bo‘yicha asosan 
rivojlangan mamlakatlar moliya bozorlari va kompaniyalari doirasida izlanishlar amalga oshirilganligini alohida 
ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Shu bilan birgalikda, o‘rganishlarimizga ko‘ra respublikamizdagi hamda MDH davlatlari 
tadqiqotchilari tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosati parametrlari kompleks holda juda cheklan-
gan darajada tadqiq etilganligini kuzatishimiz mumkin. Lekin, shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, alohida ilmiy 
tadqiqotlarda dividend siyosatining ayrim jihatlari haqida fikr yuritiladi. 
Jumladan, N. M. Rasulovning ta’kidlashicha, “korporativ boshqaruvning iqtisodiy mexanizmlarini tako-
millashtirishda aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosati muhim dastaklardan biri bo‘lib, korxonada dividend 
siyosatini to‘g‘ri yuritilishi aksiyadorlar, salohiyatli investorlar, kreditorlar, qimmatli qog‘ozlar bozori professional 
ishtirokchilarini qiziqishlarini ortishiga hamda korxonaning muayyan obro‘sini yaratishda muhim omil hisobla-
nadi”
4
.
Rus iqtisodchi olimi I. Y. Lukasevichning fikriga ko‘ra, “amaliyotda dividend siyosati aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyatida muhim rol o‘ynaydi, u aksiyalar qiymatining tebranishiga ta’sir qiladi, o‘z kapitalini o‘zgarishiga olib 
keladi va natijada, aksiyalar bozor qiymatiga hamda jamiyatning investitsion jozibadorligiga ta’sir o‘tkazadi”
5

Yuqorida keltirilgan fikrlarga qo‘shilgan holda aytishimiz mumkinki, aslida, dividend siyosati masalasi kam 
doiradagi tadqiqotlarning bevosita yoki bilvosita ilmiy tadqiq etish obyekti doirasiga mos kelsada, shu bilan birga 
aksariyat aksiyadorlik jamiyatlari o‘z faoliyat maqsadini dividend to‘lovlarini amalga oshirish bilan bog‘lamasa-
da, fikrimizcha, aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirishda dividend siyosati ilmiy asoslanib, 
aniq shakllantirilgan hamda tegishlicha rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Shu boisdan, olib borilayotgan tad-
qiqotlarda dividend siyosatining barcha bazaviy parametlari kompleks holda tadqiq etilishi maqsadga muvofiq 
deb, hisoblaymiz. Zero, tadqiqotchilar Y. Brigxem va M. Erxardtlarning ta’kidlashicha, “sof foydani taqsimlash 
siyosatini tez-tez o‘zgartirilishi aksiyadorlik jamiyatlarining qiymatiga va natijada investorlarning qiziqishlariga 
ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi”
6

Umuman olganda aytishimiz mumkinki, samarali korporativ moliyaviy boshqaruvning ajralmas tarkibiy qis-
mini ijobiy natija beruvchi dividend siyosatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodchi va olim-
lar tomonidan optimal dividend siyosatini tadqiq etish masalalariga ko‘proq e’tibor qaratish bilan birga mavjud 
xorijiy tajribalardan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. 
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot davomida xalqaro dividend siyosati tajribalaridan hisoblangan “S&P 500 Dividend Aristocrats” 
amaliyoti va uni milliy aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishning uslubiy jihatlarini 
tadqiq etish maqsadida ilmiy tadqiqot olib borishning iqtisodiy-statistik, monografik tadqiq etish, solishtirma 
tahlil, tanlama kuzatuv, taqqoslash va boshqa usullaridan foydalanildi. 

Шим Джей К., Сигел Джоэл Г. Финансовый менеджмент: пер. сангл.М.: Филинъ, 1996.400 с. 342 стр.

N. M. Rasulov. Korporativ boshqaruv – investitsiyalar samaradorligi kafolati, Monografiya, –T. : TDIU nashriyoti, 2011-yil, 126 b.114-
bet.

И.Я.Лукасевич. Финансовый менеджмент: учебник. 4-е изд., перераб. и доп. М.: Национальное образование, 2013. 768 с.

F. Eugene Brigham, C. Michael Ehrhardt. Financial Management. Theory and practice. 12e.Thompson Learning, Inc. 2008. P. 640–
647.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
136
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Dividend siyosatini oqilona olib borish orqali korporatsiyalar o‘z aksiyalarining qiymatini oshirishlari yoki 
barqaror tarzda saqlab turishlari mumkin bo‘ladi. Xorijiy korporatsiyalar tajribalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 
aksariyat korporatsiyalar ayrim hollarda yuqori yoki kutilgan miqdorda daromad ko‘rmagan holatda ham aksi-
yadorlarga to‘lanadigan dividend miqdorini kamaytirmaslikka harakat qilishadi. 
Hozirgi kunda jahon amaliyotida fond bozori ishtirokchilari orasida dividendlarga asoslangan strategiyalar 
juda mashhur bo‘lib, ushbu strategiyalarni qo‘llash natijasidan hosil qilingan portfel yuqori dividendlar to‘lay-
digan kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlaridan iborat bo‘ladi. Biroq, bu strategiyalar hali mamlakatimiz fond 
bozorida keng tarqalmagan. Mazkur strategiyalarning asosiy g‘oyasi sifatida nafaqat aksiyalar narxining o‘zga-
rishidan foyda olish, balki yuqori dividendlar va ularni qayta investitsiyalash hisobiga maksimal rentabellikka 
erishish nazarda tutiladi.
Dividendlarga asoslangan strategiyalarni bir qancha ko‘rinishlari mavjud. Bunda har bir strategiyani qo‘llash 
o‘ziga xos xususiyatlari, algoritmi bilan bir-biridan farqlanadi:

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin