T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
148
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
yuqori faollik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 1,24 barobarga, qurilishning 1,44 barobarga
o‘sishiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,1 foizdan 33,2
foizgacha o‘sdi”
[1]
.
Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, barcha soha va yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar natijasida o‘sish
kuzatilmoqda. Mazkur islohotlar zamirida milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni
qo‘llab-quvvatlash, eksport salmog‘ini ko‘paytirish, import tovarlar hajmini kamaytirish, ilm-fanni rivojlantirishga
qaratilgan oqilona siyosat yotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ta’lim tizimida olib boriladigan islohotlarning asosiy
vazifalaridan biri bu o‘quv jarayonini isloh qilish va oliy ta’limning moddiy-texnik bazasini yaxshilashdir.
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Quyidagi xorijlik iqtisodchi olimlar davlat xaridlari sohasining rivojlanishi va takomillashtirilishining asosiy
qoidalari, davlat xaridlari hisobini tashkil etish va ulaning oliy ta’lim tizimidagi samaradorligini baholash bo‘yicha
ba’zi jihatlariga e’tibor bergan holda ilmiy tadqiqot olib borgan, jumladan I. I. Smotritskaya, S. A. Bordunova,
A. I. Vorobiyeva, Y. A. Mizikovskiy, E. A. Orlova, S. V. Pankova, A. A. Piskunov, K. V. Razuvayeva, T. M. Rogu-
lenko, Y. V. Sokolova, I. A. Tulseva, A. E. Sheveleva, T. G. Sheshukova va boshqalarni keltirish mumkin. Mahal-
liy iqtisodchi olimlardan M. P. Yunusov, D. B. Qosimov, U. Urakov, U. Burxonov, Atamuradov
[5]
va boshqalarning
ilmiy ishlarida mazkur masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.
Shuning bilan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligining ahamiyati va moliyaviy resurslar sa-
maradorligini oshirish usullarini takomillashtirish borasida qator hal qilinmagan masalalarni yechish alohida
ilmiy tadqiqotlarni talab qiladi.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot olib borish davomida monografik tahlil hamda ekspert va tizimli tahlil usullaridan foydalangan
holda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligining ahamiyati va moliyaviy resurslar samaradorligini
oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Oliy ta’lim muassasalarining taraqqiy etishi va samaradorligining oshishi bevosita uning moliyaviy erkinl-
igiga, mavjud moliyaviy resurslarning to‘g‘ri, maqsadli hamda samarali ishlatilishi masalasiga bog‘liq ekanligi
sir emas. Shu nuqtayi nazardan OTMlarda mavjud moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi bugungi
kunning dolzarb va e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlaridan sanaladi. Respublikamiz miqyosidagi OTMlarda
byudjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari va byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari
asosiy moliyaviy manbalari sanaladi.
Mazkur mablag‘larni samarali tasarruf etish maqsadida, OTMlarning moddiy texnika bazasini mustahka-
mlashga, ta’limga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishga, bino va inshootlarni mukammal va joriy ta’mir-
lash ishlariga yo‘naltirishda bevosita o‘rnatilgan tartibda, respublika tovar xom-ashyo birjasi orqali savdolarda
qatnashish belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–472-son
Qonuni talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, davlat xaridlari turlari va ularni
amalga oshirish bilan bog‘liq bir qancha normativ hujjatlar qabul qilingan.
1-jadval:
2022–11–15 – 2022–12–15-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan
xorijiy valyutalarga nisbatan o‘zbek so‘mining rasmiy kursi
[3]
Dostları ilə paylaş: