T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
150
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
ma’lum vaqt o‘tishi bilan shartnomalarning bekor qilinishi kabi holatlarning ko‘p uchrayotganligini ko‘rishimiz
mumkin. Bularning barchasi OTMlarning xarid jarayoniga, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga,
ta’limi OTMlarda davlat xaridlari jarayonida uchrayotgan masalalar va moliyaviy resurslarning samaradorligini
oshirish bilan bog‘liq omillarga narx parametrlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatiga bog‘liqligiga e’tibor
qaratilishi lozim bo‘ladi. Rossiyalik taniqli iqtisodchi olimlardan A. Y. Guщinning tadqiqotlarida alohida e’tibor qa-
ratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan A. Y. Gushin
[4]
quyidagi jadvalga ko‘ra narx parametrlariga muvofiq
ishlar, xizmatlar, tovarlarni yetkazib berish sifatini baholash mezonini ko‘rsatib o‘tgan.
Buyurtmasining zaruriy harakatlari – ushbu parametr, avvalombor bajarilgan ishlarni etkazib berilayotgan
tovarlarni tanqidiy qabul qilishda va texnik nazoratni amalga oshirishda ifodalanishi mumkin bo‘lgan harakatlar-
ni, buyurt-machining yetkazib beruvchi tomonidan taklif etayotgan narxlariga munosabatini aks ettiradi. Bu
jadvalda ko‘rsatilgan, narx parametrlari ta’siri rivojlangan mamlakatlarda qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha
narx parametrlariga baho berishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bergan statistik ma’lumotlariga nazar solinsa, 2022-yil 9
oyligida Davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va davlat buyurtmachilarining davlat
xaridlaridagi holati-
da quyidagi jihatlar ko‘zga tashlanadi.
Ma’lumotdan ko‘rinadiki, davlat xaridlari turlarida Yagona yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma-
larning ulushi 39,9 foizni, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarining ulushi
39,7 foizni tashkil etayotganligini ko‘rinadi. Qolgan davlat xaridlari turlari bo‘yicha ulushlar nisbatan kam foizni
tashkil etmoqda. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, davlat xaridlarini amalga oshirishda to‘g‘ridan to‘g‘ri va
yagona buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzish davlat buyurtmachilarga qulaylik tug‘diradi va mavjud moli-
yaviy resurslardan vaqt birligida samarali foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
Shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiy jarayonlarga va jahon moliya bozorigadadil integratsiyalashib
borayotgan mustaqil respublikamizda bugungi kunda barcha jabhalarida bozor qonuniyatlari amal
qilayotgan-
ligini, chuqur uylangan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar olib borilayotganligi hech kimga sir emas. Shu jumladan, ta’lim
tizimidagi islohotlar, davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashlar samarasi ko‘rinmoqda.
Jahon tajribasidan ma’lumki, OTMlar ham iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisi va subyekti sanaladi. Shu
nuqtayi nazardan ularning moliyaviy mustaqilligi hamda mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanishi
bevosita davlat xaridlariga bog‘liq.
Yuqoridagi tahlillarda ko‘rib o‘tdikki, OTMlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari samaradorligini oshirish,
moliyaviy resurslardan foydalanish yo‘llarini takomillashtirish va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida,
OTMlarning byudjetdan tashqari mavjud moliyaviy resurslarining samaradorligini oshirish muhim masalalardan
biri bo‘lib qolmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, OTMlarda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ish-
lar, xizmatlar) davlat xaridlarida ba’zi imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Jumladan,
●
byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ga to‘g‘ridan to‘g‘ri
shartnoma
imzolanishiga ruxsat berishi;
●
yagona yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish;
●
byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qilinadigan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha ten-
der savdolari bo‘yicha e’lon muddatini 10 kungacha qisqartirish.
Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi OTMlarda mavjud byudjetdan tashqari moliyaviy resurslar sa-
maradorligini oshirishga va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi degan fikrdamiz.
Dostları ilə paylaş: