Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

T/r
Muammoning tavsifi
Muammoning yechimi yuzasidan takliflar
1.
KBT subyektlarining kasanachilik va ma-
halliylashtirish dasturlari asosida faoliyat 
ko‘rsatishlari maqsadga muvofiq emas
Hududiy sanoat korxonalari bilan KBT subyektlari o‘rtasida o‘zaro aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan manzilli dasturlarni yaratish. Bunda joylardagi 
mahalla fuqarolar yig‘ini faolligini keskin oshirish choralarini ko‘rish
2.
Hududiy eksport salohiyatini rivojlanti-
rishda interaktiv elektron axborot kom-
munikatsiya tarmoqlari faoliyatini yanada 
kuchaytirish masalalari
MDH va xorijiy miqyosda eksport va import salohiyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri 
aloqalarni tezkor usulda, samarali amalga oshirishda kichik biznes va 
tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda bojxona va 
mahalliy imtiyozlar berilishi
3.
Hududda tadbirkorlik subyektlarining mu-
handislik tarmoqlariga ulanish shart-sha-
roitlarini takomillashtirish masalasi
Muqobil energiya manbalarini yaratishda, aholini uzluksiz gaz va suv 
bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan innovatsion loyihalar asosida faoliyat 
ko‘rsatadigan texnoparklar faoliyatini shakllantirish va mazkur sohalar-
da faoliyat ko‘rsatayotgan KBT subyektlarini moddiy va moliyaviy mex-
anizmlarini ishlab chiqish 
4.
Kichik biznes subyektlariga xizmat ko‘rsat-
uvchi muassasalar faoliyatini rivojlantirish 
omillari
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari va yirik sanoat korx-
onalari o‘rtasida ichki tarmoq kooperatsiyasini rivojlantirish yo‘lida is-
tiqbolli sanalgan loyihalar bo‘yicha investitsiya dasturlari ro‘yxatini 
shakllantirish lozim. Shuningdek, sug‘urta, lizing kompaniyalari, kon-
salting va boshqa turdagi bozor infratuzilmalari tomonidan ko‘rsatilayot-
gan xizmatlar ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
aniq manzilli dasturini ishlab chiqish
5.
Hududda kichik biznes subyektlari ishbi-
larmonlik muhitini rivojlantirish masalalari
Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga taklif etilayotgan biznes inkubator-
lar, biznes markazlar, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha profilaktika ishlarining (re-
abilitatsiya, ko‘maklashish) markazlari faoliyatini tashkil etish kerak.
Manba: Tadqiqotlar asosida muallif ishlanmasi
Kichik biznes subyektlari bilan hududiy yirik sanoat korxonalari o‘rtasida mahalliylashtirish dasturlari aso-
sida o‘zaro kooperatsion aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralar hududlarda mavjud ishlab chiqarish 
quvvatlaridan samarali foydalanish, sanoat tarmoqlarining qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlari eks-
portini ko‘paytirish va an’anaviy eksport salmog‘ini kamaytirish, samarali ichki va tarmoqlararo ishlab chiqarish 
kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashni kengaytirish, ishlab turgan korxo-
nalarni zamonaviylashtirish va yangilarini tashkil etish hisobidan iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish muammo-
larini yechishda asosiy omil bo‘lmoqda. 
Tahlillardan ma’lum bo‘lmoqdaki, so‘nggi yillarda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan ma-
halliylashgan mahsulotlar ulushi Qoraqolpag‘iston Respublikasida yuqori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahalliylashgan mah-
sulotlar ulushi, 2006-yilgi sanoat umumiy hajmidagi 1,8 foizdan, 2017-yilda 23,9 foizga oshdi, Mahalliylashtirish 
dasturiga kiritilgan korxonalar soni 2006-yildagi 2 tadan 2017-yilda 8 tagacha o‘sgan. 2017-yilda Mahalliylash-
tirish dasturiga kiritilgan korxonalarda 8 ta loyiha amalga oshirildi va 1018,4 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab 
chiqarildi. Bunda loyihalar bo‘yicha mahsulotlar sotishning umumiy hajmi 2015-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 
33,3-martaga ortgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va 
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Har bir 
hududning tabiiy iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, mavjud resurslaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahri, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikamizning barcha viloyatlarida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 
bir qator loyihalar amalga oshirilib mahsulotlarning yangi turlari o‘zlashtirilmoqda. 
Buning natijasida aholi talablarini qondirishda xorijiy mamlakatlardan import qilinayotgan mahsulotlarni 
o‘rnini bosuvchi sifatli va narx jihatdan bir necha-marta arzon bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi yo‘lga 
qo‘yilgan bo‘lib, pirovardida ushbu mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, misol tariqasida mamlakatimizning Quyi Amudaryo mintaqasida joylashgan Xorazm viloyatida 
amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish jarayonlari natijasida “2016-yilda 6 ta korxona tomonidan amalga oshi-
rilgan 9 ta loyihalar bo‘yicha 20,3 mlrd. so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan 
prognoz ko‘rsatkichlari 105,5 foizga bajarilgan”.


157
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Jumladan, “Xiva maishiy texnika” MCHJ tomonidan 1,9 mln. so‘mlik 1500 dona 215 “XINGX” turdagi mini 
muzlatkichlar, vitrinali sovutkich va muzlatkichlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 149 foizga 
bajarildi. “Eko kompani” XF tomonidan 8,6 mlrd.so‘mlik 220 dona suv tozalash filtrlari va 3,2 mlrd.so‘mlik 45 
dona xloratorlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 287,7 foizga, “Tabassum servis” XK tomoni-
dan 800 mln.so‘mlik 20 ming dona maktab o‘quvchilari uchun sumkalar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 
ko‘rsatkichi 100 foizga, “Mini akkumulyator” MCHJ tomonidan 324,6 mln.so‘mlik 10 ming dona 6 ct–132 DIN, 
6 st–190 DIN markali akkumulyatorlar uchun monobloklar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 
100,7 foizga bajarilgan.
Shuningdek, “3,1 mlrd.so‘mlik 200 ming dona 6st–55MF J200 (yangi modifikatsiya) markali akkumulya-
torlar uchun monobloklar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi (100,0 foiz) to‘liq bajarilgan, 1,6 
mlrd.so‘mlik 100 ming dona 6st–60 DIN markali akkumulyatorlar uchun monobloklar ishlab chiqarilib, belgilan-
gan prognoz ko‘rsatkichi 100,1 foizga bajarilgan bo‘lsa “LYUKS SPORT INVERTER” XK tomonidan 82,0 mln.
so‘mlik 50 dona sport inventarlari va trenajerlari ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 164,0 foizga 
bajarilgan”. 
[2]
Ushbu hududda 2016-yilda korxonalar tomonidan 6,3 mln. AQSH dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsu-
lotlar ishlab chiqarilib, 6 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishiga erishilgan.
5 . X U L O S A VA TA K L I F L A R
Xulosa o‘rnida qayd etish joizki, mamlakatimizda mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan 
loyihalar tadqiq qilinganda hududiy nomutanosiblikni kuzatish mumkin. Buning asosiy sabablari quyidagilardan 
iborat:
ishlab chiqarish korxonalarini mahalliylashtirish dasturiga kiritish jarayonlarini muayyan darajada sodda-
lashtirish zarurligi;
sanoat kooperasiyasini rivojlantirishga hududlararo integrasiyalashuv quyi darajada bo‘lib, hududlararo 
ma’muriy va iqtisodiy to‘siqlar mavjud;
hududlarning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanishida tabaqalanish yuqori;
ayrim hududlarda elektr energiyasi, gaz ta’minotidagi uzilishlar kabi muammolar mavjud;
Ushbu muammolarni hal etish, hududiy tasarrufdagi korxonalarning mahalliylashtirish dasturi doirasidagi 
loyihalarini shakllantirish uchun qator dolzarb vazifalarni amalga oshirish zarur. Xususan, mahalliylashtirish 
dasturi bajarilishini monitoring qilish, dasturni shakllantirish jarayonlari va tartiblarini yanada soddalashtirish, 
har bir mintaqadagi yirik hamda kichik korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish lozim. 
Shuningdek, tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni amal-
ga oshirayotgan korxonalarni zarur kredit mablag‘lari bilan ta’minlash ham muhim vazifalardan biri sanaladi. 

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin