Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

OTM nomi
Yillar
Bekor bo‘lgan 
shartnomalar soni
Summasi, mln.
so‘m
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
2019–2022-yillar
18
986,8
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar 
universiteti
2019–2022-yillar
8
352,6
Ma’lumki, OTMlarning moliyaviy erkinligi bevosita ularning rivojlanishi, taraqqiy etishi va sifatli, zamonaviy 
hamda erkin fikrlaydigan kadrlar yetishtirib chiqarishining asosiy, ustun bo‘lgan omillaridan biri hisoblanadi. 
Shu nuqtayi nazardan, OTMlar tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy texnika bazasi-
ni mustahkamlashga, oliy ta’lim sohasiga raqamli ta’limni joriy etish, bino va inshootlarni mukammal va joriy 
ta’mirlash uchun sarflanayotgan barcha mablag‘lar o‘rnatilgan tartibda Davlat xaridlari orqali tartibga solinishi 
yaxshi albatta. Biroq, davlat xaridlarining talablari OTMlarda byudjetdan tashqari moliyaviy resurslarning sama-
rali tasarruf etilishiga quyidagi jihatlarda o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti:
vaqt nuqtayi nazaridan: Chunki, respublikamizda amal qilayotgan bozor qonuniyatlari, raqobatning tez 
sur’atlarda jadallashuvi, iste’molchilarning talabchanligi ortayotgan hamda raqamli va masofaviy ta’limni joriy 
etish talab etilayotgan bir paytda zamonaviy multimedia, kompyuter texnologiyalarining aksariyat qismi xorijdan 
import qilinishini va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish jarayonini bu tarzda tezkor tashkil etish 
o‘ziga xos qiyinchiliklar va to‘siqlarni keltirib chiqarayotganligi ko‘rishimiz mumkin.
Buni quyidagi 3-jadval misolida ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi:
3-jadval:
Narx parametrlariga muvofiq ishlar, xizmatlar, tovarlarni yetkazib berish sifatini baholash
Narx ko‘rsatkichini 
o‘zgartirish
Sifat nazorati
Buyurtmachidan talab etiladigan harakatlar
R˂ 5%
Xizmatlar, ishlar, tovarlarni yetkazib berishning 
yuqori sifati
Bu yerda xech qanday maxsus harakat talab 
etilmaydi
5% < P < 15%
Xizmatlar, ishlar, tovarlarni yetkazib berishning 
yuqori sifati
Xech qanday maxsus xarakat talab etilmaydi
15% < P < 25%
Xizmatlar, ishlar, tovarlarni yetkazib berishning 
o‘rtacha sifati
Pudratchining shartnomani bajarishga e’tibori
25% < P < 35
Xizmatlar, ishlar, tovarlarni yetkazib berishning 
ikkinchi o‘rtacha sifati
Tanlov g‘olibining shartnomani bajarishga alo-
hida e’tibor
P < 35%
Xizmatlar, ishlar, tovarlarni yetkazib berishning 
past sifati
Tanlov g‘olibi tomonidan shartnomani bajarish-
ga favqulodda e’tibor
OTMlar tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan, asosiy vositalar (o‘quv 
laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari va mebellar) tanlov qilish yoki tender orqali xarid qilinganda vaqt-
dan yutqazish holatlari ko‘plab uchraydi. Shu bilan bir qatorda, tanlov o‘tkazish maqsadida e’longa xona va 
tashkilotlarning barchasi ham to‘g‘rilik, halollik, shaffoflik prinsiplari asosida ishlaydigan hamda o‘zining mavjud 
real tovar va xizmatlarini taklif etayotgan xo‘jalik subyektlari deyish mushkul masalalardan. OTMlar tomonidan 
byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xarid qilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari jarayonini 
tashkil etish uchun vaqt birliklarini yo‘qotayotgan bir paytda tovar xom-ashyo birjasida nomaqbul xo‘jalik yuritu-
vchi subyektlarga uchrayotganligi, ularning savdolarda shartnomalarning shartlarini to‘liq, batafsil o‘rganmas-
dan yutib olishlari, shartnoma shartlariga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni o‘z vaqtida yetkazib bermasligi, 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
150
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
ma’lum vaqt o‘tishi bilan shartnomalarning bekor qilinishi kabi holatlarning ko‘p uchrayotganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Bularning barchasi OTMlarning xarid jarayoniga, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, 
ta’limi OTMlarda davlat xaridlari jarayonida uchrayotgan masalalar va moliyaviy resurslarning samaradorligini 
oshirish bilan bog‘liq omillarga narx parametrlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sifatiga bog‘liqligiga e’tibor 
qaratilishi lozim bo‘ladi. Rossiyalik taniqli iqtisodchi olimlardan A. Y. Guщinning tadqiqotlarida alohida e’tibor qa-
ratilganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan A. Y. Gushin 
[4]
quyidagi jadvalga ko‘ra narx parametrlariga muvofiq 
ishlar, xizmatlar, tovarlarni yetkazib berish sifatini baholash mezonini ko‘rsatib o‘tgan.
Buyurtmasining zaruriy harakatlari – ushbu parametr, avvalombor bajarilgan ishlarni etkazib berilayotgan 
tovarlarni tanqidiy qabul qilishda va texnik nazoratni amalga oshirishda ifodalanishi mumkin bo‘lgan harakatlar-
ni, buyurt-machining yetkazib beruvchi tomonidan taklif etayotgan narxlariga munosabatini aks ettiradi. Bu 
jadvalda ko‘rsatilgan, narx parametrlari ta’siri rivojlangan mamlakatlarda qurilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha 
narx parametrlariga baho berishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bergan statistik ma’lumotlariga nazar solinsa, 2022-yil 9 
oyligida Davlat xaridlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va davlat buyurtmachilarining davlat xaridlaridagi holati-
da quyidagi jihatlar ko‘zga tashlanadi.
Ma’lumotdan ko‘rinadiki, davlat xaridlari turlarida Yagona yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma-
larning ulushi 39,9 foizni, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirilgan davlat xaridlarining ulushi 
39,7 foizni tashkil etayotganligini ko‘rinadi. Qolgan davlat xaridlari turlari bo‘yicha ulushlar nisbatan kam foizni 
tashkil etmoqda. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, davlat xaridlarini amalga oshirishda to‘g‘ridan to‘g‘ri va 
yagona buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzish davlat buyurtmachilarga qulaylik tug‘diradi va mavjud moli-
yaviy resurslardan vaqt birligida samarali foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.
Shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiy jarayonlarga va jahon moliya bozorigadadil integratsiyalashib 
borayotgan mustaqil respublikamizda bugungi kunda barcha jabhalarida bozor qonuniyatlari amal qilayotgan-
ligini, chuqur uylangan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar olib borilayotganligi hech kimga sir emas. Shu jumladan, ta’lim 
tizimidagi islohotlar, davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashlar samarasi ko‘rinmoqda. 
Jahon tajribasidan ma’lumki, OTMlar ham iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisi va subyekti sanaladi. Shu 
nuqtayi nazardan ularning moliyaviy mustaqilligi hamda mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanishi 
bevosita davlat xaridlariga bog‘liq.
Yuqoridagi tahlillarda ko‘rib o‘tdikki, OTMlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari samaradorligini oshirish, 
moliyaviy resurslardan foydalanish yo‘llarini takomillashtirish va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida, 
OTMlarning byudjetdan tashqari mavjud moliyaviy resurslarining samaradorligini oshirish muhim masalalardan 
biri bo‘lib qolmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, OTMlarda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ish-
lar, xizmatlar) davlat xaridlarida ba’zi imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Jumladan,

byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
shartnoma imzolanishiga ruxsat berishi;

yagona yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish;

byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qilinadigan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha ten-
der savdolari bo‘yicha e’lon muddatini 10 kungacha qisqartirish.
Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi OTMlarda mavjud byudjetdan tashqari moliyaviy resurslar sa-
maradorligini oshirishga va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi degan fikrdamiz.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin