Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha cho-
ra-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4812-son Qarori.
2. Трансформация системы государственных закупок в российской экономике: Автореф. дисс. док. экон. наук. –
М.: 2009. – 56 с.
3. Бордунова С.А. Право и экономика, 2009. – N 1.
4. https://cbu.uz/ru/arkhiv-kursov-valyut/
5. Гущин А.Ю. Определение эффективности и способы её оценки в системе государственного заказа // Фунда-
ментальные исследования. – 2012. – № 9–1. – С. 204–208; URL: http:// www.fundamental-research.ru/ru/article
6. Burxonov U., Atamuradov T. Davlat xaridi. –T. : “Fan va texnologiya”. 2012.- 152b.
7. www.lex.uz milliy qonunchilik bazasi
8. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kom-munikatsiyalar universitetining
hisobot ma’lumotlari.
9. https://www.mf.uz/uz
151
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
O‘ZBEKISTONDA SANOAT
KOOPERATSIYASI ASOSIDA
TAYYOR MAHSULOTLAR
ISHLAB CHIQARISHNI
MAHALLIYLASHTIRISH
JARAYONLARI TAHLILI
Egamberiyev Shuxrat Satimbayevich
i.f.f.d.(PhD), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dekan muovini
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimiz sanoat tarmoqlari rentabelligi va mahalliylashtirish jarayonlarining hozirgi
holati tahlili, sanoat korxonalarining rentabelligini oshirishga mahalliylashtirishning ta’siri, sanoat kooperatsiyasi asosi-
da tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari holati, “O‘zavtosanoat” AJning mahalliylashtirish
doirasidagi kooperatsion aloqalari berilib, ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
sanoat, kooperatsiya, “O‘zavtosanoat” AJ, mahsulot, mahaliylashtirish, sifat.
Аннотация:
В данной статье проводится анализ рентабельности отраслей промышленности и современного
состояния процессов локализации в нашей стране, влияние локализации на повышение рентабельности про-
мышленных предприятий, состояние процессов локализации производства готовой продукции на основе произ-
водственной кооперации. , кооперационные отношения АК “Узавтосаноат” в рамках локализации, даны научно-
тео ретические и практически важные выводы.
Ключевые слова:
промышленность, кооперация, АК “Узавтосаноат”, продукт, локализация, качество.
Abstract:
This article provides an analysis of the profitability of industrial sectors and the current state of localization
processes in our country, the impact of localization on increasing the profitability of industrial enterprises, the state of
localization processes of the production of finished products based on industrial cooperation, the cooperative relations of
JSC “Uzavtosanoat” within the scope of localization, scientific-theoretical and practical important conclusions are given.
Key words:
industry, cooperation, “Uzavtosanoat” JSC, product, localization, quality.
1 . K I R I S H
Iqtisodiyotning yetakchi sohasi bo‘lgan sanoatda ro‘y beradigan barcha hodisa va o‘zgarishlarni tadqiq
etish anchagina murakkab jarayondir. U jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o‘tishni,
ya’ni haqiqatni bilishning, obyektiv reallikni tan olishning dialektik yo‘lidan foydalanishni taqozo etadi. Bunday
uslubiy yondashish sanoat, uning tarmoqlari hamda korxonalarida ro‘y beradigan hodisalar, voqeliklar va iqti-
sodiy jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini, ularning uzluksiz harakati, taraqqiyot va o‘zgarishi, miqdor ko‘rsatkich-
dan sifat ko‘rsatkichga o‘tishi, makon va zamonda rivojlanishini anglab olishga yordam beradi.
[1]
Respublikamizning viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish hisobiga hududlarni barqaror rivojlantirishga
erishish, aholi bandligini ustuvor ta’minlash, barcha mavjud resurslar salohiyatidan oqilona foydalanish dol-
zarb masala hisoblanadi. Maqsadga erishishning asosiy yo‘nalishlaridan biri mamlakatimiz hududlarida ishlab
chiqarishni mahalliylashtirishni yanada keng joriy qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish mav-
judlarini samarali faoliyat olib borishini ta’minlashdan iborat.
2 . M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R N I N G TA H L I L I
Iqtisodiyotni global rivojlantirish va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro ko‘chishi, “ishlab chiqarishni ma-
halliylashtirish”, “mahalliy mahsulot” masalalari xorijiy olimlardan: I. Tyunen, V. Laundxardt, A. Veber, A. Lyosh,
V. Kristaller, D. Markusen, J. Danning, S. Tauer, D. Chikuair, K. Bexrens, S. Gayjn, G. Ottaviano O. Kalemli,
B. Sorenson, O. Yosha, P. Krugman, G. Mullig, S. Shimid va boshqalarning asarlarida tadqiq etilgan.
MDH olimlaridan: A. Vazyanskiy, P. Kovalev, A. Medved, V. Kondratyeyev, Y. Nikinov, B. Smitenko, V. Nos-
nelov, N. Vaщyekin, M. Muntyan, A. Ursul, V. Kolesov, Y. Shishkov, E. Kochetov, V. Zubenko, V. Bandurin
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
152
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
va boshqalar globallashuvning makroiqtisodiy jihatlarini alohida tadqiq etishgan va mahalliylashtirishga import
o‘rnini bosish, investitsiyalar jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish omili sifatida ilmiy yondashganlar.
O‘zbekistonda esa globallashuv va mahalliylashtirishning nazariy va uslubiy asoslari mahalliy olimlari-
mizdan: S. Gʻulomov, Q. Abdurahmanov, T. Ahmedov, A. Bekmuradov, B. Salimov, M. Tursunxodjayev, N. Hay-
darov, A. Burxanov, N. Xoshimova, N. Maxmudov, B. Berkinov, F. Egamberdiyev, Sh. Mustafakulov, Z. Xusanov
va boshqalarning asarlarida keng yoritilgan.
Yuqoridagi mualliflarning ilmiy ishlarida sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish-
ni mahalliylashtirish asoslarini o‘rganishga yetarli darajada e’tibor berilmagan. Shu sababli, iqtisodiyotning eng
muhim tarmoqlaridan hisoblangan sanoat tarmoqlarida mahalliylashtirishdan samarali foydalanishning tash-
kiliy-iqtisodiy asoslarini chuqur o‘rganish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
3 . TA H L I L VA N A T I J A L A R
Ma’lumki, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari bo‘yicha O‘zbekiston boy tajribaga ega davlat hi-
soblanadi. Xususan, mamlakatimizda 2000-yildan boshlab mahalliylashtirish jarayonlari keng qamrovda amal-
ga oshirilib kelinayotgani va maqsadli dasturlar qabul qilinayotganligining o‘zi ushbu sohaning milliy iqtisodiyot-
da naqadar muhim o‘rin tutishini anglatadi.
Mahalliylashtirishning zamonaviy konsepsiyasi ishlab chiqarilgan mahsulotlarni nafaqat ichki, shuningdek,
tashqi bozorda raqobatdoshligini oshirishni ko‘zda tutadi. Chunki bu borada mamlakatda amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi xorijiy davlatlarga xom ashyo emas, balki yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor
mahsulotlar eksport qilishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Zamonaviy mahalliylashtirishning asosiy yo‘nalishi – bu xom ashyoga yo‘naltirilgan emas, balki xom ash-
yoni chuqur qayta ishlovchi, yuqori texnologik sanoat sektorlarini rivojlantirishdir.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlari amalga oshirilayotgan hududda quyidagi ijobiy ko‘rsat-
kichlar kuzatiladi:
A) Ishlab chiqarish mahalliylashtirilgan joy obro‘-e’tibor qozona boshlaydi. Xususan:
●
ishchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsatishga harakat qiladi;
●
ishlab chiqarishni yaxshi o‘zlashtirganlar esa hukumatning imtiyozlaridan foydalanib o‘zining biznesini
boshlash harakatiga tushadilar.
B) Malakalilar mehnati. Ya’ni:
●
mahalliylashtirish aniq kasblarni ixtisoslashishiga olib keladi;
●
mutaxassislar mahalliylashtirilayotgan joyga jamlanib boradi;
●
mahalliy aholi ham asta-sekinlik bilan mutaxassislar tomonidan yangi kasblarga o‘qitilib (tayyorlab) bo-
riladi.
C) Son va sifatning o‘sishi:
●
sanoat jalb etilgan hududda boshqa sanoat ishlab chiqarish obyektlarining ham jalb etilib borishini ko‘rish
mumkin:
●
bank va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi muassasalar o‘z filiallarini sanoat jalb etilgan hudud-
da ham ochadilar;
●
temiryo‘l va yuk tashuvchi korxonalar o‘z xizmatlarini mazkur hudud uchun maxsus xizmatlarini taqdim
etish uchun harakat qiladilar.
D) Mahalliylashtirish zanjiri:
●
mahalliylashtirish joriy etilgan joylarda sanoatning qo‘shimcha tarmoqlari, mahsulot ishlab chiqarishdagi
inventar, asbob-uskunalarni ishlab chiqarish ham kengayib boradi. Bu mahalliylashtirish zanjiri deb ata-
ladi.
E) Muammolarni birgalikda hal etish:
●
mahalliylashtirish jarayonida hamma ishtirokchilar bir maqsad uchun birlashadilar;
●
ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy muammo paydo bo‘ladigan bo‘lsa mahalliylashtirishda uyushgan jamoa bir-
galikda harakat qiladi.
153
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Aksariyat xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda esa mahalliylashtirishga davlat tomonidan ichki bozorni xorijiy ish-
lab chiqaruvchilardan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish jarayoni sifatida qaralgan va qattiq tanqid
ostiga olingan.
Lekin bugungi kunda deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyotida ishlab chiqarishni mahal-
liylashtirish jarayonlarini kuzatish mumkin. Bunga yalpi ichki mahsulotining hajmi bo‘yicha dunyoda ikkinchi
o‘rinda turuvchi Xitoy xalq respublikasi misol bo‘la oladi.
Shuningdek, mamlakatimizda ham mahalliylashtirish jarayonlarini izchil amalga oshirilib kelinishi natijasida
19 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilib, hududlarda aholining bandlik darajasini ortishiga o‘zining munosib hissasini
qo‘shdi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida albatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardosh-
ligini oshirish masalasi turadi. Shu sababli, Respublikamiz sanoatini yetakchi tarmoqlarida mahalliylashtirish
jarayonlarini jadal sur’atlarda amalga oshirish bo‘yicha barcha viloyatlarda maqsadli “yo‘l xaritalari” ishlab
chiqilib, amaliy loyihalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi keyingi yillarda yuqori
sur’atlarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2017-yilda 9,9 trillion so‘mlik
mahsulot ishlab chiqarilgan.
Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2006–2017-yillarda o‘rtacha 26,8 foizga to‘g‘ri kel-
gan. Dinamikasiga e’tibor qaratilganda 2013-yildagi ko‘rsatkichlarga 2017-yilda ham yetmagan (1-rasm).
Sanoat tarmoqlarida uskuna va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
2014-yildan boshlab tashabbus va amaliy harakatlar o‘zining ijobiy natijalarini bermagan.
1-rasm:
O‘zbekiston Respublikasida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mlrd so‘m
[2]
Respublikada 2005-yilda mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmida Andijon viloyatining hissa-
si 67,78 foiz, Toshkent shahrining hissasi esa 23,45 foizni tashkil etgan. Ushbu holat mahalliylashtirilgan mah-
sulotlar ishlab chiqarish asosan yirik sanoat majmualari to‘plangan hududlarga to‘g‘ri kelgan. Ushbu tendensiya
2010-yilgacha davom etgan va Andijon viloyatida “JM Uzbekistan” qo‘shma korxonasiga mahsulot yetkazib be-
ruvchi qariyb 200 ga yaqin korxonalar faoliyat olib borgan. Viloyatda yengil avtomobillarning uskuna va jihozla-
rini modernizatsiya qilish, yengil avtomobillar qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yangi modeldagi
avtomobillar uchun interyer, shtamplangan, payvandlangan panellar, radiator, konditsioner tizimlari, o‘rindiqlar,
ovoz so‘ndirgich tizimi qismlari, gaz chiqarish tizimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi hamda 2017-yilda avto-
mobillar ishlab chiqarish hajmini ortishi natijalari Andijon viloyatining mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqa-
rishdagi salmog‘ini 2015-yildagi 2,7 foizdan 2017-yilda 8,9 foizga oshirgan. Shuningdek, yangi tashkil etilgan
mahalliylashtirilgan korxonalarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xarajatlar tizimi,
mahsulot tannarxi, narxlarning shakllanishi, foyda va rentabellik, moliyalash va kreditlash masalalari bo‘yicha
ijobiy natijalar berishi bosh maqsadlar sifatida belgilab berilgan.
[3]
Viloyatda “JM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida avtomobillar ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi
esa 2015-yildan boshlab Andijon viloyatining mahalliylashtirilgan mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3,7 foiz-
ga tushib ketishi va respublikaning mahalliylashtirilgan mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini keskin kamayishini
yuzaga chiqargan. 2017-yilgi holatga ko‘ra, Respublikada mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishning
86,8 foizi 4 ta viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon viloyati, Toshkent viloyati, Toshkent sh.) hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda (1-jadval).
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
154
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
1-jadval:
O‘zbekiston Respublikasida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmida viloyatlar salmog‘i,
foizda
[2]
Dostları ilə paylaş: |