Adabiyotlar:
1. Abdurahim Ortiqov. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti,
Toshkent 2009 , TDIU–239 b.( http://uz.denemetr.com/docs/769/index–109728–1.html)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
3. http://uza.uz/oz/politics/andizhon-viloyati-izhtimoiy-i-tisodiy-tara-iyetining-yangi-b–05–06–2017
4. Sh. Nazarov. Eksportni kengaytirishning muhim sharti. http://xs.uz/uzkr/post/eksportni-kengajtirishning-muhim-sharti.
2018-yil 12-mart.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
158
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
AHOLINING TADBIRKORLIK
FAOLLIGINI OSHIRISHDA
OILAVIY TADBIRKORLIKNING
ROLI
Xudayarova Maftuna Shavkatovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tayanch
doktoranti.
Annotatsiya:
Maqolada aholining tadbirkorlik faolligini oshirish va bunda oilaviy tadbirkorlikning roli hamda bu sohada
qator omillarning o‘zaro ta’siri natijasida bir-birini to‘ldiradigan bir butun tizimning vujudga kelishi sinergetik yondashuv
asosida tadqiq qilingan. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni huquqiy asoslar doirasida qo‘llab-quvvatlash, ularning mahal-
lalar tizimidagi rolini oshirish hamda hal etilishi zarur bo‘lgan qator masalalarni oz sonli dominant yechimlarga keltirib olish
bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar taklif qilingan.
Kalit so‘zlar:
tadbirkorlik, aholining tadbirkorlik faolligi, oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish, metodologiya, “Sinergetika”,
sinergetik yondashuv, o‘zini o‘zi tashkil etish, bozor munosabatlari, uy xo‘jaligi.
Аннотация:
В статье исследуются повышение предпринимательской активности населения и уникальные харак-
теристики семейного предпринимательства и создание целостной системы, дополняющие друг друга в результате
взаимодействия ряда факторов в этой сфере на основе синергетического подхода. Также были предложены науч-
но-практические рекомендации по поддержке семейного бизнеса в рамках правового поля, повышению его роли в
системе соседства, а также доведению ряда вопросов, требующих несколько доминирующих решений.
Ключевые слова:
предпринимательство, предпринимательская активность населения, семейное предпринима-
тельство, оказание услуг, методология, “Синергетика”, синергетический подход, самоорганизация, рыночные от-
ношения, домашнее хозяйство.
Abstract:
The article examines the increase of entrepreneurial activity of the population and the creation of a whole sys-
tem that complemens each other as a result of the interaction of a number of factors in this area and the specific charac-
teristics of family entrepreneurship are researched based on a synergistic approach. Also, scientific and practical recom-
mendations were offered to support family business within the framework of legal frameworks, to increase their role in the
neighborhood system, and to bring a number of issues that need to be resolved to a small number of dominant solutions.
Key words:
entrepreneurship, entrepreneurial activity of the population, family entrepreneurship, service provision, meth-
odology, “Synergetics”, synergetic approach, self-organization, market relations, household.
K I R I S H
Bugungi kunda davlatimizda har bir oilada tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning o‘z–o‘zini ish bilan bandligi
va farovonligini ta’minlash dolzarb masala hisoblanadi. Buning natijasida ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar
o‘z yechimini topib, davlatning tartibga solish bo‘yicha funksiyalarini ham sezilarli darajada qisqarilishiga olib
keladi.
Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi bir necha yo‘nal-
ishlardan tarkib topgan bo‘lsada, uni amalga oshirishning tezkor mexanizmlari va o‘ziga xos yondashuvlarini
qo‘llash zarurati sezilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda omillar o‘zaro ta’sirda va bog‘liqlikda bo‘lishi, har bir xo‘jalik yuritu-
vchi subyekt o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun o‘zini o‘zi moliyalashtirishi, kooperativ harakat qilishga inti-
layotgan subektlarning o‘zaro hamkorligi, ishlab chiqarish yoki xizmat sohasida faoliyat yuritayotgan va faoliyat
ko‘llamini kengaytirish maqsadida bir-birini to‘ldiradigan oilaviy korxonalar, birgalikda harakat qilish natijasida
o‘z-o‘zini tashkillashtirib bir butun tizimning vujudga keltirishi kabi jarayonlar sohada o‘zini o‘zi tashkillashtirish
imkoni mavjudligini ko‘rsatadi.
Bunday murakkab tizimlarni chuqur o‘rganish va tahlil kilish endilikda noan’anaviy metodologik konsepsi-
yalar, masalaga o‘zgacha yondoshish tamoyillarini kashf etish zaruratini taqozo etmoqda. Boshqacha aytgan-
da, o‘rganilayotgan muammoga qanday yondashish yo‘lini qo‘llash metodologiyasi zarur.
159
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Sinergetika tushunchasi (yunoncha “synergetikos” – “hamkorlik”, “hamdo‘stlik”, “birgalikda harakat”)
ma’nolarini anglatadi
1
. G. Xaken o‘zining “Sinergetika” nomli kitobida bu terminni ma’nosining ikki jihatini ajratib
ko‘rsatadi. Birinchidan, birikishga, kooperativ harakat qilishga intilayotgan elementlarning o‘zaro hamkorligi,
birgalikda harakat qilish natijasida o‘z-o‘zini tashkillashtirib bir butun tizimning vujudga kelishi, ikkinchidan, turli
fan sohalarida faoliyat yurituvchi olimlarning hamkorligi, birgalikdagi faoliyati tushuniladi
2
. Ushbu tadqiqot ishida
har ikkala yondashuv prinsiplariga asoslanib ish ko‘riladi.
B. To‘rayevning jamoaviy monografiyasida sinergetika tushunchasiga murakkab sistema sifatida qara-
lib, unga quyidagicha ta’rif beradi. Sinergetika – murakkablik, murakkab sistemalarning hamkorlikdagi o‘zi-
ni–o‘zi rivojlantirishi haqidagi fan
3
. Shuningdek, mualliflar “murakkablik” tushunchasini izohlab, murakkablikning
murakkabligi uning ko‘p komponentli ekanligida va undagi aloqadorliklarning ko‘p tarmoqqa tarmoqlanib ket-
ganligidadir deb ta’kidlaydi.
Sinergetikaga oid ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sinergetika atamasi dastlab fizik va biolog olimlar
tadqiqotlarida kuzatilib ilmiy muomallaga kiritilgan. Bugungi kunda sinergetika tabiiy-ilmiy bilimlar chegarasidan
chiqib, iqtisodiy bilimlar sohasiga ham shiddat bilan kirib bormoqda. Bunday qarashlar bozor iqtisodiyoti nazari-
yasini tushuntirishda o‘zining yorqin ifodasini topmoqda.
Sinergetikani ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga tadbiq qilishda A. Smit keyinchalik K. Marks qarashlaridagi “koo-
peratsiya” (lotincha-hamkorlik, hamdo‘stlik) tushunchasida ham o‘z ifodasini topgan
4
. Bunday qarashlar iqti-
sodiy tizimlarning rivojlanishi kooperatsiyalashuvga asoslanishi yoki sinergetika qonuniyatlariga bo‘ysunishini
namoyon etadi. Chunki, bozor munosabatlariga ko‘ra, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini amalga
oshirishi uchun o‘zini o‘zi moliyalashtirishi va ishlab chiqarishda hamkorlikni ta’minlashi zarur. Bu esa bozor
iqtisodiyotining tabiiy sharti bo‘lib, buning natijasida iqtisodiy rivojlanishning barqaror tizimi vujudga keladi.
Sinergetika g‘oyalaridan turli iqtisodiy tizimlar kabi uy xo‘jaligini tadqiq etish sohasida ham muvafaqiyatli
qo‘llab yuqori iqtisodiy samaraga erishish mumkin. Xususan, bu borada davlat resurslaridan foydalanilmagan
holda iqtisodiy o‘sish manbalarini aniqlashda turlicha yondashuvlar aniqlangan
5
. Bu asosiy g‘oya uy xo‘jalikla-
rining mol-mulkini ko‘paytirish va sarmoya yig‘ish bo‘yicha imkoniyatlarini baholash asosida oila farovonligini
belgilovchi omillarni o‘z-o‘zidan izlab topishga imkon beradi. Bu sinergetikaning o‘zini o‘zi tashkillashtirish xus-
usiyatini namoyon etadi.
BMTning mashhur hujjatlarida qayd etilishicha, qashshoqlikka qarshi kurashish, kichik tadbirkorlikni rivo-
jlantirishda maqsadli moliyaviy yordam ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi
6
. Bu yordam ijtimoiy ishlab chiqarish
infratuzilmasiga, oilaviy va kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan.
Bu konsepsiyaning sinergetik mohiyati shuni ifoda etadiki, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuv-
chi barcha infratuzilma obyektlarining o‘zaro birikishi, hamkorligi va birgalikdagi harakati natijasida ko‘zlangan
maqsadga erishilib, bir butun tizimni hosil qiladi. Bu esa sinergetikaning “hamkorlik” va “birgalikda harakat”
prinsiplarining amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi.
F. Mamatov kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimiga sinergetik yondoshib, unga quyidagicha izoh bera-
di: “sinergetikaning asosiy vazifasi “boshqarishsiz” boshqarishga erishishdir, ya’ni kichik rezonans harakatlar
yordamida tizimni inson uchun qulay bo‘lgan rivojlanish yo‘liga olib chiqish, ijtimoiy tizimlarni tashkil etish yoki
qayta tashkil etish zaruriyati bo‘lmasada, ularni o‘zini o‘zi rivojlanish yo‘nalishlariga olib chiqishdan iborat”
7
, deb
ta’kidlaydi.
Iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohasini sinergetik yondashuv asosida talqin qilishga bag‘ishlangan ishlar
ham diqqatga sazovor. Bu yo‘nalishda O. Pardayevning fikricha sinergetika deganda, ma’lum bir faoliyatda
yuqori ijobiy natijaga erishish maqsadida manfaatdor subyektlarning kuch va imkoniyatlarini birlashtirgan holda
o‘zaro hamkorlikdagi aniq tizimli harakat tushuniladi
8
.
S. Tashnazarovning mulohazalariga ko‘ra, xizmatlar sohasida kechadigan jarayonlarda aks etadigan alo-
hida qismlarning o‘zaro ta’siri, o‘zaro muvofiqlashuvi, tizimda yangi sifat ko‘rsatkichlarining paydo bo‘lishi, maz-
1
Bozorov D. Sinergetik paradigma. Monografiya. “Tafakkur” nashriyoti. – T. : 2010.
2
Xaken G. Sinergetika. – M. : Mir, 1980. 404 s.
3
To‘rayev B. O., Ergasheva M. X., Raxmonov B. U., Mo‘minova Z. O., Ochilov J. Sinergetika: mohiyati, qonuniyatlari va amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2017, 12–13 bet.
4
To‘rayev B. O., Ergasheva M. X., Raxmonov B. U., Mo‘minova Z. O., Ochilov J. Sinergetika: mohiyati, qonuniyatlari va amaliyotda
namoyon bo‘lishi. Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2017, 12–13 bet.
5
Ernando De Soto. Kapital jumbog‘i. Nega g‘arbda g‘alaba qozongan kapitalizm dunyoning boshka joylarida mag‘lubiyatga uchrayab-
ti? М.: “Бизнес-Олимп”. 2001й.; 12 ключей к успеху в семейном бизнесе. http://www.openbusiness.ru/html_sovet/family/htm
6
Materialы seminara po voprosam innovatsionnoy kulturы. YuNESKO. Parij, 28fevral–1mart 2002-y.
7
Mamatov F. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash tizimini sinergetik yondashuv asosida takomillashtirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy
darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. – T., 2012.
8
Pardayev O. M. Mahsulotlarni saqlab sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari. -T. : “Fan va
texnologiya”, 2017, 141 b.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
160
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
kur iqtisodiy tizimni rivojlanishida o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlarini yaxlit ravishda o‘rganish sinergetik
yondashuvni namoyon qiladi
9
.
Mazkur keltirib o‘tilgan ishlarda turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda o‘zini o‘zi tashkil etish, nochiziqlik, mu-
vozanatsizlik, “xaos orqali tartib”ning paydo bo‘lishi va bifurkatsiya o‘zgarishlari kabi jarayonlarni o‘rganish bilan
bog‘liq yangi dunyoqarashlar tadqiq etilgan. Lekin, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishda
sinergetika tamoyillarining namoyon bo‘lish xususiyatlari tadqiqot obyekti va predmeti sifatida qaralmagan.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Oilaviy tadbirkorlikga sinergetik nuqtayi nazaridan yondashilib, uning o‘zini o‘zi tashkillashtirish xususi-
yatlarining mavjudligi va murakkab ochiq tizimga xosligi asoslandi. Shu bois o‘rganilayotgan obyektga (tizim)
sinergetika metodologiyasini qo‘llash mumkin. “Voqelikda ro‘y beruvchi keskin, xalokatli o‘zgarishlar, nochiziq-
li rivojlanish jarayonlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan metodologiyaga sinergetikani misol sifatida ko‘rsatish
mumkin”
10
. Bugungi kunda sinergetika metodologiyasi olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli
portlashlar, nochiziqli o‘zgarish jarayonlarining mohiyatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy
asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini o‘tamoqda
11
.
Muammolarni bartaraf etishga yangi ilm sohasi sifatidagi sinergetik yondashuv prinsiplari oilaviy tadbirkor-
likni tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etib, uning metodologik imkoniyatlaridan (ochiq tizim, nochiziqlilik,
bifurkatsiya, tartib va xaos, fraktal, muqobillik, o‘zini o‘zi tashkillashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish va b.) keng
foydalanish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Sinergetika metodlarini tadbirkorlik sohasida qo‘llanishi uning met-
odologiyasi rivojiga katta hissa qo‘shib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish jarayonining ham “siner-
getikligi”, ya’ni, o‘zini o‘zi tashkil etish xususiyati to‘g‘risidagi g‘oyalarni isbotlaydi.
So‘ngi yillarda aholining o‘z-o‘zini ish bilan band etishning samarali usuli sifatida oilaviy tadbirkorlikning
turli shakllarini rivojlantirishga va qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari mustaxkamlandi. Jumladan, “Oilaviy
tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “Tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlik sub-
yektlariga bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi kreditlari hisobidn mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi va
“Kasanachilik to‘g‘risida Nizom”lar qabul qilindi.
Ushbu hujjatlarda “kooperatsiya”, “ko‘maklashish”, “shartnoma”, “kafolat” va “o‘zini o‘zi boshqarish” tus-
hunchalari ko‘p-marta qo‘llanilgan. Bu tushunchalar sinergetik yondashuv metodologiyasida qo‘llaniladigan
muhim kategoriyalar sifatida oilaviy tadbirkorlikni huquqiy qo‘llab-quvvatlashning sinergetik manzarasini ifoda
etib, u har tomonlama ko‘maklashuvga moyil ochik tizim ekanligini ko‘rsatadi.
Sinergetika – o‘zini o‘zi boshqaruvchi tizimlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini ma’lum bir yo‘nal-
ishda birlashtirishga ham xizmat qiladi. Yoki sinergetika murakkab tizimlarni, o‘zini o‘zi tashkil etish hodisal-
arini o‘rganayotgan bilim sohalariga taluqli bo‘lgan, universal metodologik paradigma bo‘lib, o‘rganilayotgan
predmet va obyektga yagona fanlararo yondashuvni namoyon etadi. Uning bu jihatidan tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadqiqot natijalarini umumlashtirishda foydalanildi. Bu esa, “oilaviy tadbirkorli-
kning barqaror faoliyat ko‘rsatishi ko‘p jihatdan ajratilayotgan kriditlar salmog‘iga bog‘liq” degan gipotezani
asoslashda qo‘l keldi. Shunday ekan, bu borada D. Murodovaning
12
tadqiqotlariga asoslangan holda, moliyaviy
ko‘makga muhtoj bo‘lgan oilaviy tadbirkorlarni uch guruhga ajratgan holda qo‘llab-quvvatlash mumkin. Bular:
Birinchi guruhga, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarga boshlang‘ich kapitalni shakllanti-
rish uchun eng kam foizli mikrokreditlarni (20–25 mln. so‘mgacha)
13
ajratish va huquqiy maslahat xizmatlarini
ko‘rsatish.
Ikkinchi guruh, asosan bozor talabiga muvofiq keluvchi yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan
oilaviy tadbirkorlar bo‘lib, ularga o‘z faoliyatini boshlash uchun zarur bo‘lgan bino va asbob-uskunalar ijarasi
uchun bank kreditlarini ajratish.
Uchinchi guruhga esa, o‘z faoliyatida yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlay olgan, kredit ta’minoti uchun
yetarli mol-mulkga ega bo‘lgan oilaviy tadbirkorlarni iqtisodiyotning bir nechta sohasi hamda turli mamlakatlar
bozorlarida diversifikatsiyalashuviga ko‘maklashish lozim.
Bunday chora-tadbirlarning amalda qo‘llanilishi, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining bank kreditlarini o‘z vaq-
tida qaytarishiga va tashqi bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilib, milliy iqtisodiyot uchun
yuqori ijtimoiy va iqtisodiy hamda sinergetik samarani ta’minlaydi.
9
Tashnazarov S. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlanishida sinergetik yondashuvning namoyon bo‘lish xususiyatlari.// “Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5,-sentyabr-oktyabr, 2016-yil. (www.iqtisodiyot.uz).
10 https://qomus.info/encyclopedia/cat-m/metodologiya-uz/
11 O‘sha manba;
12 Муродова Д. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни микрокредитлаш механизмини такомиллаштириш йуналишлари.
Стратегия дальнейшего повышения конкурентоспособностьи национальной экономики: материалы IV-го Форума экономистов
(часть II) / –Ташкент: ПРООН, ИПМИ, 2012.–198 с.
13 Samarqand viloyati Narpay tumani Yangiqo‘rg‘on QFYda o‘tkazilgan so‘rov natijalari, muallif tomonidan o‘tkazildi.
161
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimida “hamkorlik – birlik – hamjihatlik” tamoyillarini
ifoda etuvchi klasterlarni tashkil etish, ular raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz-
ningcha, oilaviy tadbirkorlik klasteri deganda, geografik jihatdan qulay va yaqin bo‘lgan, ishlab chiqarish yoki
xizmat sohasida faoliyat yuritayotgan va faoliyat ko‘llamini kengaytirish maqsadida bir-birini to‘ldiradigan oilaviy
korxonalar guruhi tushuniladi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Sinergetik yondashuv jihatidan oilaviy tadbirkorlikni nafaqat huquqiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, balki
o‘zini o‘zi tashkil etish va rivojlantirishiga ham e’tibor beriladi. O‘zini o‘zi tashkil etish mexanizmlari sinergeti-
kaning predmeti hisoblanadi. Buni oilaviy tadbirkorlikning o‘zini o‘zi tashkil etish xususiyatlarida ko‘rish mumkin
(1.1-rasmga qarang).
Dostları ilə paylaş: |