Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Sinergetika tushun-
chalari
Oilaviy tadbirkorlikni tadqiq etishda qo‘llanishi
“Ochiq tizim”
Oilaviy tadbirkorlik – ochiq tizim sifatida
“Tizim elementlari”
Oilaviy tadbirkorlik o‘ziga xos tizim sifatida uning barcha tashkil etuvchi elementlari (kapitali, 
mulki, a’zolari) o‘zaro ta’sirda va bog‘liqlikda bo‘lishi
“Tizim tasnifi”
“Oila – mulk – tadbirkorlik” kichik tizimlarining muayan maqsad sari birikishi oilaviy tadbirkorli-
kning tizim sifatidagi tasnifini ifoda etadi
“Bifurkatsiya nuqtalari”
Bifurkatsiya nuqtasi ‒ oilaviy tadbirkorlikda miqdor va sifat o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha 
chora-tadbirlarni qo‘llash orqali rivojlanishning yangi o‘sish nuqtalarini aniqlashdir.
“Sinergetik yondashuv”
Sinergetika – murakkab tizimlarning rivojlanishi va o‘zini o‘zi tashkil etish prinsirlarini aniqlash-
ga qaratilgan yondashuv bo‘lib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda ulkan nazariy va amaliy 
ahamiyat kasb etadi. Chunki oilaviy tadbirkorlikni rivojlanish qonuniyatlari va o‘ziga xos omillari 
bu tizimga sinergetik yondashuvni zarurat etadi.
“Sinergetika 
metodologiyasi”
Oilaviy tadbirkorlik – murakkab ochiq sistemaga xosligi va uning o‘z-o‘zini tashkillashtirish xu-
susiyatlarining mavjudligi bois unga sinergetika metodologiyasini qo‘llash mumkin. Sinergetika 
metodologiyasi – oilaviy tadbirkorlik sohasidagi murakkab muammolarni tadqiq etish va bu 
jarayonlarning mohiyatini ilmiy asoslashda uslubiy qurol vazifasini o‘taydi.
Sinergetik boshqarish 
instrumentlari
Kooperatsiya, ko‘maklashish, hamkorlik, birgalikda harakat, shartnoma, kafolat ‒ oilaviy tad-
birkorlikni sinergetik boshqarish instrumentlaridir.
“Sinergetik samara”
Yaxlitlik o‘z qismlari yig‘indisidan katta (1+1=3). Yoki, tizim elementlarining alohida faoliya-
ti natijasidan ularning birgalikda, hamjihatlikda ishlashi samarasi yuqori bo‘ladi. Shu asnoda 
oilaviy tadbirkorlikda oila va uning kapital-mulki organik ravishda bog‘liq harakatlanishi siner-
getik samara beradi.
Manba: muallif tomonidan tuzilgan
Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga sinergetik yondashuv tamoyillarini qo‘llash asosida quyidagi xu-
losalarga kelindi:

oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimi sinergetik yondashuvni talab etib, uning samarali amal qili-
shi “kooperatsiya”, “ko‘maklashish”, “hamkorlikda”, “birgalikda”, “hamjihatlikda harakat”, “o‘z-o‘zini bosh-
qarish”, “o‘z-o‘zini tashkillashtirish” va “o‘zaro ta’sir” kabi mexanizmlarga asoslanadi;

oilaviy tadbirkorlikni rivojlanishida sinergetika metodologiyasining muhim xususiyati shundaki, u tashqi 
omillar ta’sirisiz o‘zini o‘zi tashkillashi asosida o‘z imkoniyatlarini rivojlantirishning bifurkatsiya nuqta-
larida keyingi taraqqiyoti uchun imkoniyatlarni qidirish zarurligini ko‘rsatadi. Tizimning beqaror faoliyat 
ko‘rsatishi natijasida uning yangi sifat bosqichiga o‘tishiga imkon izlashi bifurkatsiya jarayonini namoyon 
etadi. O‘rganilayotgan tizimda bu holat ko‘p jihatdan moliyaviy omillarga bog‘liq bo‘lib, “oilaviy tadbirkorlik 
– moliya institutlari”ning o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Buning natijasida tizim 
keyingi bifurkatsiya nuqtasigacha ilgarilanma rivojlanishini davom ettiradi;

har bir oilada tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning o‘z-o‘zini ish bilan bandligi va farovonligini ta’minlay-
di. Buning natijasida ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘z yechimini topib, davlatning tartibga sol-
ish bo‘yicha funksiyalarini ham sezilarli darajada qisqarilishiga olib keladi. Bu jarayonlar sinergetikaning 
“o‘z–o‘zini tashkillashtirish” va “o‘zaro ta’sir” xususiyatlarining amaliy ifodasini namoyon etadi;


163
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS

oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab–quvvatlashda ular manfaatini himoya qiluvchi uyushmalarga birlashishi va 
ishlab chiqarishni klaster asosida tashkil etish, sinergetik samarani oshiradi. Bunga “Oilaviy korxonalar 
uyushmasi” va “Oilaviy korxonalar klasteri”ni tuzish orqali erishish mumkin
15
.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin