155
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Respublikada mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksporti 2006–2017-yillar tahliliga ko‘ra eng yuqori
natija 2012-yilda kuzatilgan va uning hajmi 1030,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan. Eng past natija esa
2014–2015-yillar oralig‘iga to‘g‘ri kelgan. Mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksportining rivojlanish dinamikasiga
ko‘ra, 2014-yildan boshlab, salbiy tendensiyaning pasayishi kuzatilgan (2-rasm).
O‘zbekiston Respublikasida mahalliylashtirilgan mahsulot eksportida 2017-yilda salmoqli ulush Qoraqol-
pog‘iston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelib, jami 355,4 mll AQSH dollari yoki, 69 foizni, Andijon viloyatining
hissasi esa 76,5 mll AQSH dollori yoki, 15 foizni, Toshkent shahrining hissasi esa 39,5 mll AQSH dollori yoki, 8
foizni tashkil etgan etgan bo‘lib, boshqa viloyatlar hissasi deyarli bir foizdan ham kam.
Mamlakatning raqobatdoshligi milliy sanoatning doimiy ravishda rivojlanish hamda innovatsiyalarni ishlab
chiqarishga qodirligi bilan belgilanadi. Uning negizida to‘rtta
muhim jihat, ya’ni mehnat, tabiiy resurslar, infra-
tuzilma, bilim, kapital singari omillarga ega sharoitlar, ichki hamda tashqi talab, o‘zaro aloqador (texnologik
jihatdan biri-birini to‘ldiradigan) va ko‘makdosh tarmoqlar (tarkibiy buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar hamda
boshqalarni yetkazib berish) rivojlanganligi va ichki bozordagi raqobat (bu omil istiqbolda firmaga tashqi bo-
zorda raqobatda ustunlik beradi) yotadi. Ishlab chiqarishdagi rivojlanish omili aksariyat
hollarda import qilin-
adigan tarkibiy buyumlarni hamda yarim tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirish yo‘li bilan ta’minlanishi muhim
shart hisoblanadi. Ushbu holat esa sanoatni modernizatsiyalashning amaliy vositasi sifatida ham qo‘llanilishi va
yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha mahalliylashtirishning eng kam chegarasi mamlakatda
o‘rnatilishi belgilanishi lozim.
Mahalliylashtirish sanoat siyosatining vositasi sifatida faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarda, faqat im-
port o‘rnini qoplash maqsadidagina foydalanilmayotgani bilan bir qatorda ularda eksportni kengaytirishga qa-
ratilgan maqsadlar ham asosiy strategiya sifatida belgilanishi lozim. Jahon mamlakatlarida “2008–2009-yillar-
dagi global inqiroz sharoitida jahondagi deyarli barcha mamlakatlar yirik mahalliylashtirish dasturlarini amalga
oshirdi va natijalar ishsizlikni kamaytirish, tannarxni pasaytirish va jahon bozorlaridagi raqobatni ta’minlash
imkoniyatini berdi. Shuningdek, sanoatda yangi tarmoqlarni rivojlantirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni,
axborot
texnologiyalarini, qayta tiklanadigan energiya manbalarini yo‘lga qo‘yishga keng imkoniyatlar yaratib
berdi”.
[4]
Ushbu holatlarni inobatga olganda mahalliylashtirish shunchaki import o‘rnini qoplash siyosati emas, balki,
o‘rinlarini yaratish, chet el investitsiyalari hamda texnologiyalarini jalb qilish va qo‘shilgan qiymat global zanjiri
(tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy taqsimoti)ga kirishni ta’minlaydigan, eksport imkoniyatlarini
oshiradigan samarali mexanizm hamdir. Qo‘shilgan qiymat global zanjiriga (yoki texnologik zanjir) kirish uchun
to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish ham ana shunday vositalardan biri hisoblanadi. So‘nggi bir yarim yil
mobaynida yangi texnologiyalarni joriy qilish,
jumladan, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tka-
zish, ta’lim tizimini rivojlantirish hamda klasterlar shaklida yangi sanoat komplekslarini yaratish bo‘yicha amalga
oshirilgan siyosat aynan ushbu maqsadga qaratilishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda foydalanilayotgan mahalli-
ylashtirish dasturlari samadorligini yanada oshirishga qaratilgan maqsadli strategiyalarini belgilash, uning tash-
kiliy-iqtisodiy mexanizmini tubdan takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslanmoqda.
4 . N A T I J A L A R M U H O K A M A S I
Umuman, Respublikada sanoatini mahalliylashtirishni rivojlanishi asosan mashinasozlik, neft-kimyo, far-
masevtika, to‘qimachilik, kimyo va qora metallurgiya kabi tarmoqlar jadal o‘sishi bilan bog‘liq. Mintaqalarda sa-
noatni mahalliylashtirishni rivojlanishidagi farqlanishi asosan yirik sanoatning joylashuviga hamda boshqa ichki
omillar hisoblangan tabiiy xom ashyo, mehnat va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishda nomutanosiblikning
mavjudligi bilan ifodalanadi.
Respublika hududlarida mahalliylashtirish asosida mahsulotlar ishlab chiqarishda kichik biznes subyekt-
larining salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, shahar va tumanlarning harakatlar dasturi orqali
keskin oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Hududiy mahalliylashtirishni rag‘batlantirish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet
va iqtisodiy islohotlar
masalasi qo‘mitasining 2017-yil 21-iyundagi 05–16/661-sonli topshirig‘i ijrosi bo‘yicha kichik biznes subyektlari
bilan hududiy yirik sanoat korxonalari o‘rtasida mahalliylashtirish dasturlari asosida o‘zaro kooperatsion alo-
qalarni rivojlantirish bo‘yicha muammolar va tavsiyalar ishlab chiqilgan (2-jadval).