Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Tendensiya
Tavsifi
Integratsion tendensiyalar
Moliyaviy bozorda yirik 
texnologiya kompaniyalarining 
paydo bo‘lishi (Big tech)
Yirik texnologiya (AQShning Google, Apple, Facebook, Amazon va Microsoft, Xitoy ning 
Alibaba, Tencent, Baidu, JD, i Xiaomi) kompaniyalari moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi, 
shuningdek, kapitalning yuqori jamlanish ko‘rsatkichi va raqamli texnologiyalar sohasidagi 
yetakchilik borasida an’anaviy banklar bilan raqobatlasha oladi.
Startaplar integratsiyasi
Startaplar bilan korporativ tezlatgich (akselerator)lar yoki kichik innovatsion kompani-
yalarni sotib olish orqali o‘zaro aloqa qilish
Tizimda yirik banklarning 
yetakchiligi (O‘zbekistonda), 
banklarni birlashtirish 
(dunyoda)
So‘nggi yillarda O‘zbekiston banklar sonining o‘sishi va yirik tizimli ahamiyatga ega 
banklar bozor ulushining o‘sishi kuzatilmoqda. Banklar sonining kamayishi va yirik 
banklar nazorati ostida kapitalning jamlanishi tendensiyasi AQSh va Yevropa uchun 
ham xosdir.
Mobil-bank va internet-bank
Tegishli xizmatlarni bankning 
mobil ilovasiga integratsiya 
qilish (ekotizimni rivojlantirish)
Smartfonlarning hisoblash quvvatining o‘sishi va raqamli xizmatlarning rivojlanishi nati-
jasida qo‘shimcha bank mahsulotlari va boshqa xizmatlarni, shu jumladan, sheriklik xi-
zmatlarini sotib olish bilan bog‘liq turli funksiyalar banklarning mobil ilovalariga qo‘shila 
boshlandi. Masalan, sug‘urta, aviachiptalar, teatr yoki kino chiptalari, elektron kitoblar va 
boshqalarni sotib olish.


275
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Brokerlik xizmatlari
Koronavirus oqibatida moliyaviy bozorlarda vujudga kelgan inqirozdan keyin aholining 
aksiya va obligatsiyaga kiritgan investitsiyalari salmog‘i keskin o‘sdi. Ko‘pgina banklar bro-
kerlik xizmatlari ko‘rsatishga moslashgan mobil ilovalarini yaratdilar yoki takomillashtird-
ilar. Shu bilan birga, investitsiyalar uchun aholining savodxonlik darajasi pastligi sababli 
bir qator banklar o‘z ilovalarida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha treninglar tashkil qildilar.
Bank xizmatlaridan 
foydalanishni soddalashtirish
Mobil ilovalar va internet-banking xizmati funksional imkoniyatlarining oshishi bilan 
banklar bir qator xizmatlarni onlayn tarzda taklif qilmoqdalar. Ular orasida kiberxavfsizlik 
tahdidlari tufayli ilgari onlayn tarzda taqdim etilmagan xizmatlar mavjud. Masalan, kar-
talarning PIN-kodini o‘zgartirish, karta limitlarini o‘zgartirish, ilovaga kirishni tiklash va 
onlayn kredit olish.
Xodimlar bilan ishlash
Xodimlarni o‘qitish
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida, ularni joriy qilish va ulardan foy-
dalanishga tayyor bo‘lgan xodimlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, funksiyalari 
avtomatlashtirilishi yoki butunlay sun’iy intellekt bilan almashtirilishi mumkin bo‘lgan ish 
o‘rinlarini qisqartirish tendensiyasi mavjud. Banklar, imkoniyati mavjud vaziyatlarda, o‘z 
xodimlarini qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadilar.
Yuqori malakali kadrlar 
taqchilligi
Yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun mashina orqali o‘rganish, ma’lumotlarni 
qayta ishlash va boshqa raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali xodimlarga 
talab oshadi. Shu bilan birga, IT-mutaxassislar taqchilligi nafaqat bank sektori uchun, 
balki raqamli transformatsiya tashkilot samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mum-
kin bo‘lgan hamma sohalarga ham xosdir.
Autstaffing
IT-mutaxassislarining taqchilligi eng yirik banklarning autstaffing xizmatlardan foydal-
anishga olib keladi (tashqaridan qo‘shimcha xodimlarni jalb qilish). O‘zbekiston moli-
ya bozorida banklar pudratchilar zanjiri orqali tashqi xizmatlarni buyurtma qilishadi, bu 
muqarrar ravishda bunday IT-mutaxassisi bir soatlik ish haqining oshishiga olib keladi.
Taklif etilayotgan bank mahsulotlarini takomillashtirish
Mijozlarning ehtiyojlariga 
moslashish
Bu mobil ilovalar va sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. 
Bu tranzaksiya xarajatlarni qisqartirish va mijozlar ehtiyojini qondirish darajasini oshirish 
imkonini beradi.
Mijozlar tomonidan sun’iy 
intellekt yordamida qarorlar 
qabul qilinishini qo‘llab-
quvvatlash
Mijoz uchun investitsiya portfelini tanlash yoki kelgusi davrlar uchun xarajatlarni bashor-
at qilish uchun sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish
Yangi onlayn autentifikatsiya 
texnologiyalari
Xavfsizlikni oshirish uchun biometrik autentifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, 
shuningdek boshqa saytlarga kirish uchun bankning ilovasi orqali autentifikatsiya qilish
Virtual va qo‘shimcha reallikdan 
foydalanish (VR i AR)
Iqtisodiy harakatlarga taqlid qiladigan o‘yin va ko‘ngilochar dasturlar, kelajakdagi kvar-
tirani, ko‘rishga imkon beradigan VR-ipoteka xizmati, shuningdek, marketing aksiyalari
Chatbotlar va ovozli 
yordamchilar
Operatorni kutish vaqtining qisqarishi yoki spam qo‘ng‘iroqlariga qarshi kurashish uchun 
ovozli yordamchi
Biznes jarayonlarini optimallashtirish
Xatarlarni baholash uchun 
sun’iy intellektdan foydalanish
Kredit yoki bank kafolati berishda xavflarni aniqroq baholash uchun sun’iy intellektdan 
foydalanish, shuningdek, mijoz hujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash
Xodimlarni masofadan turib 
ishlashga o‘tkazish
Masofadan turib ishlash natijasida ofis-maydoni xarajatlarini qisqartirish va harakatchan-
likni oshirish
Bank binolaridan uzoqlashish
Xizmatlarni onlayn tarziga o‘tkazish hisobiga bank filiallari binolari va xodimlari uchun 
xarajatlarni qisqartirish
Kiberxavfsizlik
Mobil ilova yoki internet-banking orqali foydalanuvchini identifikatsiyalash natijasida yu-
zaga keladigan qo‘shimcha xatarlarga javob sifatida kiber tahdidlardan himoya qilish 
xarajatlarining oshishi
Ro‘yxatga olish texnologiyalari Ma’lumotlar bazalarining barqarorligini oshirish va kiber tahdidlardan himoya qilish 
uchun blokcheyn texnologiyalarini joriy etish
Yirik ma’lumotlar 
texnologiyalari
Ma’lumotlarni tahlil qilish va modellarni yaratishning ilg‘or usullaridan foydalanish, shun-
ingdek hisoblash quvvatining o‘sishi biznes jarayonlarining samaradorligini oshiradi.
Regulyator tomonidan 
o‘rnatilgan talablarning 
o‘zgarishini kuzatish 
texnologiyalari
Bir qator banklar jarimalar va regulyatorning boshqa sanksiyalari xavfini kamaytirish 
uchun xodimlarni regulyator talablarining o‘zgarishi to‘g‘risida xabardor qilishga imkon 
beradigan tizimlarni joriy qilmoqdalar.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
276
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin