Boshlang`ich sinflarda matematika fanining o`qitish jarayonida induksiya



Yüklə 251,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix16.09.2023
ölçüsü251,2 Kb.
#144091
  1   2   3   4   5
BOSHLANG\'ICH SINFDA MATEMATIKA O\'QITISH METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA METODLARI2



 
BOSHLANG'ICH SINFDA MATEMATIKA O'QITISH 
METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA METODLARI 
 
Reja: 
 
 
1. Induksiya, deduksiya va anologiya usullari haqida umumiy 
tushunchalar 
2.Masalalarning o’quvchilar bilim olishidagi ahamiyati 
3. Boshlang‘ich sinflarda misol va malalar yechishda Induksiya, 
deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo‘llari
Xulosa 
Foydalanilgan adabitotlar ro`yxati 
 



 
 1. Induksiya, deduksiya va analogiya usullari haqida umumiy 
tushunchalar
 
Bu uch metod yangi bilimlarni egallashning asosida yotuvchi 
xulosalarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Induksiya metodi
– bilishning shunday yo`liki, bunda o`quvchining 
fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosalarga 
olib boradi. Induktiv xulosa-xususiydan umumiyga qarab boradigan 
xulosadir. Bu metoddan foydalanib biror qonuniyatni ochish yoki 
qoidani chiqarish uchun o`qituvchi misollar, masalalar, ko`rsatmali
materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.
Boshlang`ich sinflarda induksiya metodi bilan uzviy bog`liq holda 
deduksiya metodidan ham keng foydalaniladi. Boshlang`ich sinflarning 
yangi o`qitish dasturi talablariga o`tishi munosabati bilan deduksiya
metodidan foydalanish chegaralari ancha kengaydi. 
Deduksiya metodi –
bilishning shunday yo`liki, bu yo`l
umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni olishdan
iboratdir. 
1+2=3 3-2=1 3-1=2 
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret
qoidalarga o`tishdir. 
Induktiv va deduktiv xulosalarga misol keltiramiz. Birinchi sinf
o`quvchilariga yig`indi bilan qo`shiluvchi orasidagi bog`lanishni 
tushuntirish uchun bolalarni xulosaga induktiv yo`l bilan olib kelamiz. 



Ko`rsatmalilikdan foydalanib, oldin hamma doirachalar qanchaligi
topiladi (1+2=3). 
Shundan keyin 1ta qizil doiracha surib qo`yiladi, bunda bolalar 
2ta ko`k doiracha ya’ni ikkinchi qo`shiluvchi qolishiga ishonch hosil 
qilishadi (3-1=2). Shundan keyin 3ta doirachadan 2ta ko`k doiracha
ayirilsa 1ta qizil doiracha, ya’ni birinchi qo`shiluvchi qolishiga ishonch 
hosil qiladilar (3-2=1). Shundan keyin boshqa sonlar hamda boshqa 
ko`rsatmali materiallar bilan bir qatorda shunday mashqlar bajariladi va 
bolalarning o`zlari ushbu umumiy xulosani ifodalashadi; agar
yig`indidan birinchi qo`shiluvchi ayirilsa, ikkinchi qo`shiluvchi qoladi,
agar yig`indidan ikkinchi qo`shiluvchi ayirilsa, birinchi qo`shiluvchi 
qoladi. 
Bolalar tomonidan induktiv yo`l bilan chiqarilgan xulosa 5,6,7,8,9 
sonlarini ayirish qaralayotganda deduktiv mulohazalar yuritish uchun 
foydalaniladi. O`quvchilar 7-5 ko`rinishdagi misolni yechishlari kerak 
bo`lsin. 7 sonini 5 va 2 sonlarining yig`indisi sifatida qarash 
mumkinligini eslatib o`tamiz. Agar yig`indi (7) dan qo`shiluvchilardan 
biri (5) ni ayrilsa, boshqa qo`shiluvchi (2) kelib chiqadi. Shunday qilib, 
bolalar yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganliklari 
asosida xususiy yangi bilimga ega bo`ladilar. (7-5 ko`rinishdagi misollar 
qanday yechilishini bilib oladilar). Yuqorida qaralgan induktiv xulosa 
chiqarish misolida xulosa noto`la induksiya yordamida chiqarildi. Shu 
yo`l bilan chiqarilgan xulosa har doim ham to`g`ri bo`lavermasligi 
mumkin. Masalan, yig`indi har doim qo`shiluvchilarning har biridan 
katta, degan xulosa natural sonlar qatorining hammasi uchun to`g`ri, 



sonlarning nolni ham o`z ichiga olgan kengaytirilgan qatori uchun bu 
xulosa noto`g`ri bo`ladi. Shu munosabat bilan o`qitish jarayonida 
bolalarga qanday shartlarda chiqarilgan xulosa yetarlicha isbotlanishi va 
qanday hollarda noto`g`ri bo`lib chiqishi mumkinligini ko`rsatish uchun 
birorta ham bunday holni o`tkazib yubormaslik muhim.
Shuni takidlab o`tamizki, chiqarilgan deduktiv xulosalar asosida 
yotuvchi umumiy qoidalar induktiv yo`l bilan olingan bo`lishi shart 
emas. Masalan, II sinf o`quvchilarni yangi amal – ko`paytirish amali 
bilan tanishtirayotib, o`qituvchi ko`paytirish bu bir xil qo`shiluvchilarni 
qo`shish ekanini tushuntiradi. Mazkur holda faqat deduksiya bilan ish 
ko`riladi.

Yüklə 251,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin