BOSHLANG\'ICH SINFDA MATEMATIKA O\'QITISH METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA METODLARI2
XULOSA Maktab matematika kursida xulosalar uchta turi, yani induktiv,
deduktiv va analogik xulosalar o`rganilgan.
11
Ta’rif. Ayrim yoki xususiy ma’lumotlarga tayanib umumiy xulosa chiqarish induksiya deyiladi. Induksiya uch xil bo`ladi: chala induksiya, to`la induksiya va
matematik induksiya.
Umumiy ma’lumotlarga tayanib ayrim yoki xususiy xulosa
chiqarish deduksiya deyiladi.
Xulosa chiqarish metodlaridan yana biri bu analogiyadir.
O`xshashlikka asoslanib xulosa chiqarish analogiya deyiladi.
Bolalarning masalalarni yecha bilishi boshlang`ich ta’lim
matematikasi oldiga qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shartdir.
Masalalar yechishni o`rganish jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilari
har tomonlama kamol topadilar, bilim oladilar va tarbiyalanadilar.
Bitiruv ishining xulosasi sifatida masalalar ustida ishlashning
quyidagi usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini bo`lajak
ham kasblarimga ham tafsiya qilaman.
1. Yechilgan masala ustida ishlash. Ko`p o`quvchilar yechish
rejasini masala yechilib bo`lingandan keyin takroriy tahlildan so`ng
tushunib oladilar. Takroriy tahlil vaqt talab qiladi, lekin u o`zini oqlaydi.
2. Masalani turli usullar bilan ishlash. Vaqt yetishmasligi tufayli
masalalarni turli usullar bilan yechishga kam e’tibor beriladi. Lekin
buni bilish matematik rivojlanish darajasining ancha yuqori ekanligidan
dalolat beradi! Bundan tashqari, yechishning boshqa usulini topishga
o`rgangan bo`lish ham katta rol o`ynaydi.
3. Masala analizini to`g`ri tashkil etish – berilganlardan savol yoki
teskarisi.
12
4. Masala syujetini tasavvur etish. O`qituvchi muhim detallarga
e’tibor beradi. Hayolan situatsiyasiga qatnashish, uni rasm, diagramma,
jadval yordamida modellashtirish.
5. O`quvchilarning mustaqil masala tuzishi. Masala tuzing:
,,...ga ko`p (kam)”, ,,...marta ortiq (ko`p)” kabi so`zlarni ishlatib;
– 1,2,3amalli masalalar;
– berilgan rejaga yoki tajribaga ko`ra;
– berilgan ifodaga ko`ra va hokazo.
6. Berilganlari keragidan ko`p yoki kam bo`lgan masalalar yechish;
7. Masalalarning savolini o`zgartirish;
8. Masala berilganlariga ko`ra turli ifodalar tuzish va ular nimani
anglatishini tushuna bilish. Masala javobini ular orasidan tanlash;
9.Yechilgan masalani tushuntirish.
10.Masalalarni va ularning yechilishini taqqoslash usulidan
foydalanish;
11.To`g`ri va noto`g`ri yechimni doskaga yozish;
12. Masala shartini boshqa amallar bilan yechiladigan qilib
o`zgartirish;
13.Tugallanmagan yechimni tugatish;
14.Masala yechilishida qaysi savol ortiqcha;
15.Berilganlarini o`zgartirib yangi masala tuzish ;
16.Teskari masalalar yechish.
Men Qarshi shahridagi 14-maktabda dars amaliyoti o`tkazdim.
Shu davrda o`quvchilarga masalalar yechishda induksiya, deduksiya va
13
anologiya metodlaridan foydalandim. O`quvchilarning tushunishlari
ham oson bo`ldi.
Demak, bitiruv malakaviy ishimga ilgari surilgan ilmiy farazimdan
ko`zlangan maqsadga to`la erishdim.