Kichik guruhlarda - bolalarning teatr haqidagi dastlabki tasavvurlarini rivojlantirish;
- bolalar ertak qahramonlarining nomlarini bilishlariga erishish;
- bolalarga teatr madaniyati haqida ma‟lumot berish;
- bolalar tomonidan tarbiyachining boshchiligi va hamkorligida teatr
qahramonlarining so‟zlarining yod olinishiga erishish;
- teatr tomoshalari uchun tayyorlangan andozalarni bo‟yash, tartibli ravishda
joylashtirish.
O’rta guruhlarda - bolalarning qo‟g‟irchoq teatri haqidagi tasavvurlarini shakllantirish;
10 - MAVZU O„QUV FANIGA KIRISH
- sahnada hayvonlar va ertak qahramonlarini ko‟rsatib, ularni harakatga
keltirish;
- bolalarga o‟zlarini aktyor sifatida erkin tutishlariga imkon yaratish;
- bolalarni teatr madaniyatiga o‟rgatish;
- bolalarning tarbiyachi yordamida dekoratsiyalar tayyorlashda mustaqil
bo‟lishlariga erishish.
Katta guruhlarda - bolalarda aktyorlarning so‟zlashuvi, qo‟shiqlar kuylashi haqidagi
tushunchalarni hosil qilish;
- bolalarga teatr tomoshasidan ixtiyoriy rol tanlash imkonini berish;
- bolalar qo‟g‟irchoqlarni mustaqil yasashi, kiyim tanlashi uchun sharoit
yaratish.
Tayyorlov guruhlarida - bolalarning teatr haqidagi dastlabki bilimlarini mustahkamlash;
- bolalarga qo‟g‟irchoq teatri badiiy san‟atning turlaridan biri ekanini
tushuntirish;
- bolalarda teatr san‟atiga qiziqishni uyg‟otish.
Bu o‟rinda sevimli ertaklar asosida sahnalashtiriladigan ayrim turdagi teatr
tomoshalari uchun qahramonlar va personajlarni tayyorlash jarayoni to‟g‟risida
so‟z yuritiladi.
1. Ertaklarni sahnalashtirish uchun pahmoq qo’g’irchoqlarni yasash. So‟nggi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalar o‟rtasida tobora ommalashayotgan
qo‟g‟irchoq teatri turlari orasida kovralinga yopishtiriladigan qo‟g‟irchoqlar teatri
sanaladi.
Pahmoq
qo‟g‟irchoqlar
yordamida
ertaklarni
sahnalashtirish
uchun
personajlar quyidagicha tayyorlanadi:
1-bosqich: personajlar karton qog‟ozdan qirqib olinadi;
2-bosqich: karton qog‟ozlar rangli bo‟yoq yoki guash yordamida bo‟yaladi;
3-bosqich: tayyor bo‟lgan personajlar ertak matni bilan birga papkaga solib
qo‟yiladi.
Bu turdagi teatr tomoshasi uchun pahmoq qo‟g‟irchoqlar tayyorlanadi.
Teatrning o‟ziga xosligi shundaki, bolalar ertak qahramonlarini bevosita ko‟ra
olmaydi. Buning sababli personajlar pahmoq ekran (kovralin)ga yopishtiriladi.
Balandligi 40 sm, uzunligi 60 sm bo‟lgan qalin karton yoki faner ustiga
pahmoq gazlama (kovralin) yopishtirilib, ekran “hosil qilinadi”. Personajlar
ana shu ekranga yopishtiriladi.
Ertak mavzusiga mos keladigan detallar turli xomashyolardan qirqib olinadi
va yelimlanadi. Bunda, dastlab, bolalarga jihozlash uslubi tarbiyachi tomonidan
bajarib ko‟rsatiladi.
Qo‟g‟irchoqlarning bosh qismi uchun turli “qutichalar” – qaymoq, yogurt
yoki sutdan bo‟shagan kubik, silindr shaklidagi idishlardan tayyorlanadi. Eng
muhimi, bu idish ichiga bolalarning qo‟li sig‟ishi kerak.
Sahna uchun qo‟g‟irchoqlar ikki usulda yasaladi:
1) qahramonning to‟liq holdagi figurasi;
2) qahramonning faqatgina bosh qismi obrazi.
Tayyor figuralarga matodan yubkalar tikiladi. Bolalarning qo‟l barmoqlari
ushbu figuralarni ifodalovchi qutichalar ichiga berkitiladi.
Bunday qo‟g‟irchoqlarni “gapirtirish uchun” og‟iz sifatida qutichada tuynuk
hosil qilinadi. Qutichaning o‟rtasidagi bu tuynukdan ko‟rsatgich barmoq bir oz
chiqarib qimirlatilsa, qo‟g‟irchoq go‟yo gapirayotganday tuyuladi.