o‟rnatishdan oldin unga 10 tacha sim aylanalar kirgizilib, ularga suriladigan parda
o‟rnatiladi. Parda burma bo‟lishi uchun tanlangan mato kengroq bo‟lishi kerak.
Bunday qurilgan sahna dekoratsiyalar ko‟p qavatli parda ko‟rinishiga ega
bo‟ladi yoki karton doiraga joylashadi. Bu doira ingichka mixda aylanib,
dekoratsiyani tezda almashtirish, ba‟zi hollarda harakatlanuvchi dekoratsiyani
ko‟rsatish imkonini beradi.
Sahnani yoritish katta ahamiyatga ega. Ularni shunday joylashtirish kerakki,
ular sahnani yoritsin, ammo uning nuri tomoshabin-bolalarga tushmasin.
Musiqa barcha sahnalashtirilgan postanovkalarining asosiy elementlaridan
biri hisoblanadi. Ma‟lumki, spektakl musiqali kirishdan boshlanadi. Musiqali
tanaffus vaqtida dekoratsiya almashadi. Tovush va yorug‟lik effekti bilan birikkan
musiqa soya teatri tomoshadarida ham, stol teatrlarini sahnalashtirishda ham
mukammal badiiy tasvirni yaratish imkonini beradi. Bu ko‟rinishlarda ovozga
taqlid qilish‚ xo‟rozning qichqirishi, mushukning miyovlashi, ayiqning o‟kirishi
hamda shovqin effektlari-yog‟ayotgan yomg‟ir ovozi, parovozning pishillashi
va shu kabilardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: