Reja: Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish. Stol teatrini sahnalashtirish. Ertak qahramonlarini, karton teatrini sahnalashtirish jihozlari. Barmoq teatrlarini sahnalashtirish. Tayanch tushunchalar


IV. Barmoq teatrlarini sahnalashtirish



Yüklə 474,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix16.09.2023
ölçüsü474,45 Kb.
#144099
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Reja Maktabgacha ta lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtir

IV. Barmoq teatrlarini sahnalashtirish. 
Bolalar o‟z qo‟li bilan yasagan 
o‟yinchoqlardan teatr, stol va barmoq teatrini sahnalashtirishda foydalanishi 
mumkin. Bunda bolalar oddiy tamoshabin bo‟lib qolmasdan, ular mehnat qiluvchi 
ijodkorga aylanib, kichik guruh bolalariga sahna qo‟yib berish bilan ularni hursand 
qiladi. 
 
Barmoq teatri – 
qo’g’irchoqlar, hayvonlar, qandaydir predmetlardan iborat 
personaj-figuralar to’plami. 
Boshqa qo‟g‟irchoq teatrlari kabi karton teatri ham bir necha ko‟rinishga ega 
bo‟ladi (8-jadval): 
8-jadval. Barmoq teatrining ko‟rinishlari 
 
Shirmali
barmoq teatri 
Matoli barmoq teatri 
personajlari to‟lami
 
Matoli barmoq teatri 
personajlari


Ipdan to‟qilgan barmoq 
teatri personaji
 
Mato va paxtadan yasalgan 
barmoq teatri personajlari
 
Matoli barmoq teatri 
personajlari
Matoli barmoq teatri 
personajlari 
Kkarton va matoli barmoq 
teatri personajlari 
Matoli barmoq teatri 
personajlari 
Personaj-figuralar yordamida uncha katta hajmga ega bo‟lmagan hikoya va 
barcha bolalar uchun sevimli bo‟lgan ertaklarning mazmuni harakatlar yordamida 
ifodalanadi. 
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida har bir tarbiyalanuvchi o‟zi istagan va 
so‟zlarini yod olgan figurani barmog‟iga “kiygan” holda rol idro qila oladi.
Barmoq teatrida ishtirok etadigan figuralar bolalarda mayda motorika (harakat 
va harakatlar yo‟nalishi)ni belgilash malakasini rivojlantiradi. Shuningdek, 
nutqning o‟sishi, lug‟at boyligini ko‟payishiga yordam beradi.
Barmoq teatri qahramonlarini qog‟oz va yumshoq matodan yasash mumkin. 
Qog‟ozdan konus va silindr shaklida barmoqqa kiyiladigan shaxs, hayvonlarning 
tasviri tayyorlanadi hamda uzuk shaklida yasalgan qog‟oz xalqaga yelimlab
barmoqqa kiyib olinadi.
Ertak 
qahramonlarini 
kichik 
qutichalardan 
ham 
yasash 
mumkin. 
Qutichalarning tag tomonidan barmoqni kirgizish uchun joy tayyorlab, qutichaga 
xohlagan qiyofa berish mumkin. Quticha, masalan: gugurt qutisi, kublar, aylana 
shakldagi qutichalar va boshqalarning qulay tomonidan barmoq sig‟adigan kichik 
teshikcha qilib qo‟yiladi. Barmoq teatrlarining sahnalashtirish uchun turli 
matolardan foydalaniladi. Bunda gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va 
uning teskari tomonidan tikib, so‟ngra o‟ngiga ag‟dariladi, qolgan joyi tikib 
chiqiladi.
Bolalar andozaning teskari tomonidan ko‟z, qosh, burun, og‟iz, soch, jiyak, 
lenta va to‟rli bezaklarni mustaqil o‟zlari yopishtiradi.
Barmoq teatrini qog‟oz quyqasidan ham yasash mumkin. Bunda qog‟ozdan 
silindr shakli yasaladi. Barmoqka mos qilib qog‟oz qoldiqlarini silindrga kirgizib, 
co‟ng istalgan shaklni yasash mumkin. Yopishtirilgan qog‟oz qurigandan keyin 
bosh qismlarini bo‟yash lozim.
Ba‟zi detallarni qog‟ozdan qirqib, yelimlab qo‟ysa ham bo‟ladi. Masalan: 
quloqlarni, ko‟zlarni tugmachadan, matolardan, turli iplardan esa sochlarini qilish 
mumkin. Bunday o‟yinchoqlarni katta va tayyorlov guruhi bolalari mustaqil 
bajaradi 
Демак, мaktabgacha ta‟lim tashkilotlariнинг фаолиятида ertaklarni 
sahnalashtirish болалар ҳаётини завқли бўлишига ёрдам бериши билан бирга 
уларнинг бадиий-эстетик диди, идроки, қобилияти ва дунёқарашини 
ривожлантиришга ёрдам беради. Бу жараёнда, айниқса, стол ва бармоқ 


театрларини саҳналаштиришга диққатни қаратиш лозим. Зеро, бу икки 
турдаги қўғирчоқ театрлари болаларда майдо моторика ҳаракатларини 
фаоллаштиради. Натижада улар фаол ҳаракатланиш, ҳаракат йўналишларини 
тўғри белгилашни ўрганади.
Мaktabgacha ta‟lim tashkilotlariда teatr faoliyatini olib borish sahna 
jihozlariga ega bo‟lishni taqozo etadi. Hozirgi kunda ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan qo‟g‟irchoq teatrining barcha turlari bo‟yicha tayyor metodik 
ishlanmalarga asoslangan mahsulotlarni sotuvga chiqarilmoqda. Ulardan ham 
maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida teatr faoliyatini tashkil etishda o‟rinli 
foydalanish mumkin. Ammo, tarbiyachi yoki musiqa rahbari boshchiligida 
bolalarning o‟zlari tomonidan teatr jihozlarini tayyorlash muhimdir. Binobarin
ularni tayyorlash chog‟ida bolalarda ijodiy qobiliyat va tafakkur rivojlanadi. 

Yüklə 474,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin