183
- boshqaruvning mijozlarga yo‘naltirilgan tashkliy tuzilmasini shakllantirish;
- miqdor va sifat tadqiqotlari asosida mijozlarning ehtiyojlarini o‘rganish.
F.Kotler fikricha, kompaniyaning strategiyasi qanchalik
mijozlarga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, mahsuldorlik shunchalik ortadi. Faoliyatni mijozlarga
yo‘naltirgan kompaniyalar raqiblariga nisbatan 7% samaraliroq ekanligi
aniqlangan. Ushbu yondashuv korxonada lavozim yo‘riqnomalari, rag‘batlantirish
tizimi, mehnat motivasiyasi va o‘zaro aloqalarning qayta ko‘rib chiqilishini taqozo
etadi. F.Kotler korxonaning barcha bo‘limlarida mijozlarga yo‘naltirilganlik
darajasini baholashga imkon beruvchi marketing auditini o‘tkazish lozimligini
ta‘kidlab o‘tadi.
Marketing
konsepsiyasi
evolyusiyasi
korxonaning
mijozlarga
yo‘naltirilganlik yondashuvi asosida qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini asoslab
berdi. Buni quyidagi konsepsiyalar orqali ko‘rishimiz mumkin
98
:
marketing konsepsiyalari uning boshqaruvning zamonaviy falsafasi va
tadbirkorlik faoliyatining asosi ekanligini ko‘rsatmoqda;
marketing konsepsiyasi talab va taklif holatidan kelib chiqqan holda
bozordagi vaziyatga moslashishning marketing vositalari va tadbirlarining o‘ziga
xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatmoqda;
marketing konsepsiyasi marketingning boshqaruv funksiyasi yoki
menejment g‘oyasi sifatida talqin etilishi lozimligini ko‘rsatib bermoqda;
marketing konsepsiyalari marketingning sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi
kommunikasiya vositasi ekanligini ko‘rsatib bermoqda.
O‘tkazilgan marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat tadqiqot
usullarida so‘rovlar (70%), fokus-guruh (15%), ekspert intervyulari (10%) va
―Yashirin xaridor (Mystery Shopping)‖ usuli (5%) qo‘llanilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan
tadqiqotlarning iste‘molchilar ehtiyojlarini o‘rganish, iste‘molchi xulq-atvoriga
qaratilmoqda. Bir qarashda bu munosabatlar marketingi mijozlarga emas, balki
birinchi navbatda bozorga yo‘naltirilganligi haqida tassavur hosil qiladi. Bunda
bozor korxona mahsulotiga munosabat bildirmagan va marketing stimullari
o‘rganilmagan ko‘p sonli iste‘molchilar guruhidan iborat ekanligi ayon bo‘ladi.
Aksincha, bozor korxona mahsulotiga ehtiyoj sezgan iste‘molchilar ekanligi
to‘g‘risida ham fikr yuritishimiz mumkin
99
.
12.1.1-jadval
Dostları ilə paylaş: