O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Comecon– The Council  for Mutual Economic Assistance) bilan cheklangan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

 
Comecon– The Council 
for Mutual Economic Assistance) bilan cheklangan.
 
Yangi iqtisodiy siyosatning olib borilishi va qishloq xo‘jaligini 
kollektivlashtirish (NEP) davrida davlat tomonidan turli mulk shakllarining o‘zaro 
munosabatlarini tartibga solish sinab ko‘rildi. Bu davrda mamlakatimizda sanoat 
tang ahvolda, faqatgina davlat byudjeti mablag‘lari evaziga saqlab turilishi 
mumkin edi. Byudjet taqchilligi bois mavjud barcha mayda va o‘rta hol davlat 
korxonalari markazlashgan ta‘minotdan uzib qo‘yildi va ularda mustaqil xo‘jalik 
hisobi shakllantirildi. Natijada sanoat, qishloq xo‘jaligi va davlat o‘rtasidagi 
aloqalar barham topdi. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiy rivojlanishning markazlashgan 
va markazlashmagan ikki tamoyili tan olindi. Ma‘lum bir tarmoqqa tegishli 
bo‘lgan korxonalar trestlarga birlashishi shart qilib qo‘yildi. Shunga ko‘ra ular 
mustaqil faoliyat yuritishlari va ma‘muriy nazoratdan cheklanishlari mumkin 
bo‘ladi.
1923 yil 17 iyuldagi trestlar to‘g‘risidagi Dekretga muvofiq, trestlar davlat 
sanoat korxonalari hisoblanib, mustaqil ravishda faoliyatini rejalashtirishlari va 
mahsulotlarini mustaqil ravishda sotishlari, foydani aniqlash maqsadida tijorat 
hisobini yuritishlari lozim. Dekretda ta‘kidlanishicha, trest tarkibida ko‘plab 
muassasalar mavjud bo‘lgan yagona korxona xisolanadi. Uning tarkibidagi 
muassasalar ishlab chiqarish birliklari sifatida tan olinadi. Dekret trestlar takibiga 
kiritilgan fabrika, zavod, magazinlarning mavqyeini ishlab chiqarish birliklari 
darajasiga tushirish orqali ularning mustaqilligini butkul yo‘q qildi. Natijada yirik-
yirik korxonalar o‘z mahsulotlarini birinchi navbatda trest tomonidan belgilangan 
sektorga, ortiqchasini esa bozorda sotishi mumkin bo‘lib qoldi.
NEP siyosati yangi jamiyat qurilishining poydevori sifatida maydonga 
chiqqan bo‘lsada, u jamiyat mulkini shakllantirishga xizmat qilar, buning uchun 
monopoliyani cheklash va uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi va davlat 
monopoliyasiga barham berishi lozim edi. Trest va sindikatlar ushbu siyosatning 
qurboniga aylanishdi. Ular sanoat monopoliyasini vujudga keltirgan holda o‘zlari 


33 
davlat monopoliyasiga aylanishdi. 
Iqtisodiyotning keyingi rivojlanishi qat‘iy rejalashtirish asosida amalga 
oshiriladigan bo‘ldi. Qisqa muddat ichida sosialistik tuzumning moddiy-texnik 
bazasi shakllantirildi. Bozorning muvozanatini ta‘minlash, uning taraqqiy etishi 
aniq belgilangan dasturlar va ma‘lum bir davrda amalga oshiriladigan qayta 
qurilishlar orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi. 30 yillar oxiridagi tashqi iqtisodiy
siyosiy vaziyat davlat monopoliyasini harbiy monopoliyaga aylantirdi va 80-
yillarning oxiriga qadar bu tizim saqlanib qoldi.
Xalq xo‘jaligini boshqarishning vektori o‘zgarishi oqibatida o‘zaro chalkash 
va takrorlanuvchi vakolatlar paydo bo‘ldi. Bu esa partiya xukmronligiga putur 
yetkazib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruq berish va qat‘iy nazorat tizimining yo‘qolishiga 
olib keldi. Ko‘plab vazirliklar va mahkamalarning tuzilishi oqibatida ular davlat 
tomonidan berilgan ulkan vakolatlarni o‘z manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga 
yo‘naltirdilar.
Bir vaqtning o‘zida xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarida tor predmetli 
ixtisoslashuv vujudga kela boshladi. Sobiq Ittifoqning faqatgina mashinasozlik 
sanoatining o‘zida 166 monopolist korxona va 180 monopol ishlab chiqarish 
mavjud edi. Mashinasozlik mahsulotlarining uchdan bir qismi bitta korxona 
tomonidan va yana shuncha qismi ikkita korxona tomonidan ishlab chiqarilar edi. 
Nafaqat mashinasozlik, balki metallurgiya, yog‘ochsozlik, maishiy-texnika kabi 
239 dan ortiq eng muhim mahsulotlarda ham mana shunday manzarani kuzatish 
mumkin edi. 82 turdagi mahsulot bir korxona tomonidan, 87 turdagi mahsulotlar 
ikkita korxona tomonidan ishlab chiqarilar edi. 
Bunday sharoitda kichik korxonalarning faoliyat yuritishi samarasiz edi. 
Natijada ular ―repressiya‖ga yuz tutdi. 1960 - 1987 yillarda mahsulot hajmi 0,5 
mln rubl bo‘lgan korxonalarning ishlab chiqarish sur‘ati 2,6 marta kamaydi. Bu 
paytda tovar aylanmasi 100 ming rublgacha bo‘lgan korxonalar ulushi 4,4%, ishlab 
chiqargan mahsuloti umumiy mahsulotning 0,1% ni tashkil qilgan. Mahsulot hajmi 
101-500 ming rubl bo‘lgan korxonalar ulushi esa 10% ni tashkil etgan.
Kichik korxonalar (200 kishigacha) uchun bu davr eng og‘ir davr bo‘lib 
1987 yilda ularning ulushi umumiy korxonalarning 47% ni tashkil etgan holda 
sanoatda band aholining 5%, ishlab chiqarish fondlarining 3.5%, elektr 
energiyasining 1,7% iste‘mol qilgan. Qattiq siyosiy tizim va davlat monopoliyasi 
ularning taraqqiy etishiga imkon bermas edi.
1988 yilda e‘tiboran iqtisodiyotning qayta qurish siyosatining olib borilishi 
boshlandi. Ommaviy axborot vositalarida davlat monopoliyasi va jahon 
amaliyotida antimonopol tartibga solish tajribalari to‘g‘risida yoritilib boshlandi. 
Shu bilan birga bu paytga kelib davlat tarmoq, mahkama monopoliyalarini nazorat 
qilish imkoniyatiga ega emasdi. Faqatgina ayrim hukumat vakolatlarigina bunga 
qisman imkon berar edi.


34 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin