35
Monopoliyaning maqsadi – monopollashgan bozorda qulay sharoitlardan
foydalanib, narxni nazorat qilish va yuqori foyda olishdir.
Monopoliyaning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
a) yagona ishlab chiqaruvchi sotuvchi;
b) tovar differensiasiyasi mavjud emas, shu bois o‘rinbosar
tovarlar mavjud
bo‘lmaydi;
v) sotuvchi narxni to‘liq o‘z nazorati ostiga oladi;
g) yangi firmalarning tarmoqqa kirishi uchun juda murakkab bo‘lgan
moliyaviy, texnologik, resurs, huquqiy va boshqa to‘siqlar mavjud;
d) tarmoqdan chiqib ketish ham murakkab jarayon;
ye) tarmoqqa kirish va chiqishda ko‘plab iqtisodiy va huquqiy to‘siqlar mavjud.
Mutloq monopoliya – ko‘p sonli xaridorlar va bitta sotuvchi bo‘lgan
bozordir. Monopoliya bitta firmaning bozorda analogi mavjud bo‘lmagan
mahsulot ishlab chiqarishini mo‘ljallaydi. Xaridorlarning bozorda ushbu
tmahsulotni sotib olishda tanlov imkoniyati yo‘q, shuning uchun ularning
monopolist mahsulotini sotib olishdan boshqa choralari yo‘q.
Vujudga kelishiga ko‘ra monopoliyaning ikki turi farqlanadi –tabiiy va sun‘iy
monopoliya.
Tabiiy monopoliya – tovar bozorlaridagi shunday holatki, bunda tovar ishlab
chiqarishning texnologik xususiyati o‘ziga hos va murakkabligi bois mavjud
talabni qondirish uchun raqobatning bo‘lmasligi samaraliroq bo‘ladi. Tabiiy
monopoliyalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar narxi boshqa tovarlar narxiga
bevosita bog‘liq emasligi va boshqa tovarlarga
almashina olmasligi bilan
xarakterlanadi.
Tabiiy monopoliyalarning vujudga kelish xususiyatlari quyidagilar:
– ishlab chiqarishni kengaytirish tovar birligiga eng kam xarajat sarflash
orqali amalga oshirilishi mumkin;
– tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan
tovar(xizmatlar) boshqa tovarlarga almashina olmaydi va o‘rinbosar tovarlari
mavjud bo‘lmaydi;
– ushbu tovarlar bozorida talabning o‘zgarishi tovarlar narxining
o‘zgarishiga qaraganda kam bog‘liq.
Tabiiy monopoliyalarda bozordagi talabni yagona
ishlab chiqaruvchi eng
kam xarajatlar evaziga qondirish imkoniyatiga ega. Shu sababli bu sohalarda
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish samarasiz bo‘ladi. Shunga ko‘ra tabiiy
monopoliyalarning davlat tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Sun‘iy monopoliya – bu monopoliyastik foyda olish maqsadida tashkil
qilingan birlashmalardir. Sun‘iy monopoliyalar turli monopol birlashmalar
shaklida namoyon bo‘ladi. Sun‘iy monopoliyalar o‘zaro
kelishuv yoki raqobatni
sun‘iy bosib turish orqali shakllanadi.
Shuningdek, tarmoqqa kirish xususiyatiga ko‘ra ochiq va yopiq
monopoliyalar ham farqlanadi:
Ochiq monopoliya – bozordagi firmalardan birortasi muayyan vaqt
mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha monopol bo‘ladi, ammo uning raqobatga
qarshi hyech qanday himoyaga ega bo‘lmaydi. Ochiq monopoliya sharoitida
36
asosan bozorga mutlaqo yangi tovarlarni kiritgan firmalar ustunlikka ega bo‘ladi.
Bunda firmalar qisqa muddatli davrda foydani oshirish
va narxni chegaralashga
harakat qiladi.
Yopiq monopoliya – raqobatni cheklovchi huquqiy me‘yorlarga ega bo‘lgan
monopol firmalar yoki holat bo‘lib, aksariyat hollarda davlat organlari tomonidan
himoya qilinadi. Shuningdek raqobatni cheklovchi patent, lisenziya, nou-xau,
mualliflik huquqlari, sanoat namunalari ham mavjud bo‘ladi. Amalda juda ozchilik
firmalar mutloq yopiq monopol mavqyega ega bo‘ladi. Haqiqatda iqtisodiyotda
tovarov-substitutlar paydo bo‘lishi, ahuquqiy to‘siqlarning olib tashlanish ehtimoli
juda katta.
Yopiq monopoliyalar uzoq muddat zararsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish
orqali
foyda olishi, barcha xarajatlarini to‘liq qoplashi, kapital qaytimini qoplashi
mumkin. Ammo foydani to‘liq o‘zlashtira olmaydi.
Monopoliya shuningdek, narx ustidan hukmronlikni ham anglatadi. Agarda
jamiyatda mutloq monopoliya mavjud bo‘lsa, uning
tegishli tarmoqda narx
bo‘yicha yakka hukmronligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimiz mumkin.
Monopoliyaga baho berish uchun firmalarning bozordagi tovar aylanmasidagi
solishtirma ulushi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Eng ishonchli ko‘rsatkich
tarmoqdagi firmalar ulushi va ularning solishtirma ulushidir. Masalan, muayyan
mahsulot turlari bo‘yicha 4 firmaning ulushi, 8 ta firmaning ulushi, 10 ta firmaning
ulushi va boshqalar. Monopoliyaning vujudga kelishini 2.3.1-rasmdagi jarayon
orqali kuzatishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: