77
–
mamlakatning 250 eng yirik raqobatbardosh
firmalar orasida ulushi
bo‘yicha tutgan o‘rni.
N.Ya.Kalyujnova
38
tomonidan taklif etilgan raqobatbardoshlik indeksini
aniqlash metodikasi ikki asosiy parametr – iqtisodiy o‘sish,
turmush darajasi va
mahsulotlar
raqobatbardoshligi
bilan
ifodalanadigan
raqobatbardoshlik
ko‘rsatkichi va 9 ko‘rsatkich orqali ifodalanadigan raqobat ustunligi ko‘rsatkichi.
Jumladan, infratuzilma raqobat ustunligini ifodjalash uchun faqat avtomobil
yo‘llarining zichlik darajasidan foydalaniladi. Biroq temir yo‘l va aviaportlar ham
muhim ahamiyatga ega ekanligi e‘tiborga olinmagan.
Aholining turmush darajasi
xarid narxlarda ifodalangan aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YaHM)
orqali ifodalangan. N.Ya.Kalyujnova metodikasida mamlakatdagi ta‘lim, sog‘liqni
saqlash, uy-joy bilan ta‘minlanganlik darajasi ham hisobga olinmagan.
L.S.Shexovseva tomonidan taklif qilingan uslubiyat bo‘yicha milliy
iqtisodiyot raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari 4 guruhga ajratilgan omillar (turmush
darajasi, investision jozibadorlik, innovasion faollik va rivojlanish darajasi) asosida
16 ta ko‘rsatkich qo‘llaniladi. Bunda ko‘rsatkichlar RF bo‘yicha o‘rtacha
ko‘rsatkichga
taqqoslanadi, integral ko‘rsatkich esa umumiy bo‘lib, ijtimoiy,
investision, innovasion va iqtisodiy jihatdan alohida ajratib ko‘rsatilmagan.
Ta‘kidlab o‘tish joizki, yuqorida ko‘rib o‘tilgan
mualliflarning metodikasida
aynan bir ko‘rsatkich turlicha ko‘rsatkichlar oorqali ifodalangan, masalan,
N.Ya.Kalyujnova turmush darajasini aholi jon boshiga
yalpi hududiy mahsulot
(YaHM) darajasi orqali, L.S.Shexovseva uslubiyati bo‘yicha esa hudud rivojlanish
darajasi orqali ifodalangan.
Dostları ilə paylaş: