97
ISRI BMTning 190 ta a‘zo davlatni qamrab olgan bo‘lib, 188 ta davlat,
Gonkong (Xitoy) va Falastin muxtoriyati kabi alohida ma‘muriy hududlardan
iborat. ISRI bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim etishni istamagan davlatlar ushbu
ro‘yxatga kiritilmaydi.
ISRI inson salohiyati konsepsiyasining strategik unsuriga aylandi. Inson
salohiyatini rivojlantirish indeksi salomatlik, ta‘lim va daromadning jamlanma
o‘lchami hisoblanib, ushbu mezonlar bo‘yicha erishilgan taraqqiyot
ko‘rsatkichlarini baholaydi. Mazkur indeks faqat daromadga asoslangan rivojlanish
tushunchasidan ancha kengroq tushunchadir.
Bevosita ISRI davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligining asosiy
mezoni sifatida ko‘riladi. Boshqacha qilib aytganda, davlat shunchaki yalpi ichki
mahsulotni ko‘paytirishga intilib qolmasdan ISRIda o‘z ifodasini topadigan
fuqarolarning turmush sifatini oshirish choralarini ko‘rishi kerak. Turmush sifatini
oshirish aholi aksariyat qismi manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan
davlatning strategik maqsadidir. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi esa bu strategik
maqsadga erishish vositasidan boshqa narsa emas.
Yakuniy ro‘yxat bo‘yicha mamlakatlar 4 ta guruhga ajratiladi:
1. ISRI juda yuqori bo’lgan mamlakatlar
mazkur indeks qiymati 0,8 dan
yuqori bo‘lgan mamlakatlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ushbu ro‘yxatga 2016 yilda
49 ta mamlakat kiritilgan.
6.2.2-jadval
Dostları ilə paylaş: