84
Afrika va Janubiy Sahroi Kabir mamlakatlari ichida Mavrikiy (45 o‘rin), JAR
(47) va Ruanda (52) yetakchilik qiladi. Afrikaning qolgan davlatlari kam daromad
va past rivojlanish darajasi tufayli bugungi kunda tashqi qo‘llab-quvvatlashga
muhtoj bo‘lib, ushbu reytingning eng quyi ko‘rsatkichiga ega yoki umuman
reytingga kirmaydi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida Chili (33 o‘rin) yetakchi bo‘lib kelmoqda.
Mintaqadagi barqaror iqtisodiy o‘sish suratlariga qaramasdan ayrim mamlakatlar
ishlab chiqarish samaradorligi, stagnasiya tufayli o‘z raqobatbardoshligini
muntazam yo‘qotib bormoqda. Mintaqada Panama (42 o‘rin), Meksika (51) va
Kosta-Rika (52) barqaror raqobatbardoshlik indeksini saqlab kelmoqda.
Jadal suratlar bilan rivojlanayotgan Xitoy (28 o‘rin), Braziliya (81) bu yilda
bir pog‘ona pastga, Hindiston (39) esa o‘z mavqyeini saqlab kelmoqda.
Rossiya Federasiyasi 2016 yilda
45 o‘rindan 43 o‘ringa ko‘tarildi.
Mamlakat iqtisodiyotining resessiyasiga qaramasdan ayrim asosiy makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar boshqa mamlakatlarga nisbatan hamon yuqoriligini saqlab
kelmoqda. RFning eng kuchli tomonlari oliy ta‘lim bilan keng qamrab olinganlik,
infratuzilmaning kuchli rivojlanganligi, biznesni tartibga solishning soddaligidir.
Biroq bugungi kunda RFning innovasion salohiyati, moliya bozorining yetarli
darajada rivojlanmaganligi, mahalliy boshqaruv organligi olib borayotgan siyosat
va iqtisodiy institutlarning samarasizligi saqlanib qolmoqda. Shuningdek Yevropa
va AQSh tomonidan kiritilgan iqtisodiy va siyosiy sanksiyalarning saqlanib
qolayotganligi, mineral xomashyo resurslari narxining beqarorligi ham RF
raqobatbardoshligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ayniqsa mamlakat iqtisodiyotining
asosiy muammolaridan biri korrupsiya darajasi, soliq stavkalarining yuqoriligidir.
Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan Estoniya (30 o‘rin), Litva (36) Ozarbayjon
(37), Latviya (49 o‘rin), Qozog‘iston (53), Gruziya (59), Tojikiston (77),
Armaniston (79), Ukraina (85), Moldova (100) va Qirg‘iziston (111) reytingga
ega
41
.
Dostları ilə paylaş: