15
Taqsimot funksiyasi
. Raqobat samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab
chiqaruvchilar daromadini oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar va uy xo‘jaliklari
o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini amalga oshiradi.
Nazorat funksiyasi
. Raqobat har bir bozor ishtirokchilarining kuchini
cheklaydi va nazorat qilib turadi. Misol uchun monopolist narxni belgilashi
mumkin. Ammo raqobat iste‘molchiga bir necha sotuvchilarning mahsulotini sotib
olishni taklif etadi. Raqobat qanchalik mukammal bo‘lsa narx shunchalik adolatli
o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: