11
xarajatlarni kamaytirish va tovar va xizmatlarning sifatini oshirishga harakat
qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat mehnat
samaradorligini oshirishni
rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish ko‘lamni kengaytiradi, ITT va ishlab
chiqarishning yangi shakllarini qo‘llashni va ish xaqini oshirishni jadallashtiradi.
Raqobat usullari:
– sifat bo‘yicha raqobat (narxsiz);
– iste‘molchilarga servis xizmati ko‘rsatish va uni takomillashtirish bo‘yicha
raqobatlashuv;
– narx bo‘yicha raqobat;
– tovarlarning ekspluatasiya xarajatlarini kamytirish bo‘yicha raqobat;
– boshqaruv samaradorligini ifodalovchi omillar bo‘yicha
raqobatlashuv
(vaqtdan yutish, sinergiya, moslashuvchanlik);
– yuqoridagi barcha usullarni bir vaqtda qo‘llash orqali raqobatlashuv
(integral raqobat).
Raqobatning ko‘plab usullari va raqobat strategiyalari mavjud. Ammo har
qanday raqobat strategiyasi asosida raqobat ustunlishi yotadi.
Raqobat bozorning ma‘lum sektorini qamrab
olish bilan cheklanmaydi,
chunki u bir xil yoki o‘xshash funksiyalarni bajaruvchi barcha raqiblarni qamrab
oladi.
Raqobat
bozor
segmentidagi
korxonalarni
qamrab
olish
bilan
chegaralanmaydi, u bozordagi o‘xshash funksiyalarni bajaruvchi barcha
korxonalarni ham qamrab oladi.
Shuningdek, u tarmoqqa taalluqli bo‘lmagan
milliy va xorijiy korxonalarni ham e‘tiborga oladi. Korxonalar o‘z raqibalari
xaqida ma‘lumotga ega bo‘lar ekan, ularga kirib kelayotgan texnologiyalarni
cheklashga va birinchi marta joriy etishga harakat qiladi.
Shu
tarzda raqobat
bozorda narxlarni maqbullashtiruvchi, innovasion
jarayonlarni rag‘batlantiruvchi omil hamdir. Uning ta‘sirida
tarmoqdan samarasiz
faoliyat yuritayotgan korxonalar chiqib ketadi, mavjud resurslardan oqilona
foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
Sof raqobat mexanizmini yoritishda bizga talab
va taklif qonuni, yoki talab
va taklif egri chizig‘i yordam beradi.
Bozor talabi va taklifining o‘zaro bog‘liqlik grafigi 1.1.1-rasmda keltirilgan.
Chizmada talab egri chizig‘i ko‘plab iste‘molchilarning umumiy talabini,
taklif
egri chizig‘i esa ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning taklifini ifodalaydi. Bu model
ayrim adabiyotlarda ―
Dostları ilə paylaş: