b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI
1.2.1-jadval Tuzilmaviy yondashuv asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan turli mualliflik tariflari Muallif
Tarifi
A. Kurno
14
Ikki yoki undan ortiq firmalarning o‘zaro kurashi bo‘lib, har bir
firma raqibining ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘zgarmasdan
qolishiga harakat qiladi
F. Nayt
Ko‘p sonli mustaqil xo‘jalik birliklarining muhitning noniq
sharoitlaridagi o‘zaro aloqalari
L.
Kachalina
15
Monopoliyadan holi sharoitda subyektlarning o‘zaro bellashuvi
Dinamik yondashuvga ko‘ra raqobat doimiy mavjud bo‘lgan va amal
qiladigan mexanizm bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eng yuqori natijaga
erishishlari uchun bellashuvidir.
Aynan ushbu yondashuvlarni umumlashtirgan holda o‘rganish raqobat
mohiyatini yanada kengroq va yaxlit holda yoritishga imkon beradi.
Xulq-atvor yondashuviga ko‘ra raqobat xo‘jalik yurituvchi subyektlar
o‘rtasidagi o‘zaro bellashuv, kurashish bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
o‘zaro munosabatida aks etadi. Raqobat munosabatlari o‘z navbatida tomonlarning
obyekt, subyekt va maqsadlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
1.2.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mualliflar raqobatning mohiyatini
yoritishda turli maqsadlar, ya‘ni bozor ulushi, iste‘molchilarning cheklangan
to‘lovga qodir talabi, yuqori daromad yoki foyda olishni nazarda tutadi. Raqobat
munosabatlarining maqsadi eng avval firmalarning iqtisodiy faoliyatini
yaxshilashga qaratilganligiga guvoh bo‘lamiz. Shu bois xulq-atvor yondashuvi
raqobatni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning takror ishlab chiqarish jarayonida
ko‘zda tutilgan natijaga erishish maqsadida o‘zaro bellashuvi desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Ushbu yondashuvga ko‘ra tadqiqot predmeti raqobat munosabatlarining
shakli, usullari, raqobat strategiyalari, raqobat ustunligi va subyektlarning
raqobatbardoshligi bo‘lishi mumkin.