26
Dj.Robinson nomukammal raqobat sharoiti raqobat muhitida muvozanatning
buzilishiga sabab bo‘lishi va yollanma ishchi mehnatining ekspluatasiya qilinishini
ko‘rsatib berdi.
Nomukammal raqobat sharoitida mukammal raqobat sharoitiga nisbatan
mahsulotlar kam ishlab chiqariladi. Natijada firmalar o‘rtasida o‘zaro kelishuv,
bozorga boshqa firmalar kirib kelishiga to‘sqinlik qilish kuzatiladi va oxir oqibat
narx oshadi. Dj. Robinsonning fikricha, narxlarning oshishini tartibga solish uchun
iqtisodiyotga davlat aralashuvi zarur. Bunda soliq va
byudjet siyosati dastaklari
orqali ta‘sir ko‘rsatiladi.
Ishchi kuchining ekspluatasiya qilinishiga doir tadqiqotlarida Dj. Robinson
raqobat muhitining monopsoniya modelini tushuntirib berdi. Bu muayyan
tovarlarga nisbatan yagona xaridor monopoliyasi mavjud bo‘lgan bozor
tuzilmasidir.
Dj. Robinsonning fikricha yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi har
qanday yirik firma monopsonist bo‘lishi mumkin. Natijada u ish haqi marjinal
mahsulot ishlab chiqarilgan taqdirda ham kam bo‘ladi. shu bois bunday
sharoitlarda davlat tomonidan eng kam ish haqi miqdori kiritilishi zaruriyatga
aylanadi. Boshqa tomondan kuchli kasaba uyushmalari
shakllantirilgan taqdirda,
ishchilarning o‘zlari mayda ish beruvchilarni ekspluatasiya qilishlari kuzatiladi.
Sof monopoliya nafaqat bozorga taalluqli, balki ishlab chiqarishning
konsentrasiyalashuvi hamdir. Bu bitta firma yagona ishlab chiqaruvchi sifatida
bozorda o‘xshashi mavjud bo‘lmagan tovarni ishlab chiqaradi. Firma-monopolist
bozorda narxni belgilash bo‘yicha to‘liq nazoratni amalga oshiradi. Mutloq
monopoliyaning vujudga kelishi tarmoqqa kirish yoki muayyan xom ashyolardan
foydalanishga to‘siqlar mavjudligi bilan izohlanadi. Mutloq monopoliya
shuningdek, mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan doimiy xarajatlar bo‘yicha ham
alohida olingan mayda firmalardan ustunlikka ega bo‘ladi
va bu xarajatlar ishlab
chiqarish hajmi ortishi bilan kamayib borish xususitiga ega bo‘ladi. U mukammal
raqobat va mutloq monopoliyaga nisbatan haqiqiy sharoitlarda oligopoliyaning
keng tarqalganligini ham izohlab berdi.
Monopolistik raqobat firmalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hisoblanadi.
Boshqacha qilib aytganda firmalar mahsulotlariga narx belgilashda boshqalarining
javob reaksiyasini hisobga oladilar. Natijada ularning o‘zaro birlashishi, kelishib
olishi kuzatiladi. O‘z-o‘zidan bozorda yoki tarmoqda narx siyosatini yuritish kam
sonli gigant firmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Dj. Robinson narx diskriminasiyasi tushunchasini kiritdi va uni talabni
shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimi sifatida talqin qilgan. Monopolist
narx elastikligiga bog‘liq holda bozorni turli segmentlarga ajralishini aniqladi.
Monopolist bozorga yangi tovar kiritishdan oldin dastlab eng yuqori narxlardan
foydalanib, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan iste‘molchilar yordamida o‘z foydasini
maksimallashtiradi, keyinchalik esa doimiy ravishda
narxni pasaytirib boradi va
kam daromadli iste‘molchilar segmntini egallashga kirishadi. Monopolist narxni
qanchalik pasaytirmasin uning foydasi saqlanib qoladi.
Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi (1933 y) nomli kitobida
Dj.Robinson ―miqyos samarasi‖ erkin raqobatni sharoitiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi.
27
Gigant firmalarning bozorni geografik va tarif bo‘yicha diskriminasiyalash orqali
segmentlash va o‘ziga xos to‘siqni vujudga keltirishi monopolist firmalarning
asosiy xususiyatidir. Masalan, transport xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar yuk
tashishda ko‘mir va paxta uchun alohida tarif qo‘llashi buning yaqqol dalilidir.
Dj. Robinsonning raqobat nazariyasiga qo‘shgan yana bir ulkan hissasi
―Monopsoniya‖ va mehnatning ekspuatasiya qilinishi tushunchasining fanga
kiritilishidir. Dj.Robinson Kembrij iqtisodiy maktabi vakili bo‘lishligi, angliyaning
eng nufuzli kishilari oilasidan
chiqqanligiga qaramasdan, neoklassiklar
nazariyasiga qarshi chiqdi va K.Marksning mehnatning ekspluatasiya qilinishini
monopsoniya bilan bog‘lashga erishdi va nomukammal raqobatga daxldor deb
tushuntirdi. Monopolist-tadbirkor ishchi kuchini yollash natijasida marjinal tovar
ishlab chiqarish hajmiga erishadi. Bunda uning masuloti bozorda eng yuqori
narxda sotilsada, ishchilarning ish haqi o‘zgarmasdan qolaveradi. Yoki aksincha
erkin raqobat sharoitida uyushmagan ishchi kuchini yollash
natijasida ularga eng
kam ish haqini to‘lash orqali mahsulot ishlab chiqaradi. Bunda ish haqi darajasi
hatto ishchilarning ―iste‘mol savati‖ni ham qoplamasligi mumkin.
Dj.Robinson ishchi kuchining ham monopsoniya sharoitida diskriminasiya
qilinishi mumkinligini asoslab berdi. Haqiqatan ham bozor munosabatlari
sharoitida ishchilarning ayrimlar kasaba uyushmalariga birlashadilar, ayrimlari esa
yo‘q. Shu bois davlat tomonidan eng kam ish haqi miqdorini belgilash orqali
mehnatning eksluatasiya qilinishini cheklash zaruriy chora hisoblanadi.
Garvard universitetini professori Edvard Chemberlin (1899–1967) 1933
yilda Dj.Robinsondan bexabar holda bir vaqtda ―monopolistik raqobat‖ nomli
kitobini nashr ettirdi
25
. Uzoq vaqt E.Chemberlinning ushbu kitobi Dj.Robinsonning
nazariy fikrlari bilan ziddiyatda bo‘lib keldi. Buning asosiy sababi
Dj.Robinsonning nafaqat ijtimoiy yuqori mavqyeiga ega ekanligi, balki, neoklassik
maktabning g‘oyaviy fikrlari ustunlik qilishi ham sabab bo‘ldi. Dj.Robinson
fikriga qarama-qarshi holda E.Chemberlin kasaba uyushmalari va antimonopol
qonunchilik, davlatning raqobatni tartibga solishdagi ishtirokiga qarshi chiqdi.
E.Chemberlin ―har qanday tadbirkor uchun ekspuatatorlik
imkoniyati zahira
sifatida berilgan bo‘lib, undan birlashish yoki kelishish orqali osongina foydalanish
mumkin.
E.Chemberlin Dj.Robinsonning tarmoqdagi monopol muhit yoki tarmoq
ichida muayyan firmaning monopol mavqyeiga asosiy e‘tibor qaratayotganligini
izohlab berdi. U nomukammal raqobat modelini kelgusida firma o‘z tovari bilan
tarmoqda yagona mavqyega ega bo‘lishi bilan ham izohlanishi mumkinligini
tushuntirib berdi. Buning isboti sifatida E.Chemberlin mahsulot differensiasiyasi
atamasini kiritdi, qaysiki firma o‘z tovarini tarmoqdagi boshqa tovarlardan ajralib
turishiga harakat qiladi va unga talabni reklama orqali shakllantirishga harakat
qiladi. Mahsulot differensiasiyasi sifat xususiyatlariga ega bo‘lib, qadoqlash, sifat,
sotish va xzizmat ko‘rsatish shartlari, tovar xarid qilish chog‘ida qo‘shimcha xarid
miqdoriga ega bo‘lishni ta‘minlash va iste‘molchilarga eng qulay bo‘lgan savdo
25
Edvard Gastings Chemberlin (1899-1967)
angliyalik iqtisodchi, monopolistik raqobat nazariyasi asoschisi.
28
nuqtalarini tashkil etish bilan izohlanadi. mahsulot
differensiasiyasi lokomotiv
tovarga asoslangan bo‘lib, monopolist firmalarning o‘z monopol ekanligini yaqqol
ajratishga harakat qilishini ham bildiradi.
Aynan monopolistik raqobat E.Chemberlinning fikricha zamonaviy
tadbirkorlik faoliyatining natijasidir. Bir turdagi mahsulotlarni ko‘pchilik firmalar
sifat xossasi, iste‘mol xususiyatlarini mukammallashtirish orqali xaridorlar
tomonidan afzal ko‘rishiga erishish E.Chemberlin tomonidan ―odatiy holat‖ deb
qabul qilingan. E.Chemberlin monopoliya va raqobatning o‘zaro tutash va
uyg‘unligini ilgari surgan. Bunda u monopoliyaning iqtisodiy muvozanatni
beqarorlashtirishi, raqobatni bo‘g‘ib qo‘yishini e‘tiborga olmagan.
E. Chemberlin an‘anaviy yondashuvga ko‘ra raqobat va monopoliya
muqobil tushunchalar deb hisoblaydi. Shuningdek,
u raqobatning erkinlashuvi
iqtisodiyot subyektlarining o‘zaro kelishib olishi va hamkorlikda ish olib borishini
ham rad etmaydi. Ammo gigant firmalarni ko‘p sonli mayda firmalarga bo‘lib
tashlash ham monopoliyaning barham topishiga olib kelmaydi. Chunki atomistik
raqobat
mahsulot
differensiasiyasini
kuchaytirgan,
mahsulotlar
ishlab
chiqarishning eng yuqori foyda va hajmini belgilab beradigan standartlardan
chetlanib ketishni kuchaytirgan bo‘lardi. Shu bois E.Chemberlin monopol
hukmronlik faqatgina mehnat bozori va kasaba uyushmalarida mavjud bo‘ladi deb
tushuntirgan.
Dostları ilə paylaş: