O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-BOB: RAQOBAT NAZARIYASI EVOLYUSIYASI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/160
tarix16.09.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144150
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

1-BOB: RAQOBAT NAZARIYASI EVOLYUSIYASI 
 
1.1. Raqobat tushunchasi, mohiyati, funksiyalari, shakllari va turlari 
1.2. Raqobat nazariyasi va raqobatga nisbatan ilmiy yondashuvlar 
 
1.3. Raqobatga nisbatan funksional yondashuv – bozorga tartibga 
soluvchi mexanizm sifatida 
 
 
1.1. Raqobat tushunchasi, mohiyati, funksiyalari, shakllari va turlari 
―Raqobat‖ tushunchalari mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun mustaqillik 
yillaridan keyin keng ishlatiladigan tushunchalar qatoriga kirgan bo‘lsada, bozor 
munosabatlari sharoitida faoliyat yuritib kelgan barcha mamlakatlarda bu 
tushunchalar ancha qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. 
Raqobatga bugungi kunga qadar bir qancha ta‘riflar berilgan bo‘lib, Adam 
Smit uni ―ko‘zga ko‘rinmas qo‘l‖ deb atagan edi. Raqobat iqtisodiy faoliyat 
ishtirokchilarining o‘z ehtiyoj va manfaatlarini maksimal qondirish, yaxshi 
daromad olish, bozorda o‘z mavqyeini mustaxkamlash, imkoniyatlarini namoyon 
etish hamda imidjga ega bo‘lish uchun kurashdan iborat jarayondir. 
Raqobat – to‘qnashuv, qarama-qarshilik, musobaqalashmoq degan ma‘noni 
bildiradi. Raqobat tovar oldi-sotdisi va eng yaxshi ishlab chiqarish uchun bozor 
tizimi qatnashchilari orasidagi o‘zaro kurash demakdir. 
Lekin iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda raqobat to‘g‘risida har xil va 
qarama-qarshi fikrlar mavjud. Uni ishlab chiqaruvchilar orasidagi asosiy 
mexanizm, bozorning sifati, chegarasi, belgisi, xo‘jalik mexanizmining elementi, 
jamiyatni olg‘a intiltiruvchi kuch sifatida ham ta‘riflashadi. 
Raqobat kishilar hayotiga kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilanoq kirib 
kelgan. Butun taraqqiyot davri mobaynida insoniyat tabiat va o‘zaro yorug‘ va 
issiq joy, qulay yashash va ishlash sharoiti, resurslardan cheksiz foydalanish uchun 
raqobatlashib kelgan. Turli davrlarda, turli vaqtda va turli sharoitlarda raqobat 
turlicha 
namoyon 
bo‘lgan. 
Buni 
oddiy 
bellashuvdan 
to‘qnashuvga, 
to‘qnashuvlarning raqobat kurashiga, raqobat kurashining raqobat urushlariga 
aylanishi bilan izohlashimiz mumkin. 
―Raqobat‖ tushunchasi rus tiliga nemis tilidagi ―konkurrenz‖ so‘zidan kirib 
kelgan, o‘z navbatida nemis tiliga bu so‘z lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib, qadimgi 
lotinlar ―concurro/concurrentia‖ so‘zi bilan tomonlarning o‘zaro munosabatlari, 
to‘qnashuvi, bellashuvi va o‘zaro kelishish orqali qo‘shilib ketishi ham tushinilgan. 
Bozor munosabatlari raqobatning asosida eng avvalo kishilarning 
ehtiyojlariga asoslangan iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ifodalaydi. Xuddi 
shuningdek, iste‘molga, ishlab chiqarish, kommunikasiya va boshqarishga bog‘liq 
manfaatlari ham raqobatning asosini tashkil etadi. 
Raqobatda ishtirokchilar manfaatlari o‘rtasida umumiy uyg‘unlik mavjud 
bo‘lmaydi. Shuningdek, raqiblarning manfaatlari ham bir-biridan farq qiladi. 
Moddiy resurslarning cheklanganligi bois bir tomonning iqtisodiy manfaatlarini 
himoyalash, ikkinchi tomonni cheklashga olib keladi. Shuning uchun ham 



raqiblarning raqobat kurashi olib borish usullari ham farq qiladi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda raqobat subyektlarning o‘zaro to‘qnashuvini 
anglatadi. Raqobat tomonlarning to‘qnashuvidan iborat ekan, albatta nizolarga 
sabab bo‘ladi. Shu bois uni himoyalash, qo‘llab quvvatlash zururdir. 
Bugungi kunda ko‘pchilik adabiyotlar, gazetalar, ilmiy maqolalar va maishiy 
hayotda raqobat so‘zining turlicha tariflarini uchratish mumkin. 
Bellashuv, musobaqalashuv va tomonlarning o‘zaro kurashi so‘zlari 
raqobatning sinonimlari hisoblanadi. Masalan, ayrim mualliflar raqobat 
(competition) va bellashuv (rivalry) so‘zlari o‘zaro sinonim emasligini ta‘kidlab 
o‘tishadi. Ularning fikricha, raqobat faqat bozor munosabatlariga bog‘liq bo‘lib, 
kompaniyalarning o‘zaro faoliyatiga umuman bog‘liq emas. Raqobat so‘zining 
turli tillarda talqin etilishiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, ingliz tilida raqobat 
(competition) so‘zi ham sport musobaqalarida, ham iqtisodiyotdagi bellashuvni 
anglatadi. 
Iqtisodiyotda raqobatni tabiat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikning xususiy 
holi sifatida qarashimiz ham mumkin. Tabiat jonzotlari o‘rtasidagi yashash uchun 
kurashni ham raqobatga tenglashtirish mumkin. Ammo shunisi qiziqki, raqobat har 
doim ham to‘qnashuv yoki bellashuvni anglatmaydi. Masalan, Janubiy Afrika 
savannalarida yovvoyi o‘txo‘r hayvonlar – antilopa, ohu, zebra, buyvollar ozuqa 
uchun o‘zaro kurashadi, nimjon, kasalmand bo‘lgan a‘zolarni podaning chetiga 
surib chiqaradi va tezroq yirtqichlarga yem bo‘lishlariga sharoit yaratib beradi. 
Shuningdek, ular o‘z yirtqichlari bo‘lgan sher, yo‘lbars, chiyabo‘ri va gepardlarga 
qarshi kurashish uchun juda katta podani tashkil ham qiladilar. 
Shu bois iqtisodiyotdagi raqobatni tadbirkorlik, bozor, bozor ishtirokchilari, 
tadbirkorlik subyektlari, firma kabi bazaviy tushunchalar asosida tariflash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. chunki iqtisodiyotdagi raqobat kurashida biologik 
emas, balki ijtimoiy nuqtai nazar va shart sharoitlar asosiy o‘rinda turadi. 
Raqobatning keng tushuncha ekanligi, turli xalqlarning ushbu atamani turli 
mazmunda qo‘llashi bois, uning mohiyatini yoritish bo‘yicha bahs munozaralar 
hanuz davom etmoqda.
Iqtisodiy fanlarda raqobatning yoritilish XV-XVII asrlarda ingliz, fransuz va 
nemis merkantelistlari ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Aynan shu davrdan boshlab Yevropada feodal tuzumdan bozor 
munosabatlari shakllanib boshlagan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab raqobatni o‘rganish iqtisodiy 
faoliyatga asoslangan holda olib borildi. Bunda raqobatni tadbirkorlik, bozor 
ishtirokchilarining hatti-harakatlarini tartibga soluvchi mexanizm, muvaffaqiyat 
qozonishning taktika va modellari sifatida o‘rganishga alohida e‘tibor qaratildi. 
Tadbirkorlik, marketing, menejmentning zamonaviy yondashuvlari ma‘lum 
darajada raqobat tushunchasini qamrab olishga harakat qiladi. 
Iqtisodiy rivojlanishni raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Keng ma‘noda 
qaralganda, barcha sohalarda, iqtisodiyotning barcha jabhalarida kishilar o‘z 
manfaatlarini qondirish uchun kurashadilar, ya‘ni o‘zaro raqobat qilishga 
intiladilar. Har bir iqtisodiyotdagi kabi bozor sharoitida ham kishilarning hohish 
irodasi, malakasi va tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan o‘ziga xos obyektiv 



qonuniyatlar mavjud. 
Raqobat kurashi ma‘lum bir tizimga ega emas, shunga qaramasdan u bozor 
ishtirokchilarining aniq ifodalangan strategiyalariga asoslangan va bu strategiya 
ularni bozordagi qiziqishlarini ximoya qiladi. Uzoq vaqt davomida ―raqobat‖ 
tushunchasi ikki yoki undan ortiq shaxslar(raqiblar)ning yagona maqsad 

yuqori 
foyda olish uchun mustaqil ravishda bir-biri bilan bellashuvi deb qaralib kelindi. 
Bozordagi raqobat bellashuvi masalalariga klassik siyosiy iqtisod 
namoyondalaridan A. Smit
2
, M. Byukenen
3
, E. Chemberlin
4
, L.Valras
5

A.Marshall
6
va boshqalar ko‘proq e‘tibor qaratishgan. Bu iqtisodchilarning baxs-
munozaralari raqobat tushunchasi va uning mohiyatiga, uning harakatlantiruvchi 
kuchi va bozorda narxning shakllanishiga ta‘siriga ko‘proq karatildi. Klassik 
iqtisodiyot namoyondalaridan R. Bertran, shuningdek, xozirgi zamon raqobat 
nazariyasiga o‘z hissasini qo‘shgan O. Xerfindal
7
va boshqalar raqobat 
nazariyasini rivojlantirishdi, raqobatni baholashning muqobil modellarini taklif 
etishdi. 
Raqobat jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarning bozor va harid narxini 
belgilaydi. Raqobat ta‘sirida tovar va xizmatlarning individual qiymati shakllanadi, 
daromadlar hajmining mehnat sarfi bo‘yicha diferensasiyasi yuzaga keladi. 
Tarmoqlararo jihatdan raqobat foydanning o‘rtacha me‘yorini yuzaga keltiradi, 
jamiyat extiyoji uchun eng ahamiyatli va zarur bo‘lgan tarmoqlarga kapital 
oqishini rag‘batlantiradi. Shubxasiz, raqobat bozor uchun xizmat qiladi: qachon, 
qanday va qancha tovar va xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatishni belgilaydi
8

―Raqobat‖ tushunchasi klassik va neoklassik iqtisodiyot nazariyasining asosiy 
kategoriyalaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ham ko‘pgina iqtisodchilarning 
diqqatini tortib kelmoqda va ular tomonidan turlicha talqin etilmoqda. 
A.Smitning ta‘rifi bo‘yicha inson o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylagan paytda, bu 
holat tabiiy, yoki aniqrog‘i, muqarrar ravishda shunga olib keladiki, odam jamiyat 
uchun ko‘proq naf keltiruvchi mashg‘ulotni tanlaydi va shu ish bilan 
shug‘ullanadi, foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi 
faoliyat deb qaraladi. 
2
Адам Смит «Исследование о природе и причинах богатства народов»( Smith Adam. An Inquiry into the 
Nature and Causes of the Wealth of Nations. Vol. 4, Ch. 2, 3)-125с 
3
Бьюкенен Дж. М. Сочинения. Конституция экономической политики. Расчѐт согласия. Границы свободы / 
Нобелевские лауреаты по экономике. Т. 1 / Фонд экономической инициативы. — М.:Таурус Альфа,1997. — 
560 с. https://ru.wikipedia.org 
4
Э. Чемберлин «Теория монополистической конкуренции» (The Theory of Monopolistic Competition) пер. 
с.англ. М.: 2004.–426 с 
5
Л.Вальрас, В.Паретто «Элементы чистой политической экономии» (Elements d‘èconomie politique pure, 
1874) https://ru.wikipedia.org 
6
Alfred Marshall ( 1842—1924) 

ingliz iqtisodchisi, kembrij maktabi vakili, iqtisodiyot fanida yangi klassik 
yo‘nalishi asoschilaridan biri. Asosiy asarlari: ―The pure theory of foreign trade and the pure theory of domestic 
values. - L., 1879‖, ―Iqtisodiyot fani prinsiplari‖ (―Principles of Economics‖, 1890-1891), ―Sanoat iqtisodiyoti 
unsurlari‖ (Elements of the Economics of Industry, 1892), ―sanoat va savdo‖ (Industry and Trade, 1919), Деньги, 
кредит и торговля (Money, Credit and Commerce, 1922). 
7
Херфендалл Оррис Клеменс Orris Clemens Herfindahl (1918-1972) –АҚШ иқтисодчиси, бозорнинг нисбий 
концентрлашуви тушунчасини киритган. 
8
Е. М. Жих, А. П. Панкрухин, В. А. Соловьев. Маркетинг: как завоевать рынок? - Л.: Лениздат,1991.-47-б 



Raqobat muammolariga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning tarifiga uchta 
yondashuv mavjud. Birinchisi raqobat bozorda bellashuv sifatida tavsiflanadi. 
Ikkinchi yondashuv klassik iqtisodchilar uchun xos bo‘lib, raqobat talab va taklifni 
muvozanatga keltiruvchi bozor mexanizmi sifatida talqin etiladi. Uchinchisi 
bozorni o‘rganishning zamonaviy nazariyasiga asoslangan bo‘lib tarmoq 
bozorining turini ifodalovchi mezon sifatida qaraladi.
S.G.Svetunkov raqobat to‘g‘risida quyidagi tariflarni keltiradi: 

monopoliyadan holi sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
baxslashuvidir; 

ikki yoki undan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bellashuvi, raqib 
sifatidagi munosabati bo‘lib, bir-biridan o‘zib ketish orqali yagona maqsad-yuqori 
foyda olish uchun bozordan siqib chiqarishidir; 

bozorda tovar va xizmat ishlab chiqaruvchilarning bozor ulushini egallash 
va yuqori foyda olish maqsadida o‘zaro bellashuvidir
9

S.G. Svetunkov tomonidan keltirilgan tarifga e‘tibor beradigan bo‘lsak, 
monopoliyadan holi sharoit ko‘zda tutilgan. Bizning fikrimizcha monopoliyadan 
holi sharoitni monopoliya cheklangan sharoit deb qabul qilish zarur. Chunki 
monopoliya bozorda raqobatning butunlay yo‘q bo‘lishini bildirmaydi. Shu bilan 
birga barcha subyektlar uchun eng qulay sharoit, eng yuqori daromadga 
qaratilmasligi kerak, chunki iste‘molchi tovar va xizmatlar uchun ma‘lum qiymatni 
belgilaydi. 
A.Yu. Yudanovning fikricha raqobat – iste‘molchilarning to‘lovga qodir 
cheklangan talabi uchun bellashuvdir. Muallifning fikricha bu tarif bir qator 
muhim jihatlarga ega. Birinchidan: gap bozor raqobati xaqida ketmoqda, ya‘ni 
raqobat-bozordagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faqatgina o‘z tovar va 
xizmatlarini iste‘molchilar uchun siljitish jarayonida sodir bo‘ladigan bellashuvdir. 
Ikkinchidan raqobat iste‘molchilarning to‘lovga qodir cheklangan extiyoji uchun 
olib boriladi, agarda iste‘molchi talabi biror bir subyekt tovar yoki xizmati bilan 
qondirilsa, qolganlari o‘z-o‘zidan taklif qilish imkoniyatidan maxrum bo‘lishadi. 
Uchinchidan raqobat faqat bozorning kirib borish mumkin bo‘lgan segmentida 
rivojlanadi
10

P.S. Zavyalovning fikricha ―Raqobat – bozor muhitining ajralmas qismidir. 
Rivojlangan bozor raqobatsiz mazmunga ega emas. Bundan raqobatni 
o‘rganishning ahamiyati, darajasi va jadalligi, bozor imkoniyatlarini bilish darajasi, 
tanlangan bozorda bellashuvning kelajagini anglash kelib chiqadi
11

I.M.Kirsner o‘zining raqobat va tadbirkorlikka bag‘ishlangan kitobida shuni 
ta‘kidlaydiki, bugungi kundagi ortodoksal raqobatni ―vaziyat‖ sifatidan ko‘ra 
―jarayon‖ sifatida talqin etadi. Uning fikricha, raqobat bozor jarayonining raqobat 
9
Информационное обеспечение управления конкурентоспособностью / Под. ред. С.Г. Светунькова. –
Энциклопедия маркетинга http://marketing.spb.ru/read/m19/index.htm. 
10
Юданов А.Ю. Конкуренция: теория и практика: Учеб. – практ. пособие. 3-е изд., испр. и доп. – М.: 
Казаков: Гном и Д, 2001. – 29-30 с 
11
Завьялов П.С. Конкурентоспособность и маркетинг. Российский экономический журнал. – 1995. - № 12. с. 
50-55 http://www.dis.ru/market/arhiv/1995/12/3.html. 


10 
xususiyatini o‘rganish bilan bog‘liq va zarur bo‘lganda raqobat mezonlarini ishlab 
chiqish kerak
12

Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha subyektlarni 
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat bozor subyektlari 
iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lgan yuqori foyda va ko‘proq 
naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasidagi sarflangan xarajatlarning har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish 
uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish 
doiralari, ya‘ni qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi 
kuchi manbalari uchun ular orasidagi kurash bo‘ladi
13
.
Raqobat eng avvalo iqtisodiy hodisa hisoblanadi va uning asosini xo‘jalik 
subyektlari orasidagi iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Raqobat o‘zini xo‘jalik 
subyektlari orasida oddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabat sifatida namoyon etadi. 
Raqobat orqali iqtisodiyotda tabaqalashuv yuzaga keladi, ya‘ni raqobatda 
yutib chiqkanlar iqtisodiy jihatdan baquvvat bo‘lib ketsalar, yutkazganlar esa 
iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib koladilar va ko‘pincha yirik korxonalar 
tarkibiga qo‘shilib ketadilar yoki umuman yo‘q bo‘lib ketadilar. 
Raqobatning ham ijobiy, ham salbiy jihatlari mavjud. Raqobatning ijobiy 
tomonlari u resurslarni samarali taqsimlanishiga va tadbirkorlik faoliyatining 
rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, raqobatda iste‘molchilar talabi asosiy o‘rin 
tutganligi sababli resurslarning iste‘molchilar talabi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish 
tarmoqlariga yo‘nalishiga xizmat qiladi. 
Raqobat tadbirkorlarni yangi texnologiyalarni jalb etishga undaganligi 
sababli ilmiy-texnikaviy rivojlanishga turtki bo‘ladi. Bundan tashqari, raqobatning 
eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bunda eng asosiy e‘tibor 
tadbirkorlarning shaxsiy mustaqilligiga qaratiladi. Faqat raqobatgina iqtisodiy 
faoliyatni ma‘muriy boshqarishsiz ham muvofiqlashtirishi mumkin va bu 
tadbirkorlar manfaatlarini to‘laroq qondirishga imkoniyat yaratib beradi. 
Raqobatning salbiy tomonlari sifatida shuni aytish mumkinki, raqobat 
bozorda muvozanatni yuzaga keltirishi yoki o‘zi uni buzib qo‘yishi mumkin. 
Chunki talab va taklifning o‘zgarishiga qarab narxlarning tuxtovsiz o‘zgarib turishi 
bozordagi subyektlarning mavqyelarini bir maromda saqlab turishlariga imkon 
bermaydi. 
Shuningdek, raqobatning mavjudligi tadbirkorni foyda olish va bozorda o‘z 
mavqyeni saqlab kolish maqsadida shunday metodlardan foydalanishga majbur 
etadiki, bu o‘z navbatida tabiiy resurslardan nookilona foydalanishga, o‘z raqibini 
obro‘sizlantirishga, iste‘molchilarni chalg‘itishga olib kelishi mumkin. 
Raqobat

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin