321
O’quvchilar javobi tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kartonga yozib
boriladi.
Tarmoqlash bahor faslining ko’rinishini eslatadigan shaklda ham bo’lishi
mumkin.
2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat.
− Bahor faslida qaysi bayramlar nishonlanadi?
− Siz qaysi bayramni juda yaxshi ko’rasiz?
3. O’quvchilarga bahor haqida yod olingan she’rlardan ayttiriladi.
O’qituvchi o’quvchi bilan bo’lgan suhbatni umumlashtiradi:
Bahor - yaxshi
kayfiyat, mehnat qilishga ishtiyoq uyg’otadigan fasl. SHuning uchun qadimdan
shoir va yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozgan.
SHunday yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir. Siz bu yozuvchi haqida
oldingi darslarimizda eshitgansiz.
− Eslang. Yozuvchining qaysi asaridan parcha o’qigansiz? O’sha parcha nima
deb nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va yomonlik,
bilimdonlik va nodonlik haqida).
− Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridan yana bir parcha o’qiymiz.
O’ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo’lishi mumkin? Xattaxtaga mavzu va o’quv
materiali nomi yoziladi:
Dostları ilə paylaş: