320
Ilmiy-ommabop asarlarni o`tish darsi ishlanmasi namunasi:
Mavzu.
Bahor shabadasi.
O’quv materiali.
Bahor taorifida
(Yusuf Xos Hojib).
Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va
ijodi haqida maolumot berish,
bahorning uyg’onish fasli ekanligi, o’quvchilarning tabiatdagi o’zgarishlar haqidagi
bilimlarini boyitish.
2. Bahor faslini qadrlash va sevish hissini tarbiyalash.
3. O’quvchilarning o’qish malakalarini yanada rivojlantirish, o’quvchilar
lug’atini
nasim, turdosh, chin, sabo, havo
so’zlari
bilan boyitish, iboralarning
maonosini
izohlash, savol-topshiriqlar ustida ishlash.
Dars turi:
yangi bilim beruvchi, ilmiy-ommabop asarlarni o’qish darsi.
Darsning metodi:
izohli o’qish, suhbat, tarmoqlash metodi.
Darsning jihozi:
bahor fasli, tabiati tasvirlangan rasmlar, predmet rasmlari:
qushlar, gullar, hayvonlar rasmi.
Darsning borishi:
I. O’quvchilarni yangi o’rganiladigan mavzuga tayyorlash.
Quyidagi topishmoq aytiladi, o’quvchilar uning
nima haqida ekanini va
javobini topadi:
Ilon izli yorug’ nur
Bulutlarni quchadi.
Jarangdor ovozidan
Eru osmon ko’chadi.
(CHaqmoq)
Savollar beriladi:
− Topishmoqni topishda sizga qaysi so’zlar yordam berdi?
− Bu so’zlar qaysi fasl taorifida aytiladi?
1. Aqliy hujum.
− Bahor faslini qanday so’zlar bilan taoriflash mumkin?
321
O’quvchilar javobi tarmoqlash usulida har xil ranglar bilan kartonga yozib
boriladi.
Tarmoqlash bahor faslining ko’rinishini eslatadigan shaklda ham bo’lishi
mumkin.
2. Bahor faslidagi tarixiy sanalar haqida suhbat.
− Bahor faslida qaysi bayramlar nishonlanadi?
− Siz qaysi bayramni juda yaxshi ko’rasiz?
3. O’quvchilarga bahor haqida yod olingan she’rlardan ayttiriladi.
O’qituvchi o’quvchi bilan bo’lgan suhbatni umumlashtiradi:
Bahor - yaxshi
kayfiyat, mehnat qilishga ishtiyoq uyg’otadigan fasl. SHuning uchun qadimdan
shoir va yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozgan.
SHunday yozuvchilarimizdan biri Yusuf Xos Hojibdir. Siz bu yozuvchi haqida
oldingi darslarimizda eshitgansiz.
− Eslang. Yozuvchining qaysi asaridan parcha o’qigansiz? O’sha parcha nima
deb nomlangan edi? Unda nima haqida hikoya qilingan edi? (Yaxshilik va yomonlik,
bilimdonlik va nodonlik haqida).
− Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridan yana bir parcha o’qiymiz.
O’ylang. Bu parcha qaysi mavzuda bo’lishi mumkin? Xattaxtaga mavzu va o’quv
materiali nomi yoziladi:
Dostları ilə paylaş: