O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


 Amir Temur, Alisher Navoiyning hikmatlaridan aytish



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   416
8. Amir Temur, Alisher Navoiyning hikmatlaridan aytish.
Ularning bu 
hikmatlari maqollar darajasiga ko ‘tarilganini qayd etish.
9. Vaqtga qarab ”Kim ko ‘p maqol aytadi?” tez aytish musobaqasi. 
4-bosqich. Darsni yakunlash.(2-3 daqiqa)
1. Darsda o ‘rganilganlarni 
umumlashtirish.
*Maqollarni kim yaratar ekan? ( Maqollarni dono xalqimiz 
yaratgan. Ularda katta ma ‘no bor. Ba ‘zan yozuvchilar, olimlarning ayrim gaplari 
maqollarga aylanib ketishi mumkin. Masalan, Qatra-qatra yig ‘ilib daryo bo ‘lur. 
Oz-oz o ‘rganib dono bo ‘lur. (Alisher Navoiy) *Maqollar tuzilishiga ko ‘ra nimaga 
o ‘xshaydi? (She ‘rga) *Maqollarning oxirida qanday so ‘lar keladi? (ohangdosh so 
‘zlar) 
2. Uyga vazifa.
Maqollarni yod olish. Ularning mazmuniga mos o ‘rganilgan 
asarlarni aniqlash. ”Qari bilaganni – pari bilmas” maqolining ma ‘nosini ota-
onangizdab so ‘rab bilib keling. Maqollar yod olish uchun qo ‘shimcha adabiyot: 
”Gulgina”, kichkintoylar uchun. 1-jild.122-125-betlar; 252-256-betlar. 2-jild. 33-
38-betlar; 273-279-betlar. Toshkent, ”Yangi nashr” nashriyoti, 2010.
3. O ‘quvchilarni rag`batlantirish. 


315 
Xulosa qilib aytganda, topishmoq, qo’shiq, maqollar o’quvchilarning aqliy 
o’sishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ularda dono xalqi bilan faxrlanish
va ularga munosib farzandlar bo’lishga undaydi. 
Doston o’qish metodikasi 
O’zbek xalqi og’zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og’zaki ijodning qadimdan 
shakllangan janri 
doston
dir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan 
hisoblanadi. 
«Doston»
so’zi «
qissa», «hikoya», «taorif», «maqtov», «shon-
shuhrat», «sarguzasht»
maonolarida ishlatiladi. U adabiy atama sifatida yirik 
hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og’zaki ijodida shakllangan bu janr 
keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o’rin tutgan. 
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham 
baxshi, oqin, shoir
nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va nasriy 
parchalardan iborat bo’lib, mavzusiga ko’ra xilma-xildir. Xalq dostonlari quyidagi 
turlarga bo’linadi: 
1. Qahramonlik dostonlari.
2. Jangnoma dostonlar.
3. Ishqiy-romantik dostonlar.
4. Tarixiy dostonlar.
5. Kitobiy dostonlar. 
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo 
bo’lishiga sabab bo’lgan. 
«Alpomish», «Yodgor» 
kabi xalq qahramonlik 
dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo’lishiga qaramay, ularning 
asosini xalq hayoti va kurashi, uning orzu-armonlari tashkil etadi. Xalqqa xos 
insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, mehnatsevarlik, do’stlik va 
sadoqat kabi oliyjanob fazilatlar xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida 
mujassamlashgan. 
Boshlang’ich sinf o’qish darsliklarida doston janriga kam o’rin berilgan. 3-sinf 
«O’qish kitobi» da 
«Alpomishning bolaligi»
dostonidan parchalar berilgan bo’lsa, 
4-sinfda Yusuf Xos Hojibning 
«Odamdan nima qoladi»
dostonidan parcha
keltirilgan. 


316 
3-sinfda o’quvchilarga doston haqida beriladigan maolumot 
«Alpomishning 
bolaligi»
dostoniga bog’liq holda bayon etiladi. Darsda o’qituvchi doston haqida 
quyidagi maolumotlarni beradi: 
«Doston ham xalq og’zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti, kurashi 
va orzu-umidlari aks etadi. O’zbek xalq dostonlarida voqea-hodisalar she’riy va 
nasriy yo’l bilan ifoda qilinadi, qahramonlarning xususiyatlari, xulq-atvori, ichki 
kechinmalari va harakati baozan baxshi nutqida, baozan dostonda qatnashuvchilar 
nutqida aks etadi. Dostonlarda voqealar maolum tartibda beriladi: avval 
qahramonlarning yoshlik chog’lari, xulq-atvori, keyin voqealar hikoya qilinadi». 
Boshlang’ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan, 
qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni 
qahramonlikka, Vatanga sadoqatli bo’lishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-sinf 
darsligidan o’rin olgan 
«Rustamxon», «Alpomish»
dostonlari xalq og’zaki ijodi 
mahsuli bo’lganligi uchun muallif haqida maolumot berilmaydi. Faqat bu dostonlar 
o’rganiladigan darslarda dostonni qo’shiq qilib aytadigan baxshilar haqida 
maolumot berish mumkin. 
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hayotiga 
alohida eotibor qaratiladi. Dostondagi mubolag’a, favqulodda yuz beradigan 
vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa 
chiqarishda o’quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishlari uchun sharoit yaratiladi.
4-sinfda 
Yusuf Xos Hojibning
«Odamdan nima qoladi»
nomli doston 
o’rganiladi. Bu dostonni quyidagi tartibda o’rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va to’ldiriladi.
2. Dostonni o’qishdan oldin uning muallifi - Yusuf Xos Hojib haqida maolumot 
beriladi. 
3. O’qituvchi dostonni ifodali o’qib beradi. 
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o’tkaziladi. Suhbatda o’quvchilarga 
quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: «Doston nimalar haqida ekan?», 
«Dostonni o’qish orqali nimalarni bilib oldingiz?» va hok.
5. Doston qismlarga bo’linib, o’quvchilarga o’qitiladi.


317 
6. Doston mazmuni to’liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir o’quvchi 
mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o’quvchi ketma-ket davom ettirishi 
mumkin. 
7. Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga e`tibor 
qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, dostonning ba`zi 
epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish kabi ish turlaridan 
foydalaniladi. 
8. Umumlashtiruvchi suhbat o’tkaziladi. Bunda dostondagi muhim gaplarni, 
fikrlarni o’quvchilar qanday tushunganliklari so’raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o’rganish darsining qurilishi 
quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1. Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda o’qitilishiga 
mos ravishda ish turlari tanlanadi). 
2. Dostonni o’quvchi ifodali o’qishi yoki baxshi aytganini eshittirish. 
3. Dostonni qismlarga bo’lib o’qish. 
4. Doston mazmunini tahlil qilish. 
5. Dostonda o’quvchilar tushunishi qiyin bo’lgan so’z va so’z birikmalarining 
maonosi ustida ishlash. 
6. Dostondagi badiiy sanoatlar ustida ishlash. 
7. Dostonni qismlarga bo’lish va reja tuzish. 
8. Dostonni to’liq qayta hikoyalash. 
9. Umumlashtiruvchi suhbat.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin