318
bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o’rgatishdan
iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi maqolalarni o’qish bilan bog’liq
holda tabiat hodisalarini kuzatish
(masalan, daraxt kurtaklarining bo’rtishi)
,
o’quvchilarni dehqonlar
mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan
o’zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo’lgan insonlar bilan uchrashuvlar
uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti,
mardonavor kurashi, ulug’ siymolar
amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar
to’g’risida bilim beradi. O’qish darsliklaridan o’rin olgan
Beruniy, Ibn Sino, Amir
Temur, Alisher Navoiy, Bobur
va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular
jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o’quvchilarni nafaqat o’tmishimiz
bilan
tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va masouliyatni teran
anglashga ham yordam beradi. O’quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg’usi shu tariqa
shakllanadi.
Vatanimiz o’tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan
tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’tmish bilan bugungi kunni
taqqoslash imkoniga ega bo’ladilar. Jamiyat tarraqqiyoti haqida qisqacha bo’lsa-da,
tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog’liq mavzudagi
asarlar tahliliga alohida eotibor berish zarur.
1-sinf dasturida o’qish bilan bog’liq holda kuzatish, sayohat darslari
mo’ljallanadi. Masalan, yil fasllarida
mavsumiy tabiat hodisalari
(ob-havoning
o’zgarishi, o’simlik va hayvonlarning hayoti)
ni, shuningdek, dala mehnatini
kuzatish uchun tabiatga
(dala, bog’, xiyobonlarga)
sayohat uyushtirish ko’zda
tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar
va kishilarning mehnati
yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko’rgazma sifatida o’quv kinofilьmlaridan ham foydalanish
mumkin.
Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog’lab o’qitish
kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan
319
Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi;
o’quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar
turmushi mehnat tufayli
rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko’ra 3-sinf o’quvchilari
«Toshkentim - onam»,
«Ona Vatan»
mavzusidagi maqolalarni, 4-sinfda esa «
Mangulikka tatigulik kun» (Safar Barnoyev)
asarini o’qish orqali o’tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi
tarraqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va
kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga,
bolalarni Vatanga, xalqqa, ona
tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o’qish darsini uyushtirishda quyidagicha
reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O’qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni
matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o’tkazish.
2. Maqolani yoki uning maolum bir qismini o’qish, o’quvchiga notanish
bo’lgan so’zlar maonosi ustida ishlash.
3. Maqola rejasini tuzish.
4. O’qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o’qish.
7. Maqolani yaxlit o’qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va
maqola mazmunini yaxshi o’zlashtirishlariga erishish maqsadi ko’zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop maqolalarni uzviy birlikda o’rganish o’quvchilarning har bir
mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o’rtasidagi umumiylikni, har
bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini taominlaydi.
Ular bolalarni
kelgusida gazeta va jurnallarni o’qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy,
tabiatshunoslik atamalarini o’zlashtirishga yordam beradi,
ularning mantiqiy
tafakkurini va nutqini o’stiradi.
Dostları ilə paylaş: