325
Latifa
xalq og’zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo’lib, nozik, mayin
kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o’rtasida
«afandi» deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan
bog’liq holda yaratiladi, ixcham syujetga ega bo’ladi. Latifalarning eng muhim
xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Latifa matni ustida ishlashda ham hikoya matni ustida ishlashda qo’llangan
usullardan foydalanish mumkin. Lekin bunda latifa janrining o’ziga xos jihatlariga
ham ahamiyat qaratish lozim.
1-sinf “O’qish”darsligida «Uyqum qochib ketdi», «Tuya eshikdan sig’maydi»
kabi latifalar keltirilgan bo’lsa, 3-sinfda «Latifalar» mavzusi ostida bir necha
latifalar berilgan. Latifalar ustida ishlaganda ularda tanqid qilingan illatlar haqida
alohida to’xtalib o’tish, o’quvchilarga yaxshi fazilatli bo’lish kerakligini uqtirib
o’tish kerak. Umuman olganda, latifalar orqali ham o’quvchilarni tarbiyalab borish
lozim.
Dostları ilə paylaş: