O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   416
Tez aytishlar
maolum so’zni, so’z birikmasini yoki tovushni to’g’ri talaffuz 
qilishga, 
uni 
boshqa 
tovushlardan farqlashga o’rgatadigan, xotirani 
mustahkamlaydigan va nutqni o’stiradigan janr hisoblanadi. SHu sababli 1-sinfda 
ko’pgina tez aytishlar keltirilgan. Masalan, 
«Botir botmas botqoqqa», «Qobil 
qozonda qovurdoq qovurdi», «Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Bahodirga 
bayroqni berdimi?», «Olim oldidagi oltita olmani oldi»
va boshq. 
SHuni alohida taokidlab o’tish kerakki, boshlang’ich sinf darsliklariga 
o’quvchilar yoshiga mos, mavzular bo’yicha tanlab olingan, ko’proq tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo’lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga 
muvofiqdir.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o’rganish boshlang’ich sinflarda dastlab 
har bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dars sifatida o’rganishda esa 
o’qituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin. 
TOPISHMOQ O’TISH DARSI NAMUNASI: 
Mavzu.
Topishmoqlar. 


326 
Darsning maqsadi:
1. O’quvchilarga topishmoqlarning janriy xususiyatlari 
haqida maolumot berish. Ularning topishmoqni ifodali o’qish, javobini tez topish 
malakalarini oshirish, ziyraklikka o’rgatish. 
2. O’quvchilarning muomala madaniyatini oshirish. 
3. O’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ijodiy 
faoliyatga yo’llash. 
Darsning turi: 
yangi bilim beruvchi, topishmoq o’qish darsi. 
DARSNING BORISHI: 
I. Daovat bosqichi.
Maqsad:
o’quvchilarning topishmoq haqidagi 
tushunchalarini aniqlash, yangi mavzuga qiziqish uyg’otish. 
Metod:
suhbat, izlanish metodi. 
O’qituvchi xattaxtaga osmondagi yulduzlar, yong’oq, yer yong’oq, arra 
rasmlarini ilib qo’yadi va quyidagi topishmoqni yozadi:
Tunda ko’rib, cho’g’ deysan, 
Tongda ko’rib yo’q deysan. 
Savol-topshiriqlar beriladi: 
− SHu rasmlar ichidan topishmoqning javobini toping. 
− Qaysi so’zlar orqali topishmoqlarning javobi “yulduz” ekanini bildingiz? 
Xattaxtaga 2-topishmoq yoziladi:
Qo’shaloq tovoq,
Ichi to’la yog’. 
− Qaysi belgilariga ko’ra topishmoqning javobini topdingiz?
3-topishmoq yoziladi: 
Pilla kabi bo’g’indor, 
Har bo’g’inda mag’zi bor. 
− Yer yong’oqning qaysi belgilari topishmoqda keltirilgan? 
4-topishmoq: 
Og’zi yo’g’-u tishi bor,
Duradgorda ishi bor. 
− Javob qaysi so’zlar orqali topdingiz?


327 
O’qituvchi: 
− Topishmoqlarni topishda sizga nimalar yordam berdi? 
− Topishmoqda narsaning belgilarini ifodalovchi so’zlar bo’ladi. 
− Topshimoqlarda ko’pincha kim?, nima? so’zlariga javob bo’ladigan 
so’zlar yashirinadi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin