329
3-guruh uchun krossvord:
Bo’yiga
1. Pishirsang osh bo’lur,
Pishirmasang qush bo’lur.
3. Gulsiz
meva qiladi,
Ko’p yesang − til shiladi:
G’ir-g’ildirak oy kulcha,
Bu nima, kim biladi?
4. CHopsa chopilmaydi,
Ko’msa ko’milmaydi.
5. Bodom kabi yaprog’i,
Sollanadi butog’i,
O’zi shirin, tukligina,
Mazasi ham totligina.
Eniga
2. Ikki ajib qulog’i bor:
Biri tinglar, biri so’zlar.
6. O’zi qizil, go’zal biram,
Qirga yozar qizil gilam.
7. Pak-pakana bo’yi bor,
Yetti qavat to’ni bor.
Javoblar:
1. Tuxum. 3. Anjir. 4. Soya. 5. SHaftoli. 2. Telefon trubkasi. 6. Lola.
7. Piyoz.
III. Fikrlash bosqichi.
Maqsad:
Darslikdagi savol-topshiriqlarga javob
olish orqali egallangan
bilimlarni aniqlash, o’yinlar orqali ijodiy izlanish ko’nikmasini shakllantirish.
1. Darslikdagi savol va topshiriqlar ustida ishlash:
− Topishmoqlarni kim yaratgan?
− Topishmoqlar qadimda nima deb nomlangan?
330
− Topishmoqning qanday foydasi bor?
− O’zingiz qanday topishmoqlar bilasiz?
2. O’quvchilar
bir necha qatorlarga ajratilib, o’yin uyushtiriladi:
qator
boshliqlari o’quvchilarga biror narsa rasmini beradi, o’quvchi rasmga oid topishmoq
aytadi. Bir o’quvchi aytolmasa, orqadagi o’quvchiga uzatadi. O’quvchilarning
o’zlariga “SHunga doir topishmoqni o’zingiz to’qishingiz ham mumkin” deb
aytiladi. Qaysi qator
topishmoqni birinchi aytsa, o’sha g’olib sanaladi.
3. Uyga vazifa.
Darslikda o’qilmagan yangi topishmoqlar topib, daftarga yozib
kelish.
4. O’quvchilarni rag’batlantirish va darsni yakunlash.
Dostları ilə paylaş: