O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   416
Gapni o`rganish bosqichlari.
Boshlang’ich sinflarda sintaksis yuzasidan 
beriladigan bilimlar 
amaliy o’rganiladigan
va 
nazariy o’rganiladigan
bilimlarga 
bo’linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o’rganish savod o’rgatish davridayoq 
boshlanadi va bu gapni amaliy o`rganish bosqichi sanaladi. 1-va 4-sinflarda gap 
elementar nazariy o`rganila boshlaydi. Bu sinflarda 
“Gap”, “Darak gap”, “So’roq 
gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo’laklari”, “Gapning uyushiq 
bo’laklari”, “Undalmali gaplar”
mavzulari nazariy o’rganiladi.


515 
Gapni o`rganish izchilligi. 
“Gap” mavzusi barcha sinflarda o’rganiladi. 
Gapning belgilari haqidagi bilimlar muayyan izchillikda sinflar kesimida 
chuqurlashtirib boriladi. O’quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi 
elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari, gapda 
so’zlarning bog’lanishi, gapning uyushiq bo’laklarini, undalmali gaplarni 
o’rganishga o’tadilar. 
1. Gap ustida ishlashning boshlang’ich amaliy bosqichi savod o’rgatish davriga 
to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, 
tugallangan ohang bilan aytilishi), gapning so`zlardan tuzilishi bilan tanishadilar. 
SHuning uchun ham savod o’rgatish davrida gapning bosh bo’laklari ustida kuzatish 
o’tkazgan ma`qul. 
Savod o`rgatish davrida gap haqidagi amaliy tushuncha o`qituvchining 
namunasi asosida reproduktiv metodda beriladi. O`qituvchining 
“Siz qayerda 
o`qiysiz”, “Maktabda nimalarni o`rganasiz?” 
degan savol gaplari o`quvchilar 
uchun namuna bo`ladi. Ular o`qituvchining gapi qurilishidan nusxa ko`chirib javob 
beradilar: “
Biz maktabda o`qiymiz. Darsda o`qish va yozishni o`rganamiz”.
O`qituvchi o`quvchilar bilan qilgan savol-javobi asosida gap haqida tushuncha 
beradi: 
-Men sizga savol berdim. Men bergan savol gap. (Gapning nusxasi doskaga 
chizib ko`rsatiladi.) 
-Siz javob berdingiz. Sizning javobingiz ham gap. (Gapning nusxasi doskaga 
chizib ko`rsatiladi.) 
Doskada quyidagi gap nusxalari shakllanadi: 
__________________? - ________________. 
__________________? - ________________. 
Nusxa asosida gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanishi, 
tugashida gapning mazmuniga qarab nuqta, so`roq belgilari qo`yilishi izohlanadi. 
Bosh va kichik harflar bilan tanishganlaridan so`ng gapning birinchi so`zi bosh har 
bilan yozilishi o`rgatiladi. 


516 
Savod o`rgatish davrida gap haqidagi amaliy tushunchalar kengayib boradi. 
“So`z” tushunchasi hosil qilngach gapning so`zlardan tuzilishi o`rgatiladi. 
Savod o1rgatish jarayonida o`quvchilar gapning bosh bo’laklarini kuzatish 
bilan o’z fikrlarini aniq ifodalashga o’rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish 
ko’nikmasi shakllanadi. Gapni o’rganish meoyoriga qarab uning tarkibiy qismlari, 
xususan, so’z haqidagi tasavvuri aniqlashadi. 
Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan sintaktik material kam bo’lsa ham, butun 
o’quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab 
boriladi. 
Gap nazariy o`rganiladigan bosqichda, dasturga ko’ra, 1-sinfda o’quvchilarga 
gap haqida elementar nazariy tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, 
gap so’zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma`lum tinish belgilari qo’yilishi haqida 
amaliy ma`lumotlar beriladi. 
1-sinfda o`quvchilar quyidagilarni bilib oladilar: 
- gapning tugallangan mazmun bildirishini; 
-gapning so`zlardan tuzilishini; 
-gapning bosh harf bilan yozilishini; 
-gapni tinish belgilariga mos ohangda o`qishni; 
-gapni so`zlarning muayyan tartibda joylashishini (konstruktiv mashq); 
-gaplarni so`z qo`shib kengaytirib yozishni; 
- gap mazmuniga mos holda tinish belgilarini qo`yishni; 
-aralash berilgan gaplarni tartiblashtirib matn hosil qilishni; 
-uzluksiz matnni gaplarga ajratishni; 
- ko`rganlari va kuzatganlari hamda rasm asosida ijodiy gap tuzishni; 
-o`qib berilgan matnni gaplarga ajratib yozishni. 
-gapning kim yoki nima haqida aytilgan so`zni so`roqlar asosida aniqlashni 
(Gap kim haqida aytilgan? Gap nima haqida aytilgan?) Bu o`quvchilarni 3-sinfda 
ega bilan tanishtirishga zamin hozirlaydi. 
2-sinfda ham o’quvchilar gap haqida amaliy tushunchalar oladilar. Ular gapdan 
shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan 


517 
so’zni ajratishga o’rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana 
shundan boshlanadi va bu bosh bo’laklarni o’rganishga asos bo’ladi. 
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O’quvchilar gapni amaliy 
o’rganishdan tushuncha sifatida o’rganishga o’tadilar. Ular gapning muhim 
belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda gap, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning 
ta`rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so’zlarning bog’lanishiga 
katta e`tibor beriladi. O’quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, 
ikkinchi darajali bo’laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so’z (hokim va tobe so’z)ni, 
so’zlarning grammatik jihatdan, ya`ni qo’shimchalar orqali bog’lanishni bilib 
oladilar. 
4-sinfda gapning uyushiq bo’laklarini o’rganish bilan gap bo’laklari haqidagi 
bilim kengaytiriladi. Fikr qaratilgan shaxsni bildirgan so`z - undalma haqida 
ma`lumotga ega bo`ladilar. 
SHunday qilib, o’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish gapni 
o’zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari 
gap bo’laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga 
bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga 
ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning 
mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, 
asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa 
bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi. 
Ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyatini ochish uchun o’quvchilar gapni 
tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo’lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini 
aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig’iq gapni 
yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko’rinadi. Masalan, o’quvchilar 
“Qaldirg’ochlar uchib keldi”
gapini yozadilar. Fikrni to’liq ifodalash uchun gapga 
qaerga?
va 
qachon?
so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni qo’yish topshiriladi. 
O’quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo’lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni 
yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar. 


518 
O’quvchilarda gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasini 
shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko’nikmalar qatoriga kiradi. So’z birikmasi 
gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang’ich sinflarda uning muhim belgilari idrok 
qilinadi. “So’z birikmasi” atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta`rifi berilmaydi. 
Ammo kichik yoshdagi o’quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib 
olishlari zarur: 
1. So’z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog’langan ikki qism 
bo’ladi. Masalan, 
“Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar”
gapida ikkita so’z 
birikmasi bor: 1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar.
2. So’z birikmasida bir so’z hokim ikkinchi so’z tobe bo’ladi. Hokim so’zdan 
tobe so’zga so’roq beriladi, tobe so’z shu so’roqqa javob bo’lgan so’zdir. Masalan, 
(Qanday?) Iqtidorli o’quvchilar (qaerga?) to’garakka aozo bo’ldilar.
Ega va kesim 
so’z birikmasini emas, gapni hosil qiladi. 
Gap tarkibidagi so’z birikmalarni ajratish ko’nikmasi uzoq mashq davomida 
shakllantirilib boriladi. Buning uchun o’quvchilarning so’z birikmasidan bir 
so’zning boshqa so’zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan 
foydalaniladi: 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin