Gapni o`rganish bosqichlari.
Boshlang’ich sinflarda sintaksis yuzasidan
beriladigan bilimlar
amaliy o’rganiladigan
va
nazariy o’rganiladigan
bilimlarga
bo’linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o’rganish savod o’rgatish davridayoq
boshlanadi va bu gapni amaliy o`rganish bosqichi sanaladi. 1-va 4-sinflarda gap
elementar nazariy o`rganila boshlaydi. Bu sinflarda
“Gap”, “Darak gap”, “So’roq
gap”, “Buyruq gap”, “His-hayajon gap”, “Gap bo’laklari”, “Gapning uyushiq
bo’laklari”, “Undalmali gaplar”
mavzulari nazariy o’rganiladi.
515
Gapni o`rganish izchilligi.
“Gap” mavzusi barcha sinflarda o’rganiladi.
Gapning belgilari haqidagi bilimlar muayyan izchillikda sinflar kesimida
chuqurlashtirib boriladi. O’quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi
elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari, gapda
so’zlarning bog’lanishi, gapning uyushiq bo’laklarini, undalmali gaplarni
o’rganishga o’tadilar.
1. Gap ustida ishlashning boshlang’ich amaliy bosqichi savod o’rgatish davriga
to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi,
tugallangan ohang bilan aytilishi), gapning so`zlardan tuzilishi bilan tanishadilar.
SHuning uchun ham savod o’rgatish davrida gapning bosh bo’laklari ustida kuzatish
o’tkazgan ma`qul.
Savod o`rgatish davrida gap haqidagi amaliy tushuncha o`qituvchining
namunasi asosida reproduktiv metodda beriladi. O`qituvchining
“Siz qayerda
o`qiysiz”, “Maktabda nimalarni o`rganasiz?”
degan savol gaplari o`quvchilar
uchun namuna bo`ladi. Ular o`qituvchining gapi qurilishidan nusxa ko`chirib javob
beradilar: “
Biz maktabda o`qiymiz. Darsda o`qish va yozishni o`rganamiz”.
O`qituvchi o`quvchilar bilan qilgan savol-javobi asosida gap haqida tushuncha
beradi:
-Men sizga savol berdim. Men bergan savol gap. (Gapning nusxasi doskaga
chizib ko`rsatiladi.)
-Siz javob berdingiz. Sizning javobingiz ham gap. (Gapning nusxasi doskaga
chizib ko`rsatiladi.)
Doskada quyidagi gap nusxalari shakllanadi:
__________________? - ________________.
__________________? - ________________.
Nusxa asosida gapning boshlanishi burchakli chiziq bilan belgilanishi,
tugashida gapning mazmuniga qarab nuqta, so`roq belgilari qo`yilishi izohlanadi.
Bosh va kichik harflar bilan tanishganlaridan so`ng gapning birinchi so`zi bosh har
bilan yozilishi o`rgatiladi.
516
Savod o`rgatish davrida gap haqidagi amaliy tushunchalar kengayib boradi.
“So`z” tushunchasi hosil qilngach gapning so`zlardan tuzilishi o`rgatiladi.
Savod o1rgatish jarayonida o`quvchilar gapning bosh bo’laklarini kuzatish
bilan o’z fikrlarini aniq ifodalashga o’rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish
ko’nikmasi shakllanadi. Gapni o’rganish meoyoriga qarab uning tarkibiy qismlari,
xususan, so’z haqidagi tasavvuri aniqlashadi.
Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan sintaktik material kam bo’lsa ham, butun
o’quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab
boriladi.
Gap nazariy o`rganiladigan bosqichda, dasturga ko’ra, 1-sinfda o’quvchilarga
gap haqida elementar nazariy tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi,
gap so’zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma`lum tinish belgilari qo’yilishi haqida
amaliy ma`lumotlar beriladi.
1-sinfda o`quvchilar quyidagilarni bilib oladilar:
- gapning tugallangan mazmun bildirishini;
-gapning so`zlardan tuzilishini;
-gapning bosh harf bilan yozilishini;
-gapni tinish belgilariga mos ohangda o`qishni;
-gapni so`zlarning muayyan tartibda joylashishini (konstruktiv mashq);
-gaplarni so`z qo`shib kengaytirib yozishni;
- gap mazmuniga mos holda tinish belgilarini qo`yishni;
-aralash berilgan gaplarni tartiblashtirib matn hosil qilishni;
-uzluksiz matnni gaplarga ajratishni;
- ko`rganlari va kuzatganlari hamda rasm asosida ijodiy gap tuzishni;
-o`qib berilgan matnni gaplarga ajratib yozishni.
-gapning kim yoki nima haqida aytilgan so`zni so`roqlar asosida aniqlashni
(Gap kim haqida aytilgan? Gap nima haqida aytilgan?) Bu o`quvchilarni 3-sinfda
ega bilan tanishtirishga zamin hozirlaydi.
2-sinfda ham o’quvchilar gap haqida amaliy tushunchalar oladilar. Ular gapdan
shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan
517
so’zni ajratishga o’rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana
shundan boshlanadi va bu bosh bo’laklarni o’rganishga asos bo’ladi.
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O’quvchilar gapni amaliy
o’rganishdan tushuncha sifatida o’rganishga o’tadilar. Ular gapning muhim
belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda gap, bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning
ta`rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so’zlarning bog’lanishiga
katta e`tibor beriladi. O’quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar,
ikkinchi darajali bo’laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so’z (hokim va tobe so’z)ni,
so’zlarning grammatik jihatdan, ya`ni qo’shimchalar orqali bog’lanishni bilib
oladilar.
4-sinfda gapning uyushiq bo’laklarini o’rganish bilan gap bo’laklari haqidagi
bilim kengaytiriladi. Fikr qaratilgan shaxsni bildirgan so`z - undalma haqida
ma`lumotga ega bo`ladilar.
SHunday qilib, o’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish gapni
o’zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf o’quvchilari
gap bo’laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga
bo’linishini o’zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo’laklar turlarga
ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning
mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr,
asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa
bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ikkinchi darajali bo’laklarning mohiyatini ochish uchun o’quvchilar gapni
tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo’lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini
aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig’iq gapni
yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko’rinadi. Masalan, o’quvchilar
“Qaldirg’ochlar uchib keldi”
gapini yozadilar. Fikrni to’liq ifodalash uchun gapga
qaerga?
va
qachon?
so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni qo’yish topshiriladi.
O’quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo’lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni
yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
518
O’quvchilarda gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasini
shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko’nikmalar qatoriga kiradi. So’z birikmasi
gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang’ich sinflarda uning muhim belgilari idrok
qilinadi. “So’z birikmasi” atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta`rifi berilmaydi.
Ammo kichik yoshdagi o’quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib
olishlari zarur:
1. So’z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog’langan ikki qism
bo’ladi. Masalan,
“Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar”
gapida ikkita so’z
birikmasi bor: 1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar.
2. So’z birikmasida bir so’z hokim ikkinchi so’z tobe bo’ladi. Hokim so’zdan
tobe so’zga so’roq beriladi, tobe so’z shu so’roqqa javob bo’lgan so’zdir. Masalan,
(Qanday?) Iqtidorli o’quvchilar (qaerga?) to’garakka aozo bo’ldilar.
Ega va kesim
so’z birikmasini emas, gapni hosil qiladi.
Gap tarkibidagi so’z birikmalarni ajratish ko’nikmasi uzoq mashq davomida
shakllantirilib boriladi. Buning uchun o’quvchilarning so’z birikmasidan bir
so’zning boshqa so’zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan
foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |